25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 08:59
Jamiyat 👁 328

BOFBON MUALLIMA

BOFBON MUALLIMA

Inson hech qachon orzusiz yashay olmaydi. Uning hayot mazmuni ham, umr yoʻllarining bezagi, maʼnosi ham shirin orzulari bilan goʻzal, aziz.

Tabiatan shoʻx-shaddod, choʻrtkesar, shu barobarida mard va nihoyatda samimiy boʻlgan Raʼnoxon 1984-yilda tumandagi 38-sonli umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tugatdi. Oʻsha daqiqalarda uning qalbida tugʻyon urgan orzusi ham, yagona maqsadi ham bitta boʻldi. Oʻqituvchilik! Oʻziga taʼlim-tarbiya bergan aziz ustozlari Tursunboy Abdullayev, Matkarim Rahimov, Gulchehraxon Shonazarova, Soatboy Begimov, Anabibi Polvonova, Bozorboy Muhammedovlar  kabi oʻquvchi-yoshlarning sevimli ustozi boʻlishga intildi.

Dilidagi orzusini amalga oshirishni astoydil niyat qilgan Raʼnoxon Avazmurodova hujjatlarini Qarshi Pedagogika bilim yurtining boshlangʻich taʼlim yoʻnalishiga topshirdi. Sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, bilim yurti talabasi boʻldi. Uch yil davomida bilim yurtida oʻzining tirishqoqligi, tashkilotchiligi bilan tanilgan epchil va chaqqon Raʼnoga Qarshi shahridagi 25-sonli, taʼlim-tarbiya rus tilida olib boriladigan maktabga ishga yoʻllanma berishdi. Qiyinchiliklar qoshida hech qachon egilmaydigan xulq-atvorli bu qiz maktabning  boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida astoydil faoliyat yuritdi. Ikki yil davomida rusiyzabon oʻquvchilari bilan turli mavzularda tadbirlar tashkil etib, talabchan va tashkilotchi pedagog sifatida eʼtibor qozondi. 1989-yilda tumanimizga qaytib kelib, 38-sonli maktabda oʻz faoliyatini davom ettirgan Raʼno Avazmurodova ayni shu kungacha nafaqat yuzlab yoshlarni hayotga uchirma qilgan ustoz, balki oʻzi mehnat qilayotgan pedagogika jamoasining hurmatga, ehtiromga munosib aʼzosi, shu bilan birga tuman maktablarida faoliyat yuritayotgan boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari orasida oʻz shaxsiy ish uslubiga ega muallima sifatida  tanildi.

Raʼno Avazmurodova belgilangan dars-rejasi boʻyicha shunchaki mashgʻulotlar olib bormaydi. U har bir darsga alohida, puxta tayyorgarlik koʻradi. Shu bilan birga, albatta oʻzidan nimanidir “qoʻshadi”. Koʻpincha noanʼanaviy usullarni qoʻllashga intiladi. Oʻquvchilarining nutqiy madaniyatini rivojlantirish maqsadida sinfda samimiy, dildan suhbat muhitini yaratadi. Bunda, birinchi galda oʻz nutqiga  alohida masʼuliyat bilan yondashadi.

Raʼnoxon maktabda boshlangʻich taʼlim boʻyicha uslub birlashma rahbari sifatida ustoz-shogird anʼanasiga alohida eʼtibor qaratadi. Birlashma rejasiga muvofiq oʻtkaziladigan ochiq darslarni sinchkovlik bilan kuzatib, tahlil qilib boradi. Zarur  paytlarda yosh oʻqituvchilarga erinmay maslahatlar beradi. U maktabdagi oʻquv-tarbiya ishlaridan ortib, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, alohida qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishlariga koʻmaklashish maqsadida turli mavzulardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkillashtiradi. U bir necha yil yoshlar tashkiloti masʼul xodimi sifatida tumanimizning faol yoshlari bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalar farzandlarini ijtimoiy himoyalash, profilaktik roʻyxatda turgan yoshlar bilan ishlashish, ularning muammolarini hal etish boʻyicha samarali faoliyat olib borib, “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashining hamda tuman hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Raʼno Avazmurodova uchun hayot goʻzalligi ham, umr mazmuni ham maktab va oʻquvchilari. 35-yildirki, u bir kun ham ana shu muqaddas dargohdan, sevimli bolajonlaridan alohida orzular qilgan emas. Oʻz taqdiriga Alloh tomonidan bitilgan bu hayot tarzi Raʼnoxonning umr mazmuniga aylangan.

Men esa uni bogʻbonga oʻxshataman. Bogʻbon oʻzi ekkan nihollarni mehr bilan parvarishlagani uchun bu nihollar gurkirab rivojlanadi, meva beraveradi. Raʼno esa muallima-bogʻbon. Uning bor boyligi ham, unvoni, martabasi ham shu – fidoyi bogʻbonligida. Raʼno oʻquvchilariga mehr-muhabbat qoʻygani, maktabni oilasi kabi, oʻquvchilarini oʻz jigarbandlariday yaxshi koʻra olgani uchun, uning taʼlim-tarbiyasini olgan oʻquvchilar yillar oʻtib, har biri aʼlo bir kasb egasi, el-yurtga manfaat keltiruvchi insonlar sifatida kamolotga yetganlari uchun ham u haqiqiy bogʻbon! Bekorga shoir Shuhrat: “Agar hayot bir bogʻ boʻlsa, bogʻbon muallim”, satrlarini bitmagan.

Raʼno Avazmurodova ijodkor oʻqituvchi sifatida tuman adabiy muhitida oʻz oʻrniga ega. Uning sheʼrlari 1984-yildan beri tuman va Respublika miqyosidagi gazeta va jurnallarda chop etiladi. Taʼlim sohasi xodimlari ishtirokidagi turli bayram tadbirlarida Raʼnoxon qoʻshiq kuylaganida barcha uni olqishlarga koʻmib tashlaydi. Yoqimli, xush ovozi bilan ham zamonaviy, ham anʼanaviy ijro yoʻnalishlarida ijro etgan ashulalarining muxlislari son-sanoqsiz.

Umr – oqar daryo, deydilar. Kechagina tahririyatimizga sheʼrlar, maqolalar koʻtarib kelib, turli bayram tadbirlarida goh Mashrab, goh Muqimiy, Abdulla Orif sheʼrlari bilan aytiladigan ashulalarni jarangdor ovozda kuylab, muxlislari olqishiga sazovor boʻlgan tinib-tinchimas qiz shu bahorda umrining sokin fasliga – 55 yoshga yetib qolganini oʻzi ham sezmay qoldi.

– Pensiya yoshiga yetibman, ulgʻayib qolibman, opa, – deydi samimiyat bilan. – Oʻquvchilarim – mening chaman bogʻim, ularning quvonchlarisiz menga bu hayot tatimaydi.

Har bir oʻquvchisini sevib-ardoqlab, birontasi maktabga kelmasa, uyiga soʻroqlab borib, hatto ulgʻayib, bola-chaqali boʻlib ketgan “bolalari”ni ham tez-tez eslab, yoʻqlab turguvchi Raʼnoxonning shogirdlari bugun bir mevazor bogʻ misoli. Raʼno ularni sanab, adogʻiga yetolmaydi. Ularning birlari oʻqituvchi, shifokor, muhandis, harbiy xizmatchi, tadbirkor, elda obroʻ topgan insonlar. Shogirdlarining “Raʼno opa”, deb evirilib turishlaridan koʻngli togʻdek yuksalib ketadigan Raʼno xuddi fidoyi bogʻbon kabi mevazor bogʻlarining kamolidan mamnun yana maktabga – oʻquvchilari tomon intilaveradi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026