SOXTA SALAFIYLAR HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?
Hozirgi zamonamizda sohta salafiylar tomonidan quyidagi: “ey birodar nega biz faqatgina Qurʼon va sunnatga va ularda kelgan sahih xabarlarga ergaşmasligimiz kerak», deyayotgan daʼvo gaplarini eşitib qolamiz. Albatta bu gap oddiy musulmonga judayam işonçli körinişi mumkin va ummatni birlaşişiga olib boradigan narsadek tuyulişi mumkin. Göyoinki ular aytganlari amalga oşsa umuman ixtilof va fitna hamda ulamolar örtasida ixtiloflar barham topadigandek. Mana şu kabi gaplarni eşitgan oddiy musulmon odam öz navbatida özini tört fiqhiy mazhabdan biriga ergaşayotganini ayb sanab osongina öşalarni gapiga aldanib qoladi. Baʼzi bir “Salafiy»lar uşbu tört mazhabni Islom dini içidagi firqa-oqimlarga öhşatadilar, vaholanki tört mazhab islom dinining tört katta maktabi bölib, sahobalar va tobeinlar yöliga asosan qurilgandir va ularning yöllarini davomidir. Yana bir narsani aytib ötiş örinli böladi tört fiqhiy mazhabni hamma “salafiylar«» ham inkor qilişmaydi ammo mazhablar kerak emas deb mazhabboşilarni haqorat qilayotganlar köplab topiladi. Mazhablar kerak emas deyayotganlarni özlarini Alloh taolo jazo sifatida yettiga yaqin firqalarga bölib taşladi. Öz navbatida öşa yettita firqa ham bir neçta turli xil firqalarga bölinişga ulgurib böldi.
Ularning haqiqiy ahvoli haqida bir misol, uzoqqa bormaylik MDH davlatlarida faoliyat olib borayotgan salafiylik tarafdori Abu Yahyo Krimskiyni Abdulla Kostekskiy murjiya deb ayblaşi va Rinat Abu Muhammad Abdulla Kosteksiyni umuman şarʼiy ilmi yöqligida ayblaşlari salafiylik firqasini inqirozga uçrayotganidan bir misol böla oladi. Voqeʼlikda yuqoridagi sanab ötilgan barça olimlar tört mazhabni inkor qilişadi, Alloh taolo ularni tafriqalaniş bilan bu dunyoni özida jazolab qöydi. Endi közga köringan uç olim Ibn Usaymiyn, Alboniy va Ibn Bozlarni oladigan bölsak ularning örtasida aqida masalasini özida töqqizta masalada ixtiloflari bor bu va boşqa ixtiloflar saudiyalik olim Saʼd ibn Abdulloh Al Bariyk tomonidan yozilgan “الإيجاز في بعض ما اختلف فيه الألباني وابن عثيمين وابن باز«1»-“Alboniy va Ibnu Usaymiyn va Ibnul Boz ixtilof qilgan baʼzi masalalar haqida qisqaça bayon». Mazkur kitobning 53-betidan boşlab aqidaviy ixtiloflari uçun bir bölim ajratilgan. Mana şu ixtiloflardan bilsa böladiki ular özlari Qurʼon va sunnatni qay birlari töğri talqin qilayotganlarini kelişa olmayaptilar, endi buyuk tört mazhabboşining yölini uşlaş xato deyişlari umuman aqlga töğri kelmaydigan narsa ekanini. Ajablanarlisi Qurʼon va sunnatga ergaşaylik birlaşamiz deydilar-u ammo özlari ixtilof qiliş mumkin bölmagan aqida masalasida kelişa olmaydilar. Tört mazhab ulamolari esa aqidaviy masalada ixtilof qilmasliklari (ixtiloflar faqat lafziy) hammaga maʼlum. Ahli sunna valjamoa eʼtiqodining imomlari Aşʼariy va Moturudiy örtasida ixtilof faqat ikkinçi darajali masalalarda va taʼrif berişda bölgan, farqlari bir narsani isbotlaşda faqat işlatilgan sözlarida hamda yondaşuvlarida bölgan. Bu ikki imom sahobalar va salafi solihiynlarning fahmi ila iş tutişgan va ahli sunna valjamoa eʼtiqodining himoyaçilari bölişgan.
Şundan kelib çiqib aslida biz ularga qarata:“Butun ummatni Qurʼon va sunnatni bir xil fahmlaşga çaqirganizdan köra özingiz ergaşayotgan ulamolaringa nasihat qiling, oldin özlari aqida masalasida kelişib olişsin!» deb aytişimiz töğri böladi.Oxirgi yillarda aksar bemazhablar tarafdan sahoba va tobeinlar manhaji niqobi ostida “salafiylik” bayroğini baland hilpiratiş holatlari köpaydi. Najdlik Muhammad ibn Abdulvahhobning izdoşlari ham bugun “vahhobiy” degan atamadan voz keçişib özlarini solih salaflar yölidamiz deb iddao qilişmoqda. Nosiruddin Alboniy şaxsiyati xuddi öşa “salafiylik” tarğibotçilari orasida dohiylik kasb qilgan şaxslardan biridir. Salafiylar Nosir Alboniy şaxsiyatiga baho berişda juda haddan oşişgan. Uni “Asr muhaddisi”, “Sunnat bilimdoni”, “Sunnat homiysi” va hokazo balandparvoz ilmiy unvonlar bilan laqablab olişgan.
Şuningdek, salafiylar orasida oxirgi yillarda fiqhiy va hatto aqidaviy ahkomlarda ham Alboniy fikrlariga murojaat qiliş holatlari birlamçi odatga aylandi.
Hukmingizga havola etilmiş uşbu kiçik risolada “Salafiylik” oqimi rahnamolaridan biri Nosir Alboniyning tört mazhab aqidasi va fiqhiga xilof ravişda çiqargan bemaza fatvolari qator terib çiqilgan. Ahli sunna eʼtiqodli har bir ahli ilm bu fatvolar bilan tanişib çiqar ekan ayrim örinlarda beixtiyor “astağfirulloh” deb yoqa uşlaydi. Baʼzi örinlarda esa Nosir Alboniyning mantiqsiz fatvolaridan kulgisi kelsa, ayrim joylarda dinimiz nomidan gapirgan bu odamga açinib yiğlagisi ham keladi.
Uşbu salafiylardan biri kitobida bunday yozgan: "Meni ularning baʼzilari Ahli sunna bu - Aşʼariy va Moturidiylardir, deya iddao qilişgani va salaflarga tajsim va taşbehlik ila tuhmat qilişgani hayratga soldi".
Uning bu qavlni eşitgandagi ajablanişi undagi jaholat va taassubning darajasiga dalolat qiladi. Uning bu kalomiga mulohazalarimiz bor.
Bu kişining "Ularning baʼzilari Ahli sunna bu - Aşʼariy va Moturidiylardir, deya iddao qilişadi", degan sözi botildir.
Zotan, "Ahli sunna bu - Aşʼariy va Moturidiylardir", degan qavl sohiblari faqatgina baʼzilar emas, aksinça, ular ahli sunnaning jumhur ulamolari va musulmonlarning mutlaq ulamolari jumhuri hamdir.
Bu aytilganlar maʼrifati uçun mutaqaddim va mutaaxxir ulamolar tabaqasi va tarjima kitoblariga, ibn Subkiy, ibn Asokir, ibn Hajar, Saxoviy, Qozi Iyoz, Toşköprizoda va Najmuddin Ğazziy va boşqa köplab olimlar qavllariga murojaat qiliş kifoyadir.
Ammo, muallifning "ularning baʼzilari salaflarga tajsim va taşbehlik ila tuhmat qilişadi", deb yozganining özi ham tuhmatdir.
Zotan, "salaf" kalimasi mutlaq işlatilganida sahobalar, tobeʼinlar va tabaʼa tobeʼinlar zamoni iroda qilinadi.
Biron bir Aşʼariy yoki Moturidiy olimlarining salaf olimlarini tajsim va taşbehda ayblagani bormikan?
Agar bunday degan olim ulardan topilmasa va topilişi mumkin ham emas va heç qaçon topilmaydi ham, unda uşbu kimsa öziga bundayin tuhmatdan iborat sözni aytişga qanday ijozat va jurʼat qildi ekan? Buning birgina javobi esa uning öta mutaassib ekani va öta ğuluv ketganidir.
Haqiqat şuki, Aşʼariy va Moturidiylar Qurʼon va Sunnatning zohiridangina dalil oladigan, şunga mahkam yopişib olgan baʼzi kimsalarni adaşganlarini aytişgan.
Garçi bu toifalar salaflar yölini iddao etişsada, ular salaflar yölini tutganlar emasdir. Garçi özlarini imom Ahmad rahimahullohga nisbat berişsada, imom Ahmad rohimahulloh ular aqidasida emasligi şubhasizdir.
Darhaqiqat, zamonu tarixlar oşa to hozirgi zamongaça ham Ahli sunna val jamoa aqidasini mustahkam himoya qilib kelayotganlar bular - Aşʼariy va Moturidiylardir.
Bu qavldan esa faqatgina möʼtabar bölmagan yoki mutaasib va takabbur kimsagina bexabarlikni daʼvo qiladi.Bu toifalar garçi özlarini salaflar deyişsada, ular salaflar yöliga zid aqidada ekani va salafi solihlarga umuman aloqasi yöqligi kunday ravşan.
Zotan, salaf ulamolari heç qaçon Allohga makon, jism, taşbehni ifoda etişmagan. Biron bir joyda örnaşgan, deyişmagan. Biron bir örinda ötiradi, deb aytişmagan. Aksinça, bu qavllarga raddiyalarni yozişgan.
Xulosa qilib aytadigan bölsak sohta salafiylar özlari çaqirayotgan daʼvatlari bekorga aytilgan vaznsiz gapdan boşqa narsa emasligi yuqoridagi misollardan maʼlum böldi. Alloh taolo barçamizni turli xil fitnalardan asrab haq yölidan adaştirmasin.
Manbalar asosida: Amudaryo tumani "Nöğoy eşon" jomeʼ masjidi imom xatibi Öktam Qurbaniyazov tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶