YaGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI HAQIDA BILASIZMI?
Internetning turmuşimizdan çuqur örin olişi jamiyat hayotidagi köplab muammolarni hal qilişning samarali va muqobil variantlarini amaliyotga joriy etiş imkonini bermoqda. Luğatimiz yangi sözlar, yangi atamalar bilan boyimoqda. Xuddi şunday sözlardan biri — “maygovuz”dir. Biror murojaatingizga javob keçikayotgan yoki qaysidir muammongiz hal qilinmayotgan bölsa, odamlar “ana, maygovuz”ga yoz. Uç kunda hal böladi”, degan gaplarni aytişmoqda. Bu söz orqali şu kunlarda tobora ommalaşib borayotgan my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali nazarda tutiladi.
Yagona portal — foydalanuvçilarning interaktiv davlat xizmatlari töğrisidagi maʼlumotlardan erkin foydalanişini, şuningdek elektron şaklda davlat xizmatlari körsatişni taʼminlovçi Internet tarmoğidagi Özbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi maʼlumot-axborot portalidir. U hukumat tomonidan taşkil yetilgan va hukumat nazorati ostidagi dasturdir.
Yagona portal foydalanuvçilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, şu jumladan pulli asosda erkin foydalaniş maqsadida taşkil etilgan. U quyidagi vazifalarni bajaradi:
- foydalanuvçilarga davlat organlariga töğridan-töğri murojaat qiliş uçun imkoniyat beriş;
- foydalanuvçilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boşqa loyihalar bilan integratsiyalaş;
- foydalanuvçilarning davlat organlari bilan özaro hamkorligi samaradorligini oşiriş;
- davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvçilar uçun byurokratik tösiqlarni qisqartiriş va ularni bartaraf etiş;
- «Elektron hukumat»ni yanada rivojlantiriş va davlat boşqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etişda kömaklaşiş.
Portaldan qanday foydalaniladi?
Portaldan tölaqonli foydalaniş hamda davlat organlariga murojaat qiliş uçun eng avvalo siz portalda röyxatdan ötgan bölişingiz kerak. Buning uçun portaldagi login orqali, ID.uz – Yagona identifikatsiya tizimidan röyxatdan ötgan bölişingiz zarur. Şu bilan birga, bugungi kunda elektron raqamli imzo va UzCard yordamida ham portaldan röyxatdan ötiş mumkin.
Maʼlumot uçun:
Şu örinda sizda uşbu portalda röyxatdan ötiş murakkabdek körinişi ham mumkin. Ammo maʼlumki, “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Qonunga binoan, jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan yeri (poçta manzili) töğrisidagi maʼlumotlar körsatilmagan yoxud ular haqida yolğon maʼlumotlar körsatilgan, şuningdek, imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi. Şuning uçun ham davlat portalidan foydalanişda bir qator rasmiyatçilikni bajariş talab qilinadi.
Biz sizga ID.uz – Yagona identifikatsiya tizimidan röyxatdan ötib qöyişni tavsiya qilamiz. Çunki uşbu tizim sizga nafaqat hukumat portalidan emin-erkin foydalaniş, ayni paytda milliy umail.uz poçta tizimidan ham foydalaniş imkonini beradi.
Siz ID.uzdagi raqamingiz bilan portaldan röyxatdan ötganingizdan söng, şaxsiy maʼlumotlaringiz aks etgan darça paydo böladi. Siz uşbu maʼlumotlarni tasdiqlab yoki tahrir qilib, “ruxsat beriş”tugmasini bosasiz.
“Mening arizalarim” bölimida Siz yuborgan arizalar röyxati, ularning holati va ularga berilgan javob xatlari bilan tanişişingiz mumkin.
Mansur TOJIBOYeV, tuman Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶