21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:06
Adabiyot 👁 248

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Zulfiya tugʻilgan kun

Qish toʻnini yechmasdan,

Esdi bahor shamoli.

Hut  qilichi sinmasdan,

Maysa ochdi jamolin.

 

Derazamdan moʻralab,

Yashillandi gul, chechak.

Men koʻk terdim avaylab,

Soʻngra qurdim halinchak.

 

Quyosh sochar nurini,

Bahorga yoʻldosh umrim.

Zulfiya tugʻilgan kunni,

Shodlana nishonladim.

 

Yomgʻirli kun kamalak,

Bogʻ ustida yoy tortdi.

Qaynab chiqqan sumalak,

Boʻyi yerni uygʻotdi.

Z.AHMEDOVA.

 

BAHORNI SOGʻINIB

Tashqarida esar izgʻirin,

Junjikadi yurak qafasda.

Osmonimda kezmoqda bulut,

Goʻyo olam qolgandek tunda...

 

Iltijo-la koʻkka tikilgan,

Koʻzlar bunda jalasin quyar.

Duolarga ochilgan qoʻllar,

Qalbdan sogʻinch, alam toʻkilar.

 

Dilda kezar oʻy-u xayollar,

Nelar qildim, qanday xatolar...

Allohimning sinovlaridan,

Qanday oʻtgum, bosib qadamlar.

 

Tashqarida esar izgʻirin,

Qalbim ezar alam toʻfoni.

Qachon kelar bahor...

esar shabada...

 

Qaldirgʻochim chugʻuri,

Tutar ayvonni...

Bahorim.., yozim...

Kutaman seni

 

Dilda sogʻinch,

Ilhaqlik ila.

Musichalarim...

Qish ayozidan

omon chiqsin

Allohim deya...

Gulnora Yusupova.

 

Oʻzbek ayoli

Maqtagayman pokiza oʻzbek ayolin,

Axir kimdan kamdir oʻzbek ayoli?

Mayli, boʻlsin qoʻl –  kosov, sochi supurgi,

Lek qalbi pok, vafodor oʻzbek ayoli.

 

Mehnatdan boʻlsa hamki, qoʻllari qadoq,

Mudom kular yuzlari, koʻzlari chaqnoq.

Kelajak shu qiz-u ayollar-la porloq,

Aytinglar, kimdan kamdir oʻzbek ayoli?

 

Mayli, sodda boʻlsin, dunyo kezmasin,

Farzandidan izlar ertasin, dunyosin.

Yerga qaratmas zinhor elining yuzin,

Aytinglar, kimdan kamdir oʻzbek ayoli?

 

Ayol boʻlib dunyoga kelmoq bir sinov,

Bu sinovni sabr-la yenggangina ayol.

Ayol emas, farishta – oʻzbek ayoli,

Dunyolardan ustundir oʻzbek ayoli.

Laylo Olimova.

 

Yurtimda koʻklam

Mana kirib keldi yurtimga koʻklam,

Oʻzgacha tus oldi goʻyoki olam.

Xudoga yetibdi nahotki nolam,

Buncha sogʻintirding, bunchalar bahor.

 

Issiq nafasingga zordir bu koʻngil,

Gullaring hididan yashnayapti dil.

Togʻlar koʻz oldimda goʻyo lolazor,

Bunchalar sogʻintirding, bunchalar bahor.

 

Qushlar chugʻurlashib seni qoʻmsaydi,

Qaldirgʻoch uylardan seni izlaydi.

Bulutlar sogʻinib yigʻlaydi zor-zor,

Bunchalar sogʻintirding, bunchalar bahor!

Sveta XUDOYoROVA.

 

Vatan

Kim anglaydi bu soʻzni,

Bilarmikan maʼnosin.

Goʻdak ochib koʻzlarin,

Tanirmikan onasin?

 

Osmonda yulduz chiqar,

Ona yerga yetolmay.

Sogʻinib takror-takror,

Oyning izidan qolmay.

 

Yer deb atalgan dunyo

Vatan hissini berar.

Unda oqqan daryolar

Tuproqni oʻpib koʻrar.

 

Qir-adirlar yastanib,

Goʻzallikni yaratar.

Inson xursand boʻlsin deb,

Yer shirin suvga qonib.

 

Azal-azaldan hayot

Tiriklarga berilgan.

Oʻz-oʻziga qoʻshib ot,

Vatan soʻzi topilgan

 

Uzoq umr koʻrganlar

Koʻp narsani biladi.

Yer qadrini bilganlar

Vatan qadrin biladi.

Oʻrozboy TAJIYeV.

 

Men ham onaman

Onajonim yoʻl qaraydi,

Kelib qolar bolam deb.

Topganini oʻzi yemay,

Olib qoʻyar menga deb.

 

“Bolajonim  yeya qolgin”,

Deydi menga moʻltirab.

Men esa bekitaman,  

Oʻzim yemay, bolam deb.

 

Onajonim men haqimda,

Kecha-kunduz oʻylasa.

Kelib qolarmikan deb,

Yoʻllarimga  qarasa.

 

Men onamni emas, balkim,

Oʻz farzandim oʻylasam.

Bu qandayin sir-sinoat,

Taqdir, yozuq shundaymi?

 

Bolam, deya joni halak,

Mehri ummon ayolning.

Onamdan ham ortiqmi,

Bolam mening, Xudoyim!

 

Bilolmadim koʻksimdagi,

Jonim mening bolammi?

Onajonim, onajonim – Bosh  egay poyingizga.

 

Sizga loyiq boʻlolsam,

Yarasam-koringizga,

Endi men ham onaman.

Shirin nevarangizga!

Jumagul YuNUSOVA.

 

Sizdir dunyo goʻzali

Mehringiz adogʻi yoʻq,

Bunchalar zoʻrsiz, onam.

Sizdir dunyo goʻzali,

Goʻzalim mening, onam.

 

Nur taratar yuzingiz,

Kulib turar koʻzingiz.

Jon onam-a, jon onam

Buncha shirin soʻzingiz.

 

Doim bizni oʻylaysiz,

Erta-yu kech, tinmaysiz.

Shirin-shakar nevara

Baxtlarini koʻrgaysiz.

 

Yuzga kiring onajonim,

Hech qachon boʻlmang kasal.

Dadam bilan hali birga

Qilasiz hajga safar!

Dildora RAJABOVA.

 

Olma

Sargʻish, qizil, yashil rang,

Olmalar turfa, qarang.

Olmalarning sarasi,

Bizning bogʻning mevasi,

Ogʻzingda qolar taʼmi,

Tatib koʻr, doʻstim, qani.

Ogʻabek BOZORBOYeV,

16-sonli IDUM oʻquvchisi.

 

Fasli navbahor

Kelsa bahor jumla jahon,

Koʻz-koʻz qilar jamolini.

Tabiatga ham kirib jon,

Sochar ranglar jilosini.

 

Yashil maysa va ochilgan,

Oppoq oʻrik gullari.

Dilga ilhom baxsh etadi,

Bahorning sof yellari.

 

Rizq-nasiba bahor bilan,

Olam goʻzal bahor bilan.

Koʻnglimdagi xush navolar,

Sen tufayli, fasli navbahor!

Umida ERDOShEVA.

 

Buvijonim

Yoʻllarimga qaragan,

Sochlarimni taragan.

Doim bizni oʻylagan,

Mehribonim buvijon!

 

Dil sandigʻini ochgan,

Meni deb borin sochgan.

Tunlari bedor boʻlgan,

Jonajonim buvijon!

 

Aytmaydi hech yomon soʻz,

“Bolajonim tegmasin”  koʻz, –

Deb taʼkidlar har bir kez

Xushzabonim buvijon!

 

Bizni oʻylab chiqar kun,

Bizni oʻylab botar tun.

Baxtimiz koʻrsin butun,

Mehnatkashim buvijon!

 

Bogʻimizning bogʻboni,

Uyimiz  charogʻboni.

Koʻngilda yoʻq gʻubori,

Sofdilligim buvijon!

Zulfizar OʻROZBOYeVA,

16-sonli IDUM oʻquvchisi.

 

ONAJON

Mening farishtam,

Goʻzal, sarishtam.

Mehri bir ummon –

Gʻamxoʻrim onam!

 

Har soʻzida maʼnolar,

Koʻzlarida mehr bor.

Yuragida sehr bor,

Quvonchim onam!

 

Soʻzlari dona-dona,

U dunyoda yagona.

Siylar uni Allohim,

Tayanchim onam!

 

Qadriga yeting doim,

Quyoshim deng va Mohim.

U bordir goʻzal olam,

Suyanchim onam!

Nozima Shomurodova, 22-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Mehribonim

Mehr  berib oʻstirdingiz,

Dilga mador soʻzlaringiz.

Qatorimdan kam qilmasdan,

Ham avaylab asradingiz.

 

Siz quyoshsiz osmonimda,

Kecha-kunduz posbonim-da.

Mehr koʻshkin yaratdingiz,

Ota uyim –  makonimda.

 

Onajonim, omon boʻling,

Porloq quyosh, oyim boʻling.

Muhabbati dunyoga teng –

Toshqin daryo, soyim boʻling.

Muhabbat OʻRINBOSAROVA,

3-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Onajonim mening

Quvontirgan, kuldirgan,

Mehr berib oʻstirgan.

Yuragidan joy bergan,

Mehribon onajonim.

 

Uyimiz farishtasi,

Pazanda, sarishtasi.

Udir baxt rishtasi,

Mehribon onajonim.

Manzura BOTIROVA, 13-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026