NURONIYLAR OÇIQ OSMON OSTIDAGI MUZEY – XIVAGA MAROQLI SAYoHAT QILDILAR
“Özbekiston böylab sayohat qil!” şiori ostida nafaqat joylardagi kasaba uyuşmalari taşkilotlari, balki davlat va jamoat taşkilotlari tomonidan ham mamlakatimiz tarixiy obidalari, ziyoratgohlari va diqqatga sazovor joylariga har yili sayohatlar uyuştirilmoqda.
Tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan tumanimiz mahallalarida istiqomat qilayotgan piru-badavlat nuroniylar iştirokida “Oçiq osmon ostidagi muzey” maqomini olgan qadimiy va mangu navqiron Xiva şahriga maroqli sayohat uyuştirildi. Nuroniy otaxon va onaxonlar bir kun davomida qadimiy tariximizga yana bir bor oşno bölgan holda katta taassurotlar olişdi.
Sayohatçilar Xiva şahrining diqqatga sazovor joylari, neça yuz yillik tarixni özida aks ettiruvçi meʼmoriy obʼektlari, qadimiy yodgorliklarni yaqindan köriş imkoniyatiga ega böldilar. Xususan, qadimiy Xivaning yanada gözal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va zamonaviy majmualarini maroq bilan tomoşa qilişib, ming yillar ortidagi tarix nafasini çuqur his etdilar.
Nuroniylar Xivaning maşhur Juma masjidi, Şayx Muxtor Valiy, Pahlavon Mahmud maqbaralari, Markaziy Osiyodagi eng yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik – Içan qalʼa (yaʼni Şahriston)dagi har bir meʼmoriy obidaning asrlar davomida avaylab-asralib, bus-butunligiça saqlanganidan hayratlanib, mamlakatimizda tarixiy obidalar, muqaddas qadam-joylarga qayta hayot bağişlaş, tiklaş-taʼmirlaş işlari olib borilayotgani va bu boradagi davlatimiz siyosatidan mamnun ekanliklarini bildirişdi.
Sayohat davomida nuroniylar Xiva şahridagi madrasalardan eng yirigi – Muhammad Aminxon madrasasini ham borib kördilar. Buyuk ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Şoh Maʼmun ibn Muhammad, şoirlar Komil Xorazmiy Şermuhammad Munis va Ogahiylar nomlarini yodga olişib, ularning pok ruhlariga Qurʼon oyatlaridan tilovatlar qildilar.
Kun böyi moziy va bugungi davr uyğunligi ruhida maroqli sayohat qilgan nuroniylar olam-olam taassurotlar oğuşida, yumşoq örindiqlarda, hatto yöl çarçoğini ham sezmay, sayohatdan mamnun bölib qaytdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶