TADBIRKORLAR MUAMMOLARINI YeÇIŞ – ASOSIY VAZIFA QILIB BELGILANDI
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi huzurida tumandagi faol tadbirkorlar, huquqşunoslar va tadbirkorlarning boşqa vakillaridan iborat Tadbirkorlar jamoatçilik kengaşi faoliyati yölga qöyilgan edi.
Kengaş tomonidan ötgan yil davomida 12-marta yiğiliş ötkazildi. Boş vazirining tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasiga kelib tuşayotgan murojaatlar böyiça asosan qaysi sohada tizimli muammolar uçrayotganligi va uşbu murojaatlarning ijobiy hal etilişi jamoatçilik Kengaşi aʼzolari tomonidan har oyda tahlil qilinib borildi. Tumanda kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirişga tösiq va ğov bölayotgan muammolarni bartaraf etiş böyiça Kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligiga taqdim qiliş uçun 17 ta takliflar kiritildi.
Joriy yilning yanvar oyida tuman hokimligida Tadbirkorlar kengaşining navbatdagi yiğilişida tumandagi Boş vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi huzuridagi Tadbirkorlar jamoatçilik Kengaşining 2021-yilga iş-rejasi tasdiqlandi. Şunga köra, doimiy ravişda kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirişga tösiq va ğov bölayotgan muammolarni bartaraf etiş böyiça takliflarni işlab çiqiş, jamoatçilik kengaşi va boşqa tegişli taşkilotlar bilan tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oşiriş va iqtisodiy könikmalarini şakllantiriş böyiça tizimli aloqalarni yölga qöyiş kabilar böyiça vazifalar belgilandi. Şuningdek, tadbirkorlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga dahl qiluvçi eng muhim masalalar yuzasidan jamoatçilik fikrini tizimli monitoring qilib boriş asosiy maqsad qilib olindi.
Tadbirkorlikka kömaklaşiş markazi, Adliya bölimi, Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida doimiy ravişda joylardagi tadbirkorlarga yetkazib boriş ham asosiy vazifalar qatoriga kiritildi. Tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oşiriş va iqtisodiy könikmalarini şakllantiriş böyiça esa tadbirkorlar qabulxonasi, jamoatçilik kengaşlari va boşqa tegişli taşkilotlar bilan tizimli aloqalar yölga qöyişga kelişib olindi.
M.Urazboyev, Tadbirkorlarning jamoatçilik kengaşi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶