QIMOR ÖYININI TAŞKIL ETGAN HUQUQBUZARLAR JAZOLANDI
Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş qonunga xilof iş sanaladi va bu jinoiy javobgarlikka tortişga asos böladi. Maʼlumki, bunday öyinlar köngilsiz hodisalarni keltirib çiqaradi.
Tumanimizdagi Kiliçboy ovulida profilaktika inspektori tomonidan şu hududda yaşovçi fuqaroning öz uyida tavakkalçilikka asoslangan qimor öyinini qonunga xilof ravişda taşkil qilib, boşqalarni ham jalb etayotganligi aniqlangan. Bu holat IIB xodimlari tomonidan tegişli tartibda rasmiylaştirilib, 78 dona öyin kartalari va 477 ming 500 söm pullar aşyoviy dalil tariqasida olingan. Öyinda iştirok etganlar Özbekiston Respublikasi MJtKning 191-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan xuquqbuzarlikni sodir qilganlikda ayblanib, jazoga tortildi.
Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida bu böyiça ötkazilgan oçiq sayyor sudda huquqbuzarlar qilmişidan puşaymonligini aytib, keçirim söraşdi. Şuni inobatga olgan holda sud tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 3 barobari miqdorida jarima jazosi qöllanildi.
Şu kuni ötkazilgan oçiq sayyor sudda hududda yaşovçi, muqaddam oğir jinoyat sodir qilgan 3 nafar şaxs ustidan “Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan maʼmuriy nazorat örnatiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni talabidan kelib çiqib, maʼmuriy nazorat örnatildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶