Aholini içimlik suvi bilan taʼminlaşda kelib çiqayotgan muammolarning sabablari va ularni bartaraf etiş böyiça qilinayotgan işlar haqida
Sönggi yillarda aholi sonining tobora köpayib borayotgani, tabiiy iqlim şaroitining keskin özgarişi dunyo mamlakatlari qatorida Özbekistonda ham suv tanqisligi muammolarini keltirib çiqarmoqda. Suv taqçilligi, ayniqsa, mamlakatning çöl va janubiy hududlari aholisini qiynab kelmoqda. Xususan, Qoraqaloğiston Respublikasi tumanlarida suv yetişmovçiligi yaqqol namoyon bölmoqda. Respublikadagi köp sonli aholi istiqomat qiladigan tumanlardan biri Amudaryo tumani aholisi ham suv tanqisligidan aziyat çekmoqda.
Şu örinda maʼlumot tariqasida aytiş joizki, tumandagi 11 ming 180 ta xonadon markazlaşgan içimlik suvidan foydalanuvçi isteʼmolçilar bölib, şundan 1 ming 210 ta xonadon köça kolonkasidan foydalanadi. Tumandagi jami 32,5 foiz aholi markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlangan. Aholini suv bilan taʼminlaş uçun jami 323 km uzunlikdagi suv tarmoqlari mavjud bölib, şundan 194 km, yaʼni 60 foiz suv quvurlari eskirgan.
Bugungi kunda tumanda 6 ming 436 ta xonadonga, yaʼni aholining 19,5 foiziga içimlik suvi maxsus avtotransportlar orqali yetkaziladi. 48 foiz aholi suvning muqobil manbalari, yaʼni, yer osti suvaridan foydalanişadi.
Tuman aholisini içimlik suvi bilan taʼminlaşda kelib çiqayotgan muammolar qator omillarga boğliqdir. Xususan, tuman aholisiga içimlik suvi yetkazib beruvçi asosiy suv manbai bölgan Manğit arna kanalini suv bilan taʼminlovçi Gurlan vetkasidan sekundiga 7,4 kuub metr suv limiti ajratilgan bölişiga qaramasdan, hozirgi kunda, 5-5,5 kub metr sekund tezlikda suv olinmoqda. Mavjud suv zahiralaridan unumli foydalaniş maqsadida hozirgi kunda olinayotgan kunlik suv miqdori suv isteʼmolçilariga navbatma-navbat yetkazib berilmoqda.
Şuningdek, suv manbai Manğit arna kanaliga daryodan 32 km uzoqlikdan keladi va uşbu kanaldan şahar suv yetib kelguniça tumanimizning ovul va mahallalarida istiqomat qiluvçi aholining tamorqa yerlari, fermer xöjaliklari ekin maydonlariga suv olinadi. Ayniqsa, ekin maydonlarini suğoriş işlari amalga oşiriladigan davrda Manğit arna kanalida suv keskin kamayadi hamda şu sababli aholiga içimlik suvi yetkazib berişda uzilişlar kuzatilmoqda.
Suv taqçilligi muammosini yumşatiş maqsadida masʼul korxona-taşkilotlar tomonidan qator işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli “Amudaryo tumani suv taʼminoti” korxonasi tomonidan içimlik suvi yetib borişi qiyin bölgan Böston hamda Çordora mahallalariga 1 tadan suv quduği qurib berildi.
Şu bilan birga, tumanda aholini tozalangan içimlik suvi bilan taʼminlaş böyiça ham tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, davlat dasturi asosida Oq oltin ovulida 37-suv taqsimlaş inşooti rekonstruktsiya qilinib, 7,9 km uzunlikdagi suv tarmoqlari yangidan yotqizilmoqda. Natijada 258 ta xonadon markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlanadi. Xitoy xamda Jumurtov ovullarida 4 ta suv tozalaş şaxobçasi quriliş işlari yakunlaniş arafasida bölib, şoxobçalar işga tuşişi bilan 420 ta xonadon içimlik suvi bilan taʼminlanadi.
Bundan taşqari, Amir Temur nomli ovulda 1 ta suv taqsimlaş inşooti hamda 11 km uzunlikda suv quvurlari tortilmoqda, şu orqali 240 ta xonadon markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlanişi közlangan. Yuqori qişloq mahallasida ham suv tozalaş şoxobçasi quriliş işlari boşlangan bölib, quriliş işlari yakunlanişi bilan 120 ta xonadon içimlik suvi bilan taʼminlanadi.
Joriy yilning özida tumanda 7 ta suv inşootlari hamda 18,9 km. uzunlikdagi suv tarmoqlari yangidan qurilib, foydalanişga topşirilişi natijasida 1 ming 38 ta xonadon ilk marotaba markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlanişiga erişiladi.
Aytiş joizki, tumanda içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş maqsadida Osiyo taraqqiyot banki mablağlari xisobidan 2020-2023-yillarda Qipçok ovuli xududiga yangi suv tozalaş inşooti, Kuyuk köpir ovuli xududida yangidan suv taqsimlaş inşooti qurilişi, Örta qala, Dörman, Xolimbeg, Qiliçboy ovullaridagi suv taqsimlaş inşootlarini rekonstruktsiya qiliş hamda tuman hududida 54,3 km magistral suv tarmoği, 236,5 km köça suv tarmoqlari qurilişi işlari rejalaştirilgan bölib, loyiha-smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.
Bu işlar öz vaqtida va samarali amalga oşirilsa, tuman aholisining 80 foizi markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlanişi közda tutilgan.
Akbar Rajapov, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” MÇJ Amudaryo tumani filiali boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶