FUQAROLIK IŞLARI BÖYIÇA SUDLAR TOMONIDAN BELGILANGAN TARTIB VA MIQDORDA DAVLAT BOJI UNDIRILADI
Sudlarga daʼvo arizalari, organlar va mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari, qarorlari ustidan şikoyatlar, alohida tartibda yuritiladigan işlar böyiça arizalar, sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida şikoyatlar va nazorat tartibida protest keltiriş töğrisida arizalar, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qiliş töğrisida arizalar, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etiş uçun ijro varaqasi beriş töğrisida arizalar berganlik uçun, şuningdek, sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalari berilganligi uçun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
Daʼvogar özining talablarini kamaytirgan, arz qilgan talablaridan voz keçgan, taraflar işni kelişuv bitimi bilan tamomlagan hollarda tölangan boj qaytarilmaydi.
Arz qilingan talablar köpaytirilganda yetişmagan summa daʼvoning köpaytirilgan bahosiga muvofiq ravişda qöşimça tarzda tölanadi.
Pul undiriş töğrisidagi daʼvolar böyiça – undiriladigan summaga, mulk talab qiliş töğrisidagi daʼvolar böyiça – daʼvo qilinayotgan mulkning qiymatiga qarab daʼvoning bahosi belgilanadi. Bir qança mustaqil talablardan iborat daʼvolar böyiça – hamma talablarning umumiy summasiga, aliment undiriş töğrisidagi daʼvolar böyiça – bir yillik tölovlarning yiğindisiga qarab baho körsatiladi. Muddatli tölovlar va pul beriş töğrisidagi daʼvolar böyiça – tölovlarning yoki beriladigan pullarning yiğindisiga qarab, lekin köpi bilan uç yillik yiğindisiga köra belgilanadi.
Xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegişli imoratlarga egalik huquqi töğrisidagi daʼvolar böyiça – imoratning haqiqiy qiymatiga qaraladi. Lekin bu miqdor inventarizatsiya bahosidan, inventarizatsiya bahosi bölmaganida esa, majburiy suğurta bahosidan kam bölmasligi lozim. Taşkilotlarga qaraşli imoratlarga doir daʼvolar böyiça esa, imoratlarning haqiqiy bahosidan kam bölmasligi kerak.
Daʼvoning bahosi daʼvogar tomonidan körsatiladi. Daʼvogar körsatgan baho daʼvo qilinayotgan mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol bölsa, daʼvoning bahosini sudya belgilaydi. Daʼvo qözğatilgan vaqtda uning bahosini belgilaş qiyin bölsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinçalik işni hal qiliş vaqtida sud belgilagan daʼvo bahosiga muvofiq, bojning kam qismi undiriladi yoki ortiqça olingan qismi qaytariladi.
Tölangan davlat boji qonun hujjatlari böyiça talab qilinganidan ortiq boj tölanganida, ariza yoki şikoyatni qabul qiliş rad etilganda, iş sudga taalluqli bölmaganligi sababli yuritiş tugatilgan bölsa qisman yoki töla qaytarilişi kerak. Ariza muomalaga layoqatsiz şaxs tomonidan berilganligi sababli körmasdan qoldirilsa ham davlat boji qaytarib beriladi.
Davlat bojini qaytariş sudning ajrimi asosida moliya organlari tomonidan amalga oşiriladi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶