25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 08:58
Jamiyat 👁 240

IShChI GURUH TOMONIDAN MUHTOJ AYoLLARGA HUQUQIY YoRDAM KOʻRSATILDI

IShChI GURUH TOMONIDAN MUHTOJ AYoLLARGA HUQUQIY YoRDAM KOʻRSATILDI

Joriy yilning 26-fevral kunida Prezidentimiz raisligida “Xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash” masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida prokuratura organlariga huquqiy yordam olishga muhtoj va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrib borish topshirilgan edi. Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga asosan prokuratura organlarining tezkor xodimlaridan, yaʼni ayol-qizlardan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Ishchi guruhga huquqiy yordamga muhtoj, zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish va boshqa masalalarda ham koʻmak berish kabi vazifalar topshirildi. Ayni paytda ishchi guruh tomonidan hududlarga chiqqan holda ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ayol-qizlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Shu yil 11-mart kuni Respublika prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta yordamchisi G.Bekniyazova rahbarligidagi mazkur ishchi guruh aʼzolari tumanimizga ham tashrif buyurib, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida tegishli masʼullar va ayol-qizlar bilan uchrashuv tashkil etishdi. Ishchi guruh tomonidan Farmon ijrosining Amudaryo tumanidagi ijro etilish holatini oʻrganildi.

Oʻrganish mobaynida tumanda xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan ayollarga manzilli yordam koʻrsatish, xotin-qizlarning maʼlum bir toifasi bilan yakka tartibda ishlash kabi masalalar masʼullar ishtirokida atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, ayol-qizlarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, mahallalarda ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, turmush sharoiti ogʻir xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar holati bilan ham tanishildi.

Shundan soʻng, ishchi guruh rahbari, Respublika prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta yordamchisi G.Bekniyazova ayol-qizlar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat oʻtkazdi. Suhbat chogʻida dastlab xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, bilim va kasbiy koʻnikmalar egallab munosib ish topishlariga koʻmaklashish, salomatligini saqlash, uy-joy masalalarini hal etish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani haqida soʻz yuritdi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qilish, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, parrandachilik va ekin maydonlaridan yer ajratish orqali ularning bandligini taʼminlash, kasbga oʻqitish choralari koʻrilayotganini taʼkidladi.

Undan tashqari, tadbirkor boʻlish istagini bildirgan “Ayollar daftari”dagi ayol-qizlar biznes va mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish yoʻlga qoʻyilayotganini, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishlari uchun tijorat banklari tomonidan kredit mablagʻlari yoʻnaltirilayotganini maʼlum qildi. Bu borada ayol-qizlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatib oʻtdi.

Tadbir davomida tumandagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 12 nafar huquqiy yordam olishga muhtoj va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarning muammolari oʻrganildi. Oʻrganish davomida aniqlangan muammolarga joyida yechim topilib, ijobiy hal qilinishi taʼminlandi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026