BOLAJONLARNING SEVIMLI BOFÇA OPASI
Insonning yuragida tuğilgan havas unda çeksiz iştiyoq uyğotadi. Havas va iştiyoq esa qalbni ruhlantirib turguvçi orzuga aylanadi. Ana şu orzu insonni irodali, kuçli bölişga, oldiga qöygan ezgu maqsadi yölida intilib yaşaşga örgatadi. Orzuga yetişiş uçun öqib-örganiş, izlaniş unga kuç bağişlaydi.
Maftunkor va gözal tabiati, biri-biridan fidoyi va mehnatkaş insonlari bilan maşhur Qiliçboy zaminida tuğilib-ösgan Feruzaxon Örozmetova onasi – qişloqdagi 42-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida tarbiyaçi bölib işlovçi Gulandon opaning kasbiga havas qilib, “katta bölsam, boğça opa bölaman”, deganida uning özi MTT tarbiyalanuvçisi edi. Bolalikdagi ana şu havas Feruzaxon ulğaygan sari uning qalbida bu kasbga nisbatan mehr va iştiyoq uyğotdi. Onasining har bir harakati, bolajonlar bilan ötkazadigan maşğulotlarini xotira közgusida jonlantirib, xayolan “tarbiyaçilik” qilib yurib, umumtaʼlim maktabidan söng, 2013-yilda Qiliçboy kasb-hunar kollejining maktabgaça taʼlim guruhida tahsil oldi.
Özining intiluvçanligi, taşabbuskorligi, yangiliklarga qiziquvçanligi bilan tengdoşlaridan ajralib turadigan Feruza Örozmetova kollejda öqiş jarayonida nafaqat özi tanlagan yönalişi böyiça, balki turli fanlardan tögaraklar maşğulotlarida ham faol iştirok etdi. Kollejlararo va tuman miqyosidagi körik-tanlovlar, şeʼriyat keçalari, muşoiralarning doimiy iştirokçisi va sovrindorlari safidan joy oldi. 42-MTTda iş faoliyatini boşlagaç, uning maktabgaça taʼlim muassasalari tarbiyaçilari örtasida ötkaziladigan körik-tanlovlardagi muvaffaqiyatli iştiroki nafaqat 42-sonli MTT rahbariyati va kasbdoşlari, balki ota-onasi va döstlariga ham çeksiz quvonç bağişladi.
Feruzaxon öz ustida tinimsiz işlaşi, bola psixologiyasini çuqur örgangani bois, har bir maşğulotni nazariya va hayot bilan uyğun ravişda olib boradi. Natija esa hamişa kutilganidan ziyoda böladi. Uning guruhidagi eng injiq bola ham juda qisqa fursatda tinç, muloyim, tarbiyali bölib qoladi. Buning uçun Feruza tinimsiz mehnat qilişdan, injiq bola bilan şuğullanişdan aslo çarçamaydi.
Şuning uçun ham unga köpçilik ota-onalar: “hali özing qiz bolasan, bolalar könglini tuşunişda eng mehribon onadan qolişmaysan”, deyişadi minnatdorlik bilan.
– Bu Feruzaxonning öz kasbiga mehri balandligidan, – deydi 42-sonli MTT mudirasi G.Qurbonboyeva. – Ana şu mehri tufayli Feruzaxon “Yil tarbiyaçisi” körik-tanlovining tuman bosqi-çida ğoliblikni qölga kiritdi. Biz bundan juda faxrlanamiz.
Kasbiga va bolajonlarga mehri baland Feruzaxon Örozmetova iş jarayonida öz sohasiga oid uslubiy qöllanmalardan unumli foydalaniş bilan birga tinimsiz ijod qiladi, şeʼrlar, bolalarbop hayotiy ertaklar yozadi. Yozganlarini jamlasa, bir kitob bölgulik. Uning şeʼrlarini bolajonlar sevib yodlaşadi. Yaxşilik, ezgulik, rostgöylik, mardlik va vatanparvarlik mavzularidagi ertaklari esa bolajonlarga olam-olam zavq, taassurot bağişlaydi.
– Prezidentimiz: “Kelajak – boğçadan boşlanadi”, deb bekorga aytmaganlar, – deydi Feruza Örozmetova. – Biz tarbiyaçilar şuning uçun ham kelajakka masʼulmiz. Ana şu masʼullik tuyğusi meni hamişa oldinga intilib yaşaşga undayveradi.
Feruzaxon ayni paytda “Yil tarbiyaçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga qizğin hozirlik körmoqda. Biz yoş va iqtidorli tarbiyaçi, bolajonlarning sevimli boğça opasi Feruzaxon Örozmetovaga yangi-yangi yutuqlar tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.
Kasbim – faxrim
Kasbim mening – faxrimdir,
Hayot yölim – ahdimdir.
Iş kunim şod kutaman,
Bundan quvnab ketaman.
Farzand guldir odamga,
Ziynat erur olamga.
Maʼyus körsak gar uni,
Bedor kutamiz tongni.
Garçi men qiz bolaman,
Bolajon, deb yonaman.
Issiği-sovuğiga,
Qarayman har yoğiga.
Mehrim hadya etaman,
Soğiniblar kutaman.
“Boğça opa”, desalar,
Boşim osmon – yuksalar.
Feruza Örozmetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶