25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 09:00
Jamiyat 👁 305

FUQAROLAR YIGʻINLARI XODIMLARI IShTIROKIDA AMALIY PSIXOLOGIK-TRENING OʻTKAZILDI

FUQAROLAR YIGʻINLARI XODIMLARI IShTIROKIDA AMALIY PSIXOLOGIK-TRENING OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi Farmoni hamda tegishli Qarorida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy-psixologik holatini oʻrganish va  mehnat jamoalarida muhitning yomonlashuviga imkon yaratayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalaridan biri sifatida koʻrsatilib oʻtilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bundan buyon barcha davlat tashkilotlari oʻz faoliyatini  “mahallabay” tarzda amalga oshirishi lozimligi belgilangan edi.

Mazkur Farmon va Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialida psixologik targʻibot guruhi shakllantirildi hamda joriy yilning mart oyi ish rejasiga muvofiq Respublikamiz hududlaridagi mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun psixologik guruh mutaxassislari ishtirokida amaliy psixologik-treninglar tashkil etilmoqda.

Shunday treninglarning navbatdagisi 18-mart kuni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida tumanimizdagi Xitoy ovuli va Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻinlari xodimlari ishtirokida tashkil etildi. Amaliy psixologik-treningda psixologik guruh aʼzosi, psixologiya fanlari buyicha falsafa doktori (Phd) Elmira Nurimbetova hamda shuningdek, psixolog-mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan mashqlar orqali ishtirokchilarda muammoli vaziyatlar natijasida yuzaga keladigan salbiy emotsional holatlarni bartaraf etish yoʻllari bilan tanishtirildi.

Psixologiya fanlari buyicha falsafa doktori Elmira Nurimbetova mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun murakkab nizoli vaziyatlardan qochish, ongli qaror qabul qilish qobiliyatini va koʻnikmalarini rivojlantirish, muloqotda oʻzaro qoʻllab-quvvatlashga intilishni rivojlantirish, jismoniy va hissiy zoʻriqishni kamaytirish, guruhda ishlash kayfiyatini yaratish kabi tajriba va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy mashgʻulotlar, ochiq muloqot shaklidagi suhbatlar ham tashkil etdi.

Boʻlib oʻtgan amaliy  psixologik-trening mashgʻulotlarida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Xususan, oilaviy nizolar tufayli stress holatiga tushib qolgan insonlar bilan muloqot madaniyatini yoʻlga qoʻyish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami vakillarining tushkun kayfiyatdan xalos boʻlishlariga koʻmaklashishi, ular bilan dildan, samimiy suhbat oʻtkazish borasidagi savollarga psixolog-mutaxassislar batafsil javob berdilar.

Mazkur psixologik-trening jarayonida qoʻllanilgan usullardan foydalangan holda ishtirokchilar kelgusida oʻz faoliyatlarini tartibga solishlari, samarali nutq va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirishlari koʻzda tutilgan.

Bu kabi psixologik seminar-treninglar respublikamizning ijtimoiy-maʼnaviy jihatdan ogʻir hududga kiruvchi barcha ovul va mahallalarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026