HARBIY XIZMATÇI XOTIRASIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR BÖLIB ÖTDI
Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlaş kuni umumxalq bayrami sifatida keng nişonlanadi. Boisi inson xotira bilan tirik, qadr bilan uluğ. Bugungiday tinç, osoyişta va farovon kunlarimiz uçun kuraşganlarning jasoratini, fidoyiligini, xayrli işlarini yodga olmoq, eʼzozlamoq milliy qadriyatimizga aylandi.
Ikkinçi jahon uruşida, mamlakatimiz mustaqilligini himoya qilişda halok bölgan yurtdoşlarimiz xotirasini yod etiş, yoş avlodni ularning ezgu xizmatlari bilan taniştirib boriş ham savobli iş. Çunki xotira – insonning insonligini anglatuvçi, uni ötmiş va istiqbol bilan boğlab turuvçi ilohiy riştadir. Şuning uçun ham mamlakatimizning barça hududlarida 9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan köpgina xotira tadbirlari, mehnat faxriylari bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Yaqinda tumanimizdagi 22-sonli maktabda uşbu maktabda taʼlim-tarbiya olgan sobiq bitiruvçi, Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari safida neça yillar samarali xizmat qilgan va xizmati çoğida halok bölgan kapitan Jumamurod Ahmedovning xotirasiga bağişlab ötkazilgan harbiy sport festivali va xotira turniri ham şularning biridir.

Uşbu tadbir tuman Xalq taʼlimi, Mudofaa işlari bölimlari, 22-maktab öqituvçilar jamoasi va Mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti tuman bölimi hamkorligida taşkillaştirildi.
Tadbirni 22-sonli maktab direktori Azimjon Bekberganov oçdi va Jumamurod Ahmedovning yorqin xotirasi haqida gapirdi. Undan barça yoşlar vatanparvarlik, jasurlik, harbiy burçiga, Vataniga sadoqatni örgansa, ibrat olsa, arziydi, deya taʼkidladi.
Harbiy sport festivalida tuman Mudofaa işlari bölimi xodimi Muzaffar Madreimov, “Vatanparvar” taşkiloti tuman bölimi xodimi Azamat Qozoqboyev, Jumamurod Ahmedovning ukasi, 22-sonli maktab yoşlarni çaqiriqqaça tayyorlaş fani öqituvçisi Alişer Ahmedovlar sözga çiqib, Jumamurod Ahmedov haqida gapirdilar.

Şundan keyin harbiy sport festivali va xotira turniriga start berildi. Unda 22-, 55-, 28- va 59-maktablarning yoş sportçi öquvçilari özaro bellaşdilar. Bellaşuv öğil va qizlar orasida harbiy estafeta, avtomatni tez yoyiş va yiğiş, yaradorlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş, pnevmatik miltiqdan öq otiş, turnikda tortiliş, arqon tortişiş, yuguriş böyiça ötkazildi.
22-sonli maktab öquvçilari ijrosida yurtimizning sodiq öğlonlari jasoratini madh etuvçi şeʼrlar ijro etilgaç, 5 “A” sinf öquvçilari rus xalqining maşhur “Katyuşa” qöşiğiga raqsga tuşdilar.

Tadbir davomida harbiy sport festivali, xotira turniri şartlarini aʼlo darajada bajargan öquvçilar mahoratini hakamlar hayʼati aʼzolari odilona baholab bordilar. Natijalarga köra ğolib jamoalar va qatnaşçilar tadbir taşkilotçilaridan biri “Vatanparvar” taşkiloti tuman bölimi va harbiy xizmati çoğida halok bölgan Jumamurod Ahmedovning ukasi Alişer Ahmedov tomonidan rağbatlantirildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶