Jajji bolajonlar aziz onaxonlarni bahor ayyomi bilan tabrikladilar
Tumanimizdagi 5-sonli Maktabgaça taʼlim taşkilotining Maktabgaça tayyorlov “A” guruhida “8-mart - onajonlar bayrami” mavzusida bayram tadbiri ötkazildi. Tadbirni MTT rahbari Xafiza Örazmetova oçib, barçani bayram bilan tabrikladi. Maktabgaça tayyorlov guruhi qizaloqlari tomonidan tarbiyaçi opalari bilan tayyorlagan Ona va Bahor haqidagi sahna körinişlari namoyiş etildi. Sahna körinişida jajji qizaloqlarimiz bir-biri bilan örtoqlaşiş, özaro ğamxörlik, mehribonlik, ozodalik, kattalarni hurmat qiliş kabi his-tuyğularni hayotiy voqealar asosida körsatib bordilar.
Tadbir davomida jajji qizaloqlar olma mevalarini arçib, likobçaga turli hil şaklda terib, boşqa mevalar bilan bezatişdi va dasturxonga tortişdi.

Maktabgaça yoşdagi bolalarga özbek xalqining milliy urf-odatlari, anʼanalari va insoniy xislatlari asosida tarbiya berilişi muhim ahamiyatga ega. Şuni inobatga olib, bolajonlar turli millat vakillari sifatida namoyon böldilar va tumanimizda yaşovçi millatlarning urf-odatlari, milliy naqşlari, kiyimi, boş kiyimi haqida tuşunça berdilar. Ularning içida özbek döppisi eng gözal boş kiyimi ekanligini şeʼrlar orqali izohladilar.
Bayram tadbiri oxirida maktabgaça tayyorlov “A” guruhi öğil-bolalari özlarining kuy-qöşiqlari, şeʼrlari bilan qizaloqlarni tabrikladilar. Şuningdek, MTT uslubçisi Gulçehra Yuldaşeva tarbiyalanuvçilarni MTT maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirladi. Ota-onalar esa öz farzandlarining közlaridagi quvonçni körib, tarbiyaçi-boğça opalarga öz minnatdorçiligini bildirdilar.

Holida Xayitboyeva, 5-MTT tarbiyaçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶