AMUDARYo TUMANIDA YoŞLAR FORUMI ÖTKAZILDI
Mamlakatimiz aholisining köpçilik qismini taşkil etuvçi yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ular orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş orqali jismoniy faol, zararli odatlardan saqlanişiga erişiş, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda öqib, intilişga ruhlantirişga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadlarga xizmat qiluvçi turli tadbirlar, tanlovlar, sport musobaqalari ötkazilayapti.
Muhtaram Yurtboşimizning 2020-yil 29-dekabr kungi oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan ham yoşlar taʼlim tarbiyasiga, ularning ilmli, yuksak maʼnaviyatli şaxslar bölib mustaqil hayotga dadil kirib kelişiga erişiş yuzasidan kölamdor vazifalar belgilangan edi. Murojaatnomadagi va “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlaş yuzasidan Özbekiston Yoşlar işlari agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar boşqarmalari tuman, şahar bölimlari tomonidan tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan Davlat dasturi ijrosini taʼminlanişini nazorat qiluvçi maxsus ştablar faoliyati yölga qöyildi, işsiz yoşlar bandligini taʼminlaş, yordamga muhtojlariga amaliy kömak körsatilib, ularning bandligini taʼminlanib, daromad topişlariga şaroit yaratilmoqda.
Dehqonçilik bilan şuğullaniş istagida bölgan yoşlarga yer maydonlari ajratilayotgani, “Har bir işbilarmon – yoşlarga tayanç”, “Yoşlar – 1+1” loyihalari asosida yoşlar tadbirkorlikka, kasb-hunarga öqitilmoqda.
Joriy yilning 11-mart kuni Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi taşabbusi bilan tumanimizda ötkazilgan “Yoşlar forumi” ham tumanimizda amalga oşirilayotgan yangilanişlar, bunyodkorliklar bilan yoşlarni taniştiriş, ularning davlatimiz ğamxörliklariga munosib bölişlariga erişiş, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar beriş, sportga keng jalb qilişga qaratildi.
Avvalo forum iştirokçilariga tadbir mazmun-mohiyati batafsil tuşuntirilgaç, ular Yoşlar mehnat guzari faoliyati bilan taniştirildi, Olmazor mahallasida qad rostlagan “Street Workout” maydonçasida böldilar va yoşlarning sport soğlomlaştiriş maşqlarini bajarişlari uçun örnatilgan jihozlar bilan tanişdilar.
Maʼlumki, suziş sporti inson salomatligini taʼminlaşda muhim örin tutadi. Buni inobatga olgan holda tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabida qurilib, faoliyat körsatayotgan suziş havzasida köplab yoşlar sportning uşbu turi bilan şuğullanişayapti va iqtidorini yuksaltirayapti.
Forum doirasida suziş sporti bilan şuğullanayotgan yoşlar örtasida ötkazilgan musobaqani barça iştirokçilar qiziqib tomoşa qildilar.
Qiliçboy ovulida hudud qizlari örtasida ötkazilgan mini futbol musobaqasida 5ta jamoa qatnaşdi va keskin kuraşlar ostida ötgani tufayli Forum iştirokçilariga zavq-şavq bağişladi.
Şuningdek, tadbir rejasidan örin olgan böş iş örinlari mehnat yarmarkasi Qiliçboy madaniyat markazida bölib ötdi. Xolimbeg ovuli hududidan “Har bir yoşga – bir gektar” loyihasi doirasida dehqonçilik bilan şuğullanişlari uçun işsiz yoşlarga yer maydonlari ajratib berildi va bandiligi taʼminlandi.
Forum doirasidagi barça tadbirlar davlatimizning yoşlar manfaatlarini himoya qiliş, ularga munosib turmuş şaroitlari yaratiş borasidagi ğamxörligining yorqin namunasi böldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶