ÖZINI ÖZI BOŞQARIŞ ORGANLARI MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLAŞ MAQSADIDA KOMPYuTER JAMLANMALARI BILAN TAʼMINLANDI
Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqçil tuzilmaga aylantiriş, fuqarolar yiğinlarining muştarak manfaatlarini ifoda etadigan uyuşmaga birlaşiş huquqlarini röyobga çiqariş, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan özaro hamkorligini yanada rivojlantiriş maqsadida amalga oşirilayotgan işlar tufayli bugungi kunda fuqarolar özini özi boşqariş organlarining jamiyatdagi nufuzi tobora oşib, xalqimizning çinakkam maslakdoşi va kömakdoşiga aylanib bormoqda.
Bugungi kunda mazkur tuzilmaning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaş va rivojlantiriş , aholi qatlamlari orasida özaro mehr-oqibat, hurmat va bağrikenglik muhitini şakllantirişdagi nufuzi tobora oşib bormoqda. Şu bois, fuqarolar özini özi boşqariş organlari ayni paytda xalqning işonçli va yaqin kömakçisi sifatida aholi qatlamlariga oid muammolarni ham etiş, har bir xonadon va oila hayotini çuqur örganib, tahlil qilgan holda ijtimoiy himoyalaş böyiça xalqimiz hayotidan muhim örin egallab ulgurdi.
Joriy yilning 31-mart sanasida tuman hokimligi majlislar zalida tumandagi törtta sektorlar rahbarlari, fuqarolar özini özi boşqariş organlari raislari hamda faollari iştirokida ötkazilgan uçraşuvda mahalla institutining tumanimiz aholisi hayotida tutgan örni alohida eʼtirof etildi. Şu bilan birga, mazkur tuzilmaning faoliyatini yanada rivojlantiriş, mahalla ofislarini zamon talablari darajasidagi zamonaviy axborot-kommunikatsiya qurilmalari bilan jihozlaş, aholi hayotiga oid barça masalalar böyiça elektron maʼlumotlar bazasini şakllantirişga kömaklaşiş maqsadida tumandagi 10 ta fuqarolar özini özi boşqariş organlariga hamda 10 ta mahallada faoliyat yurituvçi 10 nafar huquq-tartibot masalalari böyiça mahalla fuqarolar yiğini raisi örinbosarlariga jami 20 ta kompyuter jamlanmalari berildi.
Har biri 2 mln. 666 ming söm, jami 53 mln. 320 ming sömlik mablağ hisobiga xarid qilingan mazkur kompyuter jamlanmalari fuqarolar özini özi boşqariş organlari moddiy texnik bazasini mustahkamlaşga kömaklaşiş maqsadida tuman hokimligi, 4 ta sektor rahbarlari hamda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari homiyligida amalga oşirildi.
Tumanimizdagi özini özi boşqariş organlari moddiy texnik bazasini mustahkamlaş hamda mahalla institutining nufuzini yanada oşiriş maqsadida amalga oşirilayotgan bu kabi tadbirlar fuqarolar yiğinlarining xalq bilan yaqinligini yanada yaxşilaş, aholi hayotiga demokratik tamoyillarni keng joriy etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶