25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:18
Jamiyat 👁 394

EKSTERRITORIAL TAMOYIL – FUQAROLARGA JUDA KATTA QULAYLIK

EKSTERRITORIAL TAMOYIL – FUQAROLARGA JUDA KATTA QULAYLIK

Prezidentimizning 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilinishi bilan aholiga qulay davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida ilk dadil qadamlar qoʻyildi. Milliy qonunchiligimizning bu boradagi  mantiqiy va amaliy takomili sifatida Prezidentimiz tomonidan 2021-yil 23-martda “Aholi va tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonning qabul qilinishi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarni sifat jihatidan yaxshilash va osonlashtirish imkonini yaratdi.

Farmon bilan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatida eksterritorial tamoyilning joriy etilishi fuqarolarning doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslarning pochta manzili joylashgan yeridan qatʼiy nazar hududdagi idoralarga muroajaat qilish imkoni yaratildi.

Yaʼni, 2021-yil 1-iyunidan eʼtiboran fuqarolarning doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼiy nazar fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirish boshlandi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Farmonga koʻra, 2021-yil 1-iyunidan eʼtiboran fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish jarayonida fuqarolardan 17 turdagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi.

Shu  nuqtai nazardan kelib chiqib, aytish mumkinki, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasiga oid yuqoridagi Prezident Farmoni fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash, yillar davomida aholini qiynab kelgan byurokratik toʻsiqlarga barham bergani bilan oʻta muhim ahamiyatga ega.

Tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan yuqoridagi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar tufayli sohaga oid masalalar boʻyicha murojaat qiluvchilarga xizmat koʻrsatish sifati sezilarli darajada oshdi. Koʻplab xizmat turlari, xususan, notarial harakatlarni amalga oshirishda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinmoqda va bundan fuqarolar ham mamnun.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan 72 ta nikohdan ajralganlik holati qayd etildi. Shundan 13 ta nikoh voyaga yetmagan farzandlari boʻlmagan er-xotinlarni ularning oʻzaro roziligiga koʻra, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida, 59 tasi birinchi nikohdan sud qarori bilan ajrashish holatlaridir. Shuningdek boʻlim tomonidan 396  ta oʻlim holati va 40 ta holatda fuqarolarning arizalariga muvofiq dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha 87 mln 130 ming soʻm davlat boji, 63 mln 555 ming soʻm gerb yigʻimi undirilib, 52 mln 528 ming soʻmlik pullik xizmatlar koʻrsatildi. 2021-yilning birinchi yarmida tumanda 1881 ta tugʻilish qayd etilib, 99 ta otalik holati belgilandi. Shundan 9 tasi sud qarori asosida amalga oshirildi. 22 ta holatda bolani farzandlikka olish boʻyicha dalolatnomalar qayd etildi. Tumanda oʻtgan davr mobaynida 879 ta yangi nikoh qayd etildi. Shundan 111 ta nikoh sayyor ravishda joylarga chiqqan holda qayd etilgan boʻlsa, 5 ta nikoh mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari fuqarolari oʻrtasida, 14 ta nikoh esa fuqaroligi yoʻq shaxslar oʻrtasida tuzildi.

Eksterritorial tamoyil asosida ishlash nafaqat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlari, balki fuqarolar uchun ham qulay va sifatli xizmatlarni taqdim etayotganidan aholining qimmatli vaqti tejalib, ariza va murojaatlari ortiqcha buyurokratik toʻsiqlarsiz hal etilayotganidan fuqarolar mamnun. Chunki har bir fuqaro, u qayerda yashashidan, fuqaroligi bormi yoki yoʻqligidan qatʼiy nazar, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan beriladigan zarur hujjatlarni kechiktirmasdan olish imkoniga ega va bu Prezidentimizning yuqoridagi muhim Farmoni bilan kafolatlangan.

S.XOLBOYeVA, tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.

R.YOʻLDOShEVA, tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026