ÖRGANGAN KÖNGIL ÖRTANSA-DA QÖYMADI...
Xalqimizda: “örgangan köngil örtansa, qöymas” , “bukrini gör töğrilaydi”, degan zamonlar sinovidan ötgan hikmatli iboralar bor. Ayniqsa, jinoyat olamiga kirib qolgan şaxslarga nisbatan köp bora qöllaniladigan yuqoridagi xalq hikmatlari tez-tez tilga olinadi.
Amudaryo tumanining ovullaridan birida yaşovçi Botir Ibodullayev (ism-şariflar özgartirildi) jonini qiynamay, tez boyib ketiş yölini öğrilikda, deb bilganlardan bölib çiqdi. Muqaddam qilgan jinoyatlari uçun bir neça marta sudlangan, goh mamlakatimiz qonunlarining insonparvarlik tamoyiliga köra, amnistiya akti qöllanib, goh jabrlanuvçi taraflarning keçirganliklari, daʼvolaridan voz keçganlari tufayli muddatidan oldin jazodan ozod etilgan Botir Ibodullayev, adolatli qonunlarimiz va yurtdoşlarimizning odamgarçilik yuzasidan çiqargan ijobiy xulosalarini mensimadi, hali sudlanganlik tugamasdan yana jinoyatga qöl urdi. Birovning halol, peşona teri bilan parvariş qilayotgan, har biri bozor narxida 6 mln. sömlik ikkita hökizçasini qoziğidan yeçib olib, “ertaga bilib qolişsa, nima böladi?” deb öylamay, Manğit çorva bozoriga olib borib, ikkita hökizçani 11 mln. sömga sotib yubordi. Özining izini yaşiriş maqsadida pulni qöyniga solib, Toşkent şahriga jönab ketdi.
Naçora, “buzoqning yugurgani somonxonagaça” – deydilar. Bir-ikki kun beli oğrimay, çöntagiga tuşgan mömay pulga kayf-safo qilgan Botirboy huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan Toşkent şahrida qölga olindi.
Öğirlikning umri qirq kun, deydilar. Lekin Botirboy Ibodullayevning qilmişi bir oyning nari-berisida oşkor bölib, bir neça marta jinoyat sodir etib, xulosa çiqarmagan, takroran jinoyat yöliga kirib, “öğri” degan jirkanç nom olgan “şovvoz” yana panjara ortiga ravona böldi. U Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari asosida jinoiy javobgarlikka tortildi. Xali murğak gödak bölgan bir nafar farzandi, oilasi, yaqinlarining nomiga doğ tuşirdi.
Şuni aytadilar-da, “bukrini gör töğrilaydi”, deb. Ayting, ayting, hali navqiron yoşda bölgan Botirboy bu gal töğri xulosa çiqarsin-u... va albatta tuzaliş yöliga ötsin.
S.DAVLETMURATOV, jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶