YIGIRMA YILDAN KEYINGI DIYDOR
Joriy yilning 5-iyul kuni Amudaryo tumanidagi 10-sonli umumiy örta maktabni 2001-yilda tugatgan sobiq bitiruvçilarning 20 yillik yubiley uçraşuvi bölib ötdi. Uşbu dargohni yigirma yil muqaddam tamomlagan sobiq öquvçilar diydorlaşuvi maktab binosida taşkil etildi. Uçraşuvga Respublikamizda telekommunikatsiya sohasida, Oliy taʼlim muassasalarida, harbiy sohada, xususiy tadbirkorlikda, pedagogikada, işlab çiqarişda faol mehnat qilib kelayotgan 60 dan ziyod bitiruvçilar kelişdi. Uçraşuvga kelgan bitiruvçilar Respublikamizda özlarining faol xizmatlari, ulkan tajribalari bilan tanilgan yetuk mutaxassislar bölib, Vatanimiz ravnaqi uçun hissa qöşayotgan, hozirgi kunda özining boy amaliy tajribasi bilan yoşlarga örnak bölayotsan aziz insonlardir.
Uçraşuvda maktabning 60 dan ziyod sobiq öquvçilari hamda ularning ustoz-murabbiylari, maktabning sobiq direktori Jumaboy Matörazov, sobiq öqituvçilardan Hayitgul Abdullayeva, Rustam Bozorboyev, Maxsud Haytboyev, Kenjaboy Bozorboyev va maktab direktori Omon Şerimbetov qatnaşdilar.
Maktab öquvçilari tomonidan taşkil etilgan uzoq yillik sinfdoşlar uçraşuvi bayram tantanalariga aylanib ketdi. Tadbirning taşkiliy qismi maktab binosida ötkazildi. Sobiq öquvçilar tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmasi sovğa qilindi.
Tadbirda yoşi uluğ ustozlar, faxriy öqituvçilar sözga çiqib, sobiq öquvçilarni 20 yillik uçraşuv bilan muborakbod etdilar. Ularga maktab hayoti, öquvçilik yillariga doir qiziqarli maʼlumotlar, hayotning totli onlari xususida iliq fikrlarini bayon etdilar. Sobiq sinfdoşlar ham oltin yoşlikning unutilmas lahzalari, qadr-qimmat, ustozlarga eʼzozlar haqida dil izhorlarini bayon etdilar.
Zamonaviy jihozlangan xonalarda ilm olayotgan bugungi kun öquvçisiga havas bilan qaraşar ekan, bugun yurtimizda ilm-fan va texnologiyalarning bugungi global dunyoda jadal ösişi, yoşlarga keng imkoniyatlar yaratilib, ularning isteʼdodi va qobilyatlarini töliq amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratilganligini taʼkidlab ötdilar.
Bolalik davrining oltinga teng damlari ötgan sinfxonalarda faxriy öquvçilar beğubor damlar zavqini qömsab, uşbu kun bolalikning rangin dunyosiga sayohat qilişdi.
Sinf partalarida ötirar ekan, maktab davrida keçgan qiziqarli voqealar, ajoyib sarguzaştlarni miriqib eslaşdi. Uçraşuvga kelgan bitiruvçilar maktabning hozirgi hayoti, ilm-fandagi yutuqlari, yangi texnika texnologiyalar bilan tanişdilar va özlarining taassurotlari, bolalik xotiralari bilan örtoqlaşdilar. Bundan 20-yil oldin maktabni tugatgan sobiq öquvçilar taʼlim maskani oldida esdalik fotosuratlariga tuşdilar va ustozlarga taʼzim bajo keltirib, maktab rahbariyatiga ustoz-murabbiylariga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar, yaxşi niyatlar va istaklar bildirişdi.
Söngra uçraşuv Manğit şahridagi “Nur” töyxonasida davom ettirildi.
Sinfdoşlari örtasidagi döstlik tuyğusi insonni maʼnaviy qöllab- quvvatlovçi, uning oğirini engil qiluvçi, ruhiyatini kötaruvçi, öziga işonç orttiruvçi kuç hisoblanadi. Insonda döstlik, birodarlik, özaro işonç tuyğulari darhol yuzaga kelib, öz-özidan mustahkamlanib qolmaydi.
Sinfdoşlar örtasidagi döstlik tuyğusi yillar davomida sayqallanib keladi. Maktab davridanoq bir-biri bilan yor-birodar bölib qolgan döstlar bugun bir dasturxon atrofida, şirin xotiralarni, beğubor damlarni esladilar.
Şundan keyin taşkilotçilar uzoq va yaqindan kelgan bitiruvçilarni bir piyola çoyga taklif qildilar, döstlar uçun yozilgan dasturxon atrofida döstona suhbat va öyin-kulgilar bilan bitiruvçilar tantanasi uzoq vaqt davom etdi.
Sinfdoşlarning soğinçli diydorlaşuvi uzoq yillar xotirada muhrlanib qoladigan darajada yuqori saviyada ötkazildi.
Uçraşuv jarayonida sobiq bitiruvçilarning dil sözlari bir-biriga ulanib ketdi, şöx-şodon öyin-kulgular avj olib, kuy-qöşiqlar yayradi.
Sevara ISMOILOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶