25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 07:51
Jamiyat 👁 214

HAR QATRA SUV HISOBDA

HAR QATRA SUV HISOBDA

Tumanimizda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish borasida tuman Irrigatsiya boʻlimi tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

2021-yil dehqonchilik mavsumida shoʻr yuvish davri uchun ajratilgan suv limiti  suv isteʼmolchilariga oʻn kunliklar boʻyicha taqsimlanib, suv isteʼmolchilari uyushmasi bilan suvdan foydalanish boʻyicha shartnomalar toʻliq tuzildi. Irrigatsiya boʻlimi va suv isteʼmolchilari uyushmasi oʻrtasida suvdan foydalanish boʻyicha 328 ta doimiy hisob-kitob jurnallari tashkil etildi. Unga koʻra, 2021-yilgi shoʻr yuvish davri uchun tuman boʻyicha 157,5 mln. kubometr suv limiti   belgilangan boʻlib,  amalda 121,3 mln. kubometr suv isteʼmolchilarga yetkazib berildi va 24142 gektar maydonda sugʻorish ishlari bajarilib, suvdan foydalanish koeffitsiyenti 0,91 foizni tashkil qilmoqda.

Sugʻorish ishlarini sifatli tashkil etish hamda suvni tejash maqsadida tumanda sugʻorish shtabi tashkil qilindi. Fermer xoʻjaliklariga suv xoʻjaligi tashkilotlaridan 310 nafar xodim, fermer xoʻjaliklaridan esa 3050 nafar ishchi va mutaxassislar biriktirildi.

Shu kungacha tuman boʻyicha 15904 gektar yer maydoni shoʻr yuvishga toʻliq tayyorlanib, 12821 gektar maydonda bir marta shoʻr yuvish, 2902 gektar maydonda 2-marta shoʻr yuvish ishlari olib borildi.

Dehqonchilik mavsumining muvaffaqiyatli oʻtishi irrigatsiya tarmoqlarining sozligiga, shu bilan birga sugʻorish ishlarining toʻgʻri tashkil etilishiga bogʻliq. Shu bois, tuman Irrigatsiya boʻlimi tomonidan 70 km. uzunlikda xoʻjaliklararo kanallarni tozalash, gidrotexnik inshootlar, suv oʻlchash postlarini, ichki sugʻorish tarmoqlarini, fermerlarning suv olish quloqlarini jihozlash ishlari rejalashtirildi.

Xoʻjaliklararo kanallarni tozalash ishlariga 3 ta ekskavator, 1 ta buldozer, ichki xoʻjalik sugʻorish tarmoqlarini tozalash ishlariga 3 ta ekskavator jalb qilindi.

Tumanimizda 2021-yilda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida 3600 gektar paxta maydonida, 50 gektar bogʻ, 20 gektar tok, 60 gektar sabzavot va poliz yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sugʻorish, 30  gektar gʻalla maydonida yomgʻirlatib sugʻorish, 40 gektar paxta maydonida pulsar sugʻorish tizimini joriy qilish belgilangan. Shu kungacha tuman boʻyicha 156 ta fermer xoʻjaliklari va bitta klaster korxonasi bilan pudrat tashkilotlari oʻrtasida 2818,9 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni qurish boʻyicha shartnomalar tuzildi.

44 ta fermer xoʻjaligiga 2784,4  gektar uchun 19295 mln. soʻm, 1 ta klaster korxonasiga 34 gektar uchun 862 mln. soʻm, jami 20157 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Hozirgi kunda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinadigan maydonlarda hovuz qazish ishlari olib borilmoqda.

J.RAJABOV,

tuman Irrigatsiya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026