21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:09
Adabiyot 👁 184

“Sharaf tojini izlama, ona rizoligini izla”

“Sharaf tojini izlama, ona rizoligini izla”

Ayol bu - shunday bir shirin xilqatki, uning bergan mehridan nihol (farzand) unib oʻsadi ulgʻayadi,gullaydi meva beradi. Koʻksi ostidan mehr ila bergan oppoq suti bilan farzandini koʻz qorachigʻiday asrab, unga gard yuqishiga hech ham yoʻl qoʻymaydi. Yuzlaridagi ajinlar albatta, farzandlarining kamoli uchun tinim bilmasdan qilgan mehnati tufayli, qoʻllari qadoq, yuzlari esa ajinga toʻladi. Baʼzan ojiza, baʼzan himoyachi, baʼzan yigʻloq, baʼzan shunchalar baquvvatki, sabri oldida togʻlar ham boshini egadi. Oʻzi mehrning bulogʻi boʻlsada, doim mehrga tashna, vaqtida yosh boladek erkatoy, oʻrni kelganda pahlavondek kuchli, baʼzida oʻta jahldor, baʼzan muloyim. U necha yoshda boʻlmasin, qanchalik kuchli koʻrinmasin, baribir qalbda, u doim mehrga muhtoj. Siz unga shunday mehr beringki, toki u dunyoda sizdan boshqa hech kimdan mehr izlamasin.

Dunyoda ayol oʻz turmush oʻrtogʻining onasi vazifasini bajarar ekanlar. Sababi ayol oʻz erlarining ovqatiga, kiyimlariga qaraydigan, kasal boʻlib qolsa eri boshida parvona boʻluvchi eng birinchi inson bu oʻz ayoli boʻlar ekan. Kayfiyati yoʻq boʻlsa, koʻnglini oladigan, boriga ham, yoʻgʻiga ham shukur qilib, uyini fayz-u barakaga toʻldirib oʻtiradigan inson bu albatta, ayol ekan! Bolaligimizda maktabdan yoki boshqa joydan kelsak, birinchi navbatda oʻz onamizni izlaymiz, to hozirgi kungacha. Zero, ular boʻlmasa uy boʻm-boʻsh turgandek tuyuladi, hattoki dadamiz oʻtirsa ham. Shuning uchun ham ona ana shu qoʻrgʻonning posboni, oilaning muqaddasligini taʼminlovchi moʻʼtabar insondir.

Qurʼoni karimda, hadislarda ayol – onani ulugʻlash kerakligi haqida koʻplab ibratli koʻrsatmalar bor. Ularning hammasi ayol – onaning oilada tutgan oʻrnidan kelib chiqib aytilgan, albatta. Negaki, dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila – ilk tarbiya maskani, shu muqaddas dargohning maʼnaviy – axloqiy muhitini farzandiga tushuntiruvchi va oʻrgatuvchi moʻʼtabar zot onadir.

Bu hayotda hammamiz mehmonmiz. Hech kim mezbon emas. Ikki narsa insonda bardavom boʻlmaydi: Yoshlik va Quvvat. Ikki narsa hammaga foyda beradi: Yaxshi xulq va bagʻrikenglik!!! Va bu ikki kunlik dunyoda oʻz hayotimizni ezgu amallar bilan bezaylik. Onalarimizni borida qadrlaylik. Ollohim rizqimizga baraka, xonadonimizga tinchlik, ruhimizga xotirjamlik ato etib, barchamizni oʻz panohida asrasin.

Yulduzxon SAFARBOYeVA, Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi
oʻzbek tili oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026