“OILA – JAMIYaTNING ASOSI” MAVZUSIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Inson oilada tuğilib, voyaga yetadi. Uning şaxs sifatida şakllaniş jarayoni ham oila bağrida, milliy-maʼnaviy qadriyatlar negizida, oila tutumlari asosida keçadi. Uning jamiyatga faol aralaşuvi, nufuzi, qadr-qimmati, avvalo, özi yaşagan, tarbiyalangan muhitga boğliq. Şuning uçun ham xalqimiz: “quş uyasida körganini qiladi”, “oilaning qadrini bilgan elning, el qadrini bilgan olam qadrini biladi”, “oilaning ostonasi oltin, bu oltin ostonani daxlsiz saqlagan hayot söqmoqlarida qoqilmaydi” kabi juda köplab hikmatli iboralarni yaratganki, bu hikmatlar zamirida oila mustahkamligini taʼminlaşga qaratilgan samimiy işora, beğaraz niyat va orzu mujassam.
Haqiqatan ham milliy-maʼnaviy oila qadriyatlari, oila tutumlari asosida tarbiyalangan şaxs qalbida oilani muqaddas deb biliş tuyğusi kuçli böladi va u har qanday vaziyatda ham oila deb atalmiş qutluğ makonga sadoqatli böladi.
Lekin hamma ham şundaymi? Oila tutumlariga dilda sadoqat saqlay oladimi? Gap mana şunda. Afsuski, guruç kurmaksiz bölmagani kabi bugungi kunda oila böstoniga oşiqib qadam qöyib, hatto qisqa vaqt ötib-ötmay biri-birini “yaxşi tuşunmay, osongina ajraşib ketayotgan yoşlar ham talaygina.
Joriy yilning 6-iyul sanasida Amudaryo tuman hokimligi binosida bölib ötgan tadbirda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi xotin-qizlar jamoatçilik Kengaşi tomonidan tumanda oila mustahkamligini taʼminlaş, yoş oilalar bilan işlaşiş borasida amalga oşirilayotgan işlar, oilaviy nizolarning, erta nikohlarning oldini oliş böyiça amaliy çora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi. “Oila – jamiyatning asosi” deb nomlangan mazkur tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Maryam Ahmedova, Amudaryo tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldaşev, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari, xotin-qizlar jamoatçilik Kengaşi rahbari Muqaddas Beknazarova, “Möʼtabar ayol” kökrak nişoni sohibasi Pardagul Örozboyeva, Qoraqalpoğiston Respublikasi xotin-qizlar jamoatçilik Kengaşi aʼzosi Sanobar Xöjamurodova, tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi mudirasi Sanobar Xolboyeva şuningdek, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi huzuridagi 30 kişidan iborat tarğibot guruhi aʼzolari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari iştirokida etdilar.
Tadbirni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi va oilaning jamiyatimizda tutgan örni, şuningdek, tumanimiz mahallalarida yoş oilalar bilan işlaşişdagi juzʼiy kamçiliklar, bu boradagi muammolarni hal etişga qaratilgan çora-tadbirlar haqida töxtalib ötdi.
Şundan söng, mazkur tadbirdan közlanayotgan maqsad va galdagi vazifalar xususida Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Maryam Ahmedova batafsil töxtaldi. Şu bilan birga Amudaryo tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan oilalarda ajraşişlarning oldini oliş borasida 2021-yilning ötgan 6 oyi davomida amalga oşirilayotgan işlarni birma-bir tahlil qilib, tumanda oilaviy nizolarga çek qöyişga qaratilgan çora-tadbirlarda sustkaşlikka yöl qöyilayotgani, mahallalarda notinç oilalar bilan işlaşiş böyiça manzilli tizim işlab çiqilmagani, natijada tumanda ötgan 6 oy davomida oilaviy ajraşişlar soni keskin oşib ketganini qayd etdi va bundan keyin har bir ovul va mahallada köpni körgan pir-u badavlat otaxon va onaxonlarni, namunali oilalar sohib va sohibalarini jalb qilgan holda yoş oilalar örtasida milliy-maʼnaviy qadriyatlar, oila tutumlari xususida jonli muloqotlar, maslahat-ögit tadbirlarini ötkaziş, keksa avlod vakillari iştirokida hududlardagi notinç deb hisoblangan oilalarga kirib borib, oilaviy nizolarning çuqurlaşuviga, ajraşişga olib kelgan sabab va omillarni tizimli örganiş, ajraşiş qarorining ijobiy tomonga özgarişiga erişiş zarurligini taʼkidladi.
Şuningdek, tadbirda “Möʼtabar ayol” kökrak nişoni sohibasi Pardagul ona Örozboyeva, Qoraqalpoğiston Respublikasi xotin-qizlar jamoatçilik Kengaşi aʼzosi Sanobar Xöjamurodova hamda tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi mudirasi Sanobar Xolboyevalar ham sözga çiqdilar va tumanimizda 2020-yilga nisbatan 2021-yilning ötgan 6 oyi davomida ajraşişlar keskin oşib ketganini, buning sabab va oqibatlarini jiddiy örganiş zarurligini taʼkidladilar. Xususan, 2020-yil davomida tumanimizda 40 ta oila özaro kelişmovçiliklar oqibatida ajraşib ketişgan bölsa, 2021-yilning birinçi yarmida 72 ta oilaning nikohlari bekor qilingan. Vaholanki, 2021-yil yakunigaça yana 6 oy vaqt bor. Agar buni 6 oyga tahsimlasak, tumanimizda har oyda, 12 ta oilaning nikohi bekor qilinayapti. Yil oxirigaça jiddiy çoralar körilmasa, bu raqam yana oşişda davom etaveradi.
Bölib ötgan tadbirda faollar tomonidan ayni damda tumandagi ajraşiş yoqasida turgan yana 67 ta oila mavjudligi, mazkur oilalarni yaraştiriş, nikoh buzilişining oldini oliş maqsadida xotin-qizlar jamoatçilik Kengaşi hamda tarğibot guruhi aʼzolari özlari biriktirilgan hududlardagi yoş oilalarga kirib borib, har haftada bir marta tuşuntiriş-tarğibot, samimiy va oçiq muloqot tadbirlarini olib borişayotganligi qayd etildi.
Albatta, har bir oilaning mustahkamligi, farzandlarning ota-onalari bağrida emin-erkin yaxşi tarbiya körişlari, oila maskanida voyaga yetib, tinç-totuv yaşaşlari – jamiyatning yuksak taraqqiyoti, obod va farovonligining birdan-bir mezonidir. Insonni baxt-saodat manziliga eltuvçi kuç ham aynan ana şu mezon tufaylidir.
“Oila – jamiyatning asosi” mavzusida bölib ötgan mazkur tadbirda tumanda oilaviy ajraşişlarga barham beriş, begunoh farzandlarning tirik yetim bölib, köngillari kemtik voyaga yetişlarining oldini oliş borasidagi tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi oldida turgan boşqa masalalar ham muhokama etilib, muammolarni hal etiş böyiça çoralar belgilandi.
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶