TUMAN HOKIMI QIPÇOQ OVULI AHOLISI BILAN SAYYoR UÇRAŞUV ÖTKAZDI
2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harkatlar strategiyasida, mamlakatimiz Prezidenti Ş.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida, “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili” Davlat dasturida aholining turmuş sifatini oşiriş, “Temir daftar”ga kiritilgan ayollar va yoşlar manfaatlarini himoya qiliş, iş bilan bandligini taʼminlaş borasidagi belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida şu yilning 11-mart kuni tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşev, Prezidentning tumanimizdagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov bilan birgalikda 1-sektor hududidagi Qipçoq ovul fuqarolar yiğinida aholi bilan sayyor uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda 1-sektor işçi guruhi, sektor hududidagi Qipçoq ovuli hamda Qipçoq şaharçasida istiqomat qiluvçi “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan ayollar, yoşlar hamda “Temir daftar”ga kiritilgan yordamga muhtoj oilalar vakillaridan taşqari, tumandagi korxona, taşkilot, muassasalar rahbarlari, tijorat banklarning tuman filiallari boşqaruvçilari iştirok etdilar.
Uçraşuvda dastlab tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hududdagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga körsatilayotgan ğamxörliklar, ularning mehnatga layoqatlilarining iş bilan bandligini taʼminlaş orqali oilasini muhtojlikdan çiqariş yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar haqida, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagida bölgan yoşlarni tadbirkorlikka öqitiş, kasb-hunarga öqitiş tufayli iş bilan bandligini taʼminlaşga eʼtibor qaratilayotgani haqida gapirdi. Boisi oila qaçonki, doimiy daromadga ega bölsa, moddiy yetişmovçilikdan şundagina xalos böladi. Bu borada yoşlarning özlarining intilişlari, harakatlari asosiy örin tutadi. Çunki har qanday faoliyat muqaddimasi ham odamga qiyinçiliklar tuğdirişi mumkin. Muhimi, odam öz ahdidan qaytmasligi kerak. Bu borada sektorlar işçi guruhlari murojaat qiluvçilarga maslahatlar, amaliy yordamlar berişga doimo şay.
Uçraşuvda iştirok etgan 60 nafardan ortiq fuqarolarning 27 ta taklif va murojaatlari tinglandi. Ularning 4 tasi “Har bir yoşga – 1 gektar yer” loyihasi doirasida dehqonçilik qiliş uçun yer maydoni ajratib beriş, 4 tasi tadbirkorlik faoliyatini taşkil etiş uçun imtiyozli foizlarda kredit oliş, 2 tasi uy-joy quriş uçun yer maydoni ajratib beriş, 2 tasi iş bilan bandligini taʼminlaş söralgan murojaatlardir. Şuningdek, 15 tasi boşqada maslalar yuzasidan.
Uşbu murojaatlarning 7 tasi joyida hal qilindi, 3 tasiga amaldagi qonunlar doirasida tegişli tuşuntirişlar berildi, qolgan murojaatlarni hal qiliş yuzasidan korxona, taşkilot, muassasalar rahbarlariga topşiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Aholi hayoti sifatini oşiriş maqsadida yuzma-yuz muloqot tarzida ötkazilgan uçraşuv iştirokçilari tuman rahbarining murojaatlariga eʼtibor berib, ijobiy hal qilganligidan juda minnatdor böldilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶