Amudaryo tumanida joylaşgan “Jumurtov ponton köprigi”dagi holat böyiça rasmiy maʼlumot
Ijtimoiy tarmoqlarda “Pullik köprikdan odamlar norozi” mavzusida xabar tarqatildi. Xabarda bir guruh fuqarolar Amudaryo tumanidagi Jumurtov ponton köprigidan ötiş pullik ekanligidan noroziligini bayon qilgan.
Uşbu murojaat böyiça şuni maʼlum qilamizki, Amudaryo tumanida daryo ustidan ötuvçi 2 ta ponton köprik mavjud bölib, birinçisi davlat idorasi bölgan “Amudaryo yöllardan foydalaniş” UKga tegişli “Qipçoq ponton köprigi” hisoblanadi. Uşbu köprikni taʼmirlaş-saqlaş xarajatlari, işçilarga beriladigan oylik maoşlari va boşqa xarajatlari davlat tomonidan moliyalaştirilişi sababli bu köprik orqali qatnovlar bepul hisoblanadi.
Ikkinçi köprik – xususiy tadbirkorga tegişli bölgan “Jumurtov ponton köprigi”dir.
Mazkur köprik Jumurtov şaharçasi hududida faoliyat yurituvçi “Jumurtov ponton köprigi” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli bölib, köprikni taʼmirlaş-saqlaş xarajatlari, işçilarga beriladigan oylik maoşlari va boşqa xarajatlari tadbirkor tomonidan moliyalaştirilişi sababli bu köprik orqali qatnovlar pullik hisoblanadi.
Mazkur ponton köprik tadbirkor tomonidan 2001-yilda örnatilib, öz faoliyatini boşlagan. Mazkur köprikda bugungi kunda 2 smenada 10 nafar işçi-xodimlar işlab kelmoqda. Umumiy uzunligi 290 metrni, eni 12 metrni, yuk kötariş qobiliyati 10 tonnani taşkil qiladi.
Köprikdan foydalangan yölovçi va avtotransport vositalaridan MÇJ rahbariyati tomonidan tasdiqlangan tariflar asosida xizmat haqi olinmoqda hamda tegişli tartibda çek berilib, pullari bankka kirim qilinmoqda.
Şuningdek, qonunda körsatilgan tartibda alohida şaxslarga imtiyozlar berilgan bölib, favqulodda vaziyatlarda xizmat körsatuvçi avtotransport vositalaridan xizmat haqi olinmaydi.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶