“Manğit dehqon bozori” MÇJning rasmiy munosabati
Amudaryo tumani Manğit dehqon bozoridagi yoğingarçilik natijasida yuzaga kelgan noqulayliklar böyiça “KunuzQoraqalpogiston” telegram kanaliga qilingan: “Amudaryo tumani Manğit şahridan yozyapmiz. Manğit dehqon bozori har bahorda şunday holatda böladi. Biroz yomğir yoki qor yoğsa bozorga kirib bölmay qoladi. Tumandagi Jumurtov sanoat şaharçasida toş çiqadigan zavodlar bor. Toş özimizdan çiqadi. Zavodda şağal çiqindi hisobida turadi. Şu şağaldan bozorga yotqizişsa yaxşi bölardi. Odamlar bozorga kelib ketişsa, kiyimlari bir ahvolga kelib qoladi” degan mazmundagi murojaat böyiça “Manğit dehqon bozori” MÇJ maʼmuriyati quyidagilarni maʼlum qiladi.
2021-yil mart oyida “Manğit Dehqon bozori” MÇJ tomonidan bozor hududida yoğingarçilik natijasida yiğilib qolgan yomğir suvlarining çiqib ketişi uçun 25-50 sm qalinlikdagi şağal toşlar bilan kötarilib tsement qorişmasi bilan styajka qilinib, 350 kv.metr naves qurib bitkazildi.
Hozirgi vaqtda bu kabi mavjud kamçiliklarning oldini oliş maqsadida joriy yil mart oyida bozor hududida odamlarga qulaylik yaratiş maqsadida 912 kv.metrdan iborat maydon 20 sm qalinlikda şağal toşlari bilan kötarilib, maydonni tsement qorişmasi bilan tekislaş işlari amalga oşirilmoqda.
Keyinçalik bosqiçma-bosqiç “Manğit dehqon bozori”ning odamlar savdo qiladigan joylarida yoğingarçilik natijasida töplanib qolişi mumkin bölgan oqava suvlarining yiğilib qolmasligi uçun tegişli işlar amalga oşirilib borilişi maʼlum qilinadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶