TUMANDA KARANTIN TALABLARI QATʼIY NAZORAT QILINADI
Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika Maxsus komissiyasining şu yil 22-martda tegişli bayoni qabul qilindi. Uşbu bayonda mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraşiş borasida olib borilayotgan işlarni muvofiqlaştiriş, şuningdek, pandemiyaning keyingi tölqinlari oldini oliş böyiça birinçi navbatda amalga oşirilişi lozim bölgan tadbirlar belgilangan.
Joriy yilning mart oyidan aholi, ayniqsa, yoş bolalar örtasida koronavirus infektsiyasini yuqtirib oliş holatlari sezilarli darajada ortişi holatlari kuzatilmoqda.
Şunga köra, içki işlar va sanitariya-epidemiologiya xizmatiga joriy yilning 24-martidan jamoat joylarida, şu jumladan, dehqon bozorlari, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, savdo majmualarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlaniş böyiça sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilişi ustidan nazoratni köçaytiriş topşirilgan. Mamlakatda koronavirus infektsiyasi bilan kasallaniş holatlari ortişi kuzatilayotganligi munosabati bilan joriy yilning 1-aprelidan töyxonalarda oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarlarni ötkaziş 100 kişidan köp bölmagan hamda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda ötkazilişi belgilab qöyilgan.
Şunga asosan aholi, taşkilot va muassasalar tomonidan karantin çeklovlariga va sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya etilişi ustidan doimiy reydlar taşkil qilinadi.
Joriy yilning 1-aprelidan boşlab, Özbekiston Respublikasi hududida, jumladan tumanda ham teatr, kino va kontsert-tomoşa dasturlari uşbu tadbirlarni taşkil etişning asosiy talablariga amal qilingan holda ötkaziladi.
Jamoaviy ibodatlarni amalga oşirişda 65 yoş va undan katta yoşdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud şaxslarning kunlik diniy tadbirlarni imkon qadar uy şaroitida amalga oşirişlari tavsiya etiladi. Şuningdek, diniy muassasalardagi jamoaviy ibodatlar ham taşrif buyuruvçilar niqobda bölgan holda, qatʼiy sanitariya-gigiyena qoidalari asosida amalga oşirilişi talab qilinadi.
D.Babajanov, tuman SEO va JSB
Sanitariya-gigiyena bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶