ÖZBEKISTONDA KORRUPTsIYaGA QARŞI KESKIN ÇORALAR YÖLGA QÖYILMOQDA
Insoniyatning azaliy muammolaridan biri bu – korruptsiya. Korruptsiya mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalariga taʼsir etib, iqtisodiy sohada mamlakatning nazorat qiliş funktsiyasining susayişi, raqobat mexanizmlari işlamasligi, mulk huquqining poymol qilinişiga, tovar va xizmatlar baholarining oşişiga olib kelişi, ijtimoiy sohada xalqning sotsial tabaqalanişiga, qonun ustuvorligi printsipining obrösizlanişi, siyosiy sohada esa xalqning hukumatga işonçi yöqolişiga olib keladi.
Korruptsiya – sözi lotin tilidan olingan bölib, öz tomoniga oğdiriş, buziş, sotqinlik maʼnolarini anglatadi.
Özbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oşişiga zamin yaratuvçi va korruptsiyaga qarşi kuraşiş mexanizmlarini özida aks ettirgan Qonunçilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan va Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni imzolangan Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida” Qonuni amalga kiritildi.
Mazkur qonun 34 moddadan iborat bölib, korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Qonunda korruptsiya, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar töqnaşuvi kabi yangi tuşunçalar kiritilgan.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boşqa dasturlar asosida amalga oşirilişi mumkinligi körsatilib, korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni bevosita amalga oşiruvçi davlat organlari Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti belgilangan.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi va unda iştirok etuvçi organlar hamda taşkilotlarning faoliyatini muvofiqlaştiriş uçun Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi taşkil etiladi. Idoralararo komissiyani şakllantiriş va uning faoliyati tartibi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Davlat organlarining va özga taşkilotlarning mansabdor şaxslari hamda boşqa xodimlari qonun hujjatlariga rioya etişi, öz mansab yoki xizmat majburiyatlarini beğarazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarişi hamda korruptsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etişdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etiş uçun şart-şaroitlar yaratadigan boşqa har qanday harakatlardan özini tiyişi şart ekanligi körsatilgan.
Qonunning 28-moddasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida axborot berayotgan şaxslar davlat himoyasida bölişi belgilangan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “«Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2017-yil 2-fevral kungi Qarori ham qabul qilingan edi. Unda «Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlaş, jamiyat va davlat hayotining barça sohalarida korruptsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş maqsadida 2017-2018-yillarga möljallangan korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlat dasturi va korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan.
Yuqoridagilarga asos şuni taʼkidlaş joizki, korruptsiya kelib çiqişiga yöl qöymaslik, qonunlarni öz vaqtida ijro etilişini taʼminlaş, korruptsiyani keltirib çiqaruvçi holatlarning oldin oliş çoralarini köriş har bir davlat organidagi lavozimli şaxslarning va fuqarolarning vazifasi bölişi kerak.
Q.Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶