Yana 64 nafar uyuşmagan yoşlarning har biriga 30 sotixdan yer maydonlari berildi
Joriy yilning 5-mart sanasida Qiliçboy ovulidagi Yuqori qişloq mahallasida faoliyat yuritayotgan “Yakubboy Aşirov” fermer xöjaligida “Har bir yoşga 1 gektar” loyihasi doirasida seminar-trening ötkazildi.
Seminar-treningda Özbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Aktam Haitov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi örinbosarlari, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi masʼullari hamda Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini hududida yaşovçi 64 nafar uyuşmagan yoşlar iştirok etdilar.
Bölib ötgan seminar-treningda Özbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Aktam Haitov mamlakatimizda fermer va dehqon xöjaliklari hamda tomorqa xöjaligini yuritiş böyiça öz faoliyati davomida qöllagan şaxsiy tajribalari, ilmiy asoslangan fikrlari haqida batafsil töxtalib ötdi. Şu bilan birga, tomorqa xöjaligini yuritiş, tomorqani möl-köl daromad manbaiga aylantiriş orqali işsizlikni bartaraf etiş borasida yoşlarga tavsiyalar berdi.
Öz navbatida yoşlar yerdan oqilona foydalaniş, bir yilda ikki-uç marta hosil yetiştiriş, mineral va mahalliy öğitlardan foydalaniş, ekinlarni oziqlantiriş böyiça savollar bilan murojaat qildilar. Seminar-trening davomida 35 nafar işsiz yoşlarga sertifikatlar topşirilib, kitoblar sovğa qilindi.
Şu kunning özida 64 nafar uyuşmagan yoşlarning har biriga 30 sotixdan yer maydonlari ajratib berilib, ularga bahorgi ekiş mavsumida birinçi navbatda amalga oşiriladigan işlar yuzasidan maslahatlar ham berildi.
Ayni kunlarda tumanimizning barça hududlarida Prezidentimizning taşabbusi qöllab-quvvatlanib, uyuşmagan yoşlarga yerlar ajratib berilib, ularning bandligi taʼminlanmoqda. Şu maqsadda joriy yilning, 5-mart sanasigaça tumanimizdagi 2109 nafar uyuşmagan yoşlarga 688,2 gektar yer maydonlari berildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶