DINIY BILIMSIZLIK HAM MAʼNAVIY, HAM MODDIY ZARAR YeTKAZDI
Diniy va huquqiy bilimsizlik insonni nafaqat yöldan adaştiradi, balki eldoşlari orasidagi obrö-eʼtiboriga putur yetkazadi. Hatto iqtisodiy tanazzulga olib keladi.
Tumanimiz mahallalaridan birida yaşovçi, endigina 19 yoşga tölgan yoşgina, Mohirbek ismli (ism özgartirildi) yigit ne maşaqqat bilan özi işlab topgan puliga “Redmi 6Pro”rusumli qöl telefonini sotib olib, hujjatlaştirdi. Yangi qöl telefonini oçib, uning xotirasida 56 ta audio, 5 ta video yozuvlar borligini körib, bu audio va video yozuvlar diniy ekstremizm tarğibotiga oid ekanligini tuşunib yetmay, ular bilan tanişişda davom etdi.
Vaholanki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din işlari böyiça qömitasining (04.03.2021-yilgi) №26-sonli xulosasida bu kabi “Diniy ekstremistik mazmundagi video va audio yozuvli maʼruzalarni Özbekiston hududiga olib kiriş, tayyorlaş va tarqatiş taʼqiqlanadi”, deb körsatilgan.
Mohirbek huquqiy va diniy savodsizligi oqibatida öz hatti-harakatlari bilan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 184-3-moddasida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan.
Yaqinda Mohirbek tomonidan sodir etilgan uşbu maʼmuriy iş uning özi istiqomat qiladigan mahallada, jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining köçma oçiq sud majisida huquqbuzarning yaqinlari, mahalladoşlari iştirokida muhokama etildi.
Oçiq sud majlisida Mohirbekning diniy savodsizligi, qolaversa, mahalla oqsoqoli hamda mahalladoşlarining u haqdagi ijobiy fikrlari, huquqbuzarning oilaviy ahvoli, işsizligi, uning qattiq puşaymonligi inobatga olindi va unga Özbekiston Respublikasi MjTKning tegişli moddalariga köra, BHMning ikki baravari miqdorida jarima jazosi qöllanilib, huquqbuzarlikni sodir etiş paytida foydalangan qöl telefoni davlat foydasiga musodara etildi.
Bilimsizlik insonni ne köylarga solmaydi, deysiz. Mohirbek ham diniy va huquqiy savodsizligi bois, özi sotib olgan qöl telefoni xotirasiga ğarazli niyatdagi kişilar tomonidan ataylab tayyorlangan buzğunçi ğoyalar tarğibotiga bağişlangan audio va video yozuvlarning qanday oqibatlar keltirişini bilmadi. Agar bilganida darhol öçirib taşlagan yoki qöl telefonini hujjatlaştirmasdan avval huquqni muhofaza etiş organlariga olib borib, uni sotgan kimsalarga çora köriş haqida öylagan bölardi.
Afsuski, ğişt qolipdan köçib, uning özi ham maʼnaviy, ham moddiy zarar kördi. Şuni aytadilar-da “bilimsizlik odamni sarson-sargardon qiladi, adaştiradi, zulmat yöllar tomon yetaklaydi”, deb.
S.DAVLETMURATOV, jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶