OILADA FARZAND TARBIYaSI
Dastlabki muvaffaqiyatlar
Dam oliş kuni ertalabki nonuşta çoğida Valijonga dadasi:
- Öğlim, bugun boğda işlaymiz, u yerda qilinişi kerak bölgan işlar juda köp. Sen menga yordam berasan, - dedi.
Ota-öğil şu kuni rosa ter tökişdi. Köçatlarning tagini yumşatişda, yangi ekilgan nihollar va gullarni suğorişda, şox- şabbalarni töplaşda, qöyingki, turli-tuman işlarni bajarişda Valijon ham özining munosib hissasini qöşdi. Tuşlik çoği dadasi öğlidan xursand bölib:
- Mening eng yaqin yordamçim, - deya oyisiga uni rosa maqtadi. Tuşlikdan söng boğdagi çala qolgan işlarni ham birgalikda tugatişdi.
Tartibga keltirilgan orasta boğ, hafsala bilan işlov berilgan daraxtlar, boqqa körk bağişlab turgan gulzor, çiroyli taralgan işkomga qarab Valijonning dili yayradi.
U kun böyi dadasi bilan birga boğ yumuşlarida iştirok etgan bölsa-da, çarçoq sezmasdi, aksinça, undagi öz işidan mamnunlik tufayli zohir bölgan quvnoq kayfiyat yuz-közidan şundoqqina bilinib turardi.
Dadasi bilan birgalikda ötkazgan mana şu sermazmun bir kun uning mehnatga bölgan munosabatini tamoman özgartirgandi. Eng asosiysi, mehnat bağişlagan zavq, otasining mamnunligi uning qalbida yanada şijoat, yaqinlariga nisbatan mehribonlik hissini uyğotgandi.
Oilada farzandlarga beriladigan mehnat tarbiyasi kattalarning iştiroki va namunasi bilan amalga oşirilganda har ikki tomon uçun ham foydali böladi. Ota-bobolarimiz ham ana şu jihatlarga köproq eʼtibor qaratişgan. Ular bolalarni yoşlikdan mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalaşni birinçi öringa qöyganlar. Farzandlarining böş vaqtini kerakli işlargagina sarflaşlari uçun har doim jon kuydirganlar. Buyurilgan işni öz vaqtida bajariş, undan böyin tovlamaslik lozimligi ham uqtirib borilgan.
Ammo hamişa ham quruq pand-nasihatlar orqali közlangan maqsadga erişilavermaydi. Töğri, kattalar tomonidan bildiriladigan nasihatlarning bola tarbiyasida ahamiyati beqiyos. Buni inkor etib bölmaydi. Şu bilan bir qatorda oila boşliqlarining özlari namuna bölganlari holda farzandlarini foydali işlarga jalb qilişlari eng yaxşi usul ekanligi hayotda öz tasdiğini topgan. Çunki kattalar bilan hamkorlikda olib borilgan faoliyat bolalar uçun keng imkoniyatlar eşigini oçadi. Ularga bildirilgan işonç va rağbat esa masʼuliyat hissini tarbiyalab boradi.
Tuzatilişi qiyin bölgan xatolar
Oilada farzand ulğaymoqda. Kattalar uning odobi, atrofdagilar bilan munosabati, öqişi töğrisida hammalari birdek qayğurişadi. Vaqtida öynab, vaqtida ovqatlanib, darslarini puxta tayyorlaşlari ham ota-onalar tomonidan doimiy ravişda nazorat qilib boriladi. Bu yaxşi, albatta. Lekin şu jarayonda oila boşliqlarining özlari farzandlariga berilişi lozim bölgan mehnat tarbiyasini köp hollarda eʼtibordan çetda qoldirişaai. Natijada bolada mehnatga bölgan ijobiy munosabat, qölidan kelgança uy yumuşlarida ota- onasiga yordamlaşiş kabi harakatlar közga taşlanmaydi. Kezi kelganda şuni aytiş joizki, yoşligidan mehnatga örgatilmagan bola katta bölganida ham öziga buyurilgan işlarni bajarişdan böyin tovlay boşlaydi. Kattalarning bu xatosi kelgusida ularga nihoyatda qimmatga tuşadi.
Tarbiyada xato qilsang!
Ayrim ota-onalar «Bolam hali yoş, ayni öynaydigan payti, iş bölsa qoçmas», degan öyda farzandlariga uy yumuşlarini deyarli buyurişmaydi. Ular bu harakatlari notöğri ekanini dastlab sezişmaydi ham, Natijada öşa oilaning farzandi öta dangasa, qölidan biror iş kelmaydigan noşud bölib ulğayadi. Endi mehribon ota- onalarga özlari yöl qöygan xatoni tuzatiş uçun uzoq vaqt, sabr va çidam kerak böladi.
Mutaxassislarning eʼtirofiça, bola maktabga qadam qöygan kundan boşlab ota-onalar uni doimiy ravişda bajarişi lozim bölgan mehnatga örgatib borişlari darkor. Avvallari boğça bolasi hisoblangan öğil yoki qiz öyin maşğulotlari orqali mehnatga yönaltirilgan bölsa, maktab davridan boşlab esa ular özi va ukalarining örin-körpasini tartibga keltiriş, xona gullariga vaqti-vaqti bilan suv quyiş, deraza tokçalari, kitob javoni çangini artiş, özi va oila aʼzolarining poyabzallari tozaligiga eʼtibor beriş, dasturxon tuzaş yoki yiğiştirişda oyisiga qaraşiş kabi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarişga odatlantirildi.
Juda erta mehnatga yönaltirilgan bola öz işiga öta masʼuliyat bilan qaraşga örganadi, Asta-sekin uning xulq-atvorida tartiblilik, intizomlilik közga taşlana boradi. Natijada u faqat öziga yoqqan işnigina emas, balki oilasi uçun zarur bölgan yumuşlarni bajarişga ham örganadi. Demak, bolani yoşlikdan mehnatga örgatib boriş uning kelgusi hayotida erişadigan yutuqlari bilan birga yuqoridagi kabi «tuzatilişi qiyin bölgan xatolar»ning oldini olişda ham muhim ahamiyatga egadir.
Vaqt ortidagi boy berilgan imkoniyat
Ayrim ota-onalar oilada mehnat tarbiyasi bilan, albatta, şuğullaniş lozimligini, mazkur jarayonni orqaga surib bölmasligini yaxşi anglaşadi. Ammo bunga oz bölsa-da, vaqt topişolmaydi. «Tiğiz vaqt» masalasi ular istaklarining amalga oşişiga doimo tösqinlik qiladi.
Deylik: qizça oyisiga ertalabki nonuştadan söng idişlarni özi yuvişini aytadi, onasi unga: «Men sendan tezroq yuvaman, vaqtim ziq, bugun işga ertaroq borişim kerak, sen maktabga boriş uçun tayyorgarligingni köraqol», deya uni özi xohlagan işdan mahrum etib, bu yumuşni öz zimmasiga oladi yoki uy yiğiştirişni, pollarni artişni ham bolasiga işonib topşirolmaydi. Açinarlisi, mazkur holat doimiy ravişda takrorlanaveradi. Eng yomoni, uy işlarini tezroq va samaraliroq bajariş maqsadida qilingan kattalarning bu tarzdagi saʼy-harakatlari tufayli bolalarda mehnatga bölgan iştiyoq asta-sekinlik bilan söna boşlaydi. Ahvol şu darajaga borib etadiki, bola keyinçaiik oddiy işni ham eplab bajara olmaydi.
«Özim bajara qolay, bolaga qarab ötiramanmi», «Bolaga iş buyur, orqasidan özing yugur», «Bolaning işi çala, undan özim qilganim durust», deb öylaydigan va şu yösinda iş tutuvçi ota- onalar ham, afsuski, yuqoridagi xatolarga bilib-bilmay yöl qöyişadi.
Ota-onaiarning farzandlariga nisbatan öta mehribonligi, jonkuyarligi, vaqt ziqligi sabab uy yumuşlarini bolalar iştirokisiz bajarib qöya qoliş kabi özlari yaratgan «tartib»dan çiqa olmasligi yuqoridagi illatlarning ildiz otişiga sabab böladi. Şunday ekan, farzandi kamolotini, baxt-u saodatini öylagan har bir ota-ona oilada mehnat tarbiyasi masalasiga alohida ahamiyat qaratmoği zarur. Öşanda yuqoridagi kabi murakkab vaziyatlar yuzaga kelmaydi.
Dilorom SULTONOVA,
59-sonli maktab boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶