OQLOV
Nukuslik Qidirbay Sultonov 2006-yildan buyon “Qoraqalpoq don mahsulotlari” oçiq aktsiyadorlik jamiyatida aralaş yem mahsulotlari tsexida işçi bölib işlagan. Husnixati çiroyli bölgani bois korxona rahbarlari uni hisob-fakturalarni yozib berişga ham jalb qilib turgan. 2013-yili korxonada aralaş yem mahsulotlarini rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilgan uyuşgan jinoiy guruh aniqlanib, ular qatorida oddiy işçi Qidirbay ham qamoqqa olinadi. 2014-yil 19-martdagi sud hukmi bilan 5-yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan Qidirbay Sultonov belgilangan jazo muddatining 1-yil 3 oy muddatini ötab bölgaç, ozodlikdan mahrum qiliş jazosi yengilroğiga almaştiriladi. Sababi – dastlabki tergov va birinçi instantsiya sudi uning ayblovda qayd etilgan hujjatlarni qalbakilaştirişda, moddiy javobgarlik, şu jumladan korxona mulkini talon-taroj qilişdagi iştirokini isbot qilmagan holda barvaqt xulosaga kelgani aniqlanadi.
Şu yilning 5-mart kuni esa Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati Qidirbay Sultonovning şikoyatini jinoyat işi materiallari bilan birgalikda körib çiqib, quyidagiça ajrim qildi. Jinoyat işlari böyiça Nukus şahar sudining 2014-yil 19-martdagi hukmining sudlangan Qidirbay Sultanovga oid qismi bekor qilinsin.
Q.Sultanov Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a,v” bandlari va 209-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari bilan aybsiz deb topilib, uşbu moddalar böyiça uning qilmişida jinoyat tarkibi yuqligi sababli Özbekiston Respublikasi JPK 83-moddasi 2-bandiga oqlansin.
Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶