25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:40
Jamiyat 👁 265

HOJI EShON BOBO JOMʼE MASJIDI QURILIShI JADAL SURʼATDA DAVOM ETMOQDA

HOJI EShON BOBO JOMʼE MASJIDI QURILIShI JADAL SURʼATDA DAVOM ETMOQDA

Mamlakatimizda fuqarolarning oʻz diniy eʼtiqodlarini emin-erkin ifoda etishlari, ibodatlarini mukammal takomiliga yetkazishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar  nafaqat  diniy  bagʻrikenglikning, balki  oʻzaro mehr-oqibat, saxovatpeshalikning ham yaqqol koʻrinishi sifatida namoyon boʻlmoqda. Buni soʻnggi yillarda mamlakatimizning turli hududlarida yangidan barpo etilayotgan sharqona uslubdagi muhtasham masjidlar, qayta taʼmirlanib, koʻrkam qiyofa kasb etayotgan muqaddas  qadamjolar, obod manzilga aylantirilgan ulugʻ muhaddislar maqbaralari misolida  kuzatish mumkin.

Amudaryo tumanida ham  xalqimizning oʻz islomiy eʼtiqodlarini diniy ahkomlarga mutanosib sharoitlarda namoyon etishlarini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli Yusuf Eshon bobo, Yoqub Eshon bobo, Bobo Rustam  kabi jomʼe masjidlari saxovatpesha yurtdoshlarimiz, qolaversa, tumanimiz masʼullarining begʻaraz yordamlari bilan sharqona uslubda qayta taʼmirlanib, mazkur  masjidlarning jamoatlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Shunisi quvonchliki, joriy yilning 24-iyul sanasida tumanimizning musulmonlar jamoati uchun yana bir ezgu ishga qoʻl urildi. Amudaryo ustiga qurilayotgan yangi temir yoʻl va avtomobil yoʻllari qoʻshma koʻprigi  yaqinida Hoji Eshon bobo jomʼe masjidining zamon va islomiy talablarga javob beradigan yangi binosi qurilishiga ilk tamal toshi  qoʻyildi.

Ushbu qurilishining boshlanishi nafaqat Qipchoq shaharchasi va shaharcha atrofidagi ovul va mahallalar aholisi, balki butun tumanimiz xalqiga cheksiz  quvonch bagʻishladi.

Amudaryo tuman hokimligi, saxovatpesha homiylarning qoʻllab-quvvatlovi bilan boshlangan mazkur masjid qurilishiga 3,5 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Yangidan bunyod etilayotgan masjidning tarhi namozxonlar uchun barcha qulayliklar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Unga koʻra, asosiy ibodat ayvonidan tashqari, xonaqoh, ziyoratchilar dam olishi uchun xizmat qiluvchi xonalar, oshxona, tahoratxona, masjid hovlisida yashil hududlarni barpo etish rejalashtirilgan.

Masjid qurilishi uchun ramziy qoziq qoqish marosimi oʻtkazilganiga atigi bir hafta boʻlsa-da ayni paytda yangi masjid binosining qurilishi jadal surʼatlarda davom ettirilmoqda. 50 nafarga yaqin asosiy quruvchi-ustalardan tashqari, koʻngilli hasharchilarning saʼy-harakatlari bilan bugungi kunda bu hudud oʻzaro mehr-oqibatli, saxovatli, fidoyi insonlarni bir maqsad yoʻlida birlashtirgan katta bunyodkorlik maydoniga aylangan.

Quruvchi-ustalarning va hasharchilarning shahdlari baland. Kun sayin, hatto soat sayin safi oshib borayotgan koʻngilli hasharchilar va saxovatpesha insonlar koʻmagi  bilan masjid qurilishini 2021-yilning kech kuzigacha yakunlashni niyat qilgan quruvchilarga hudud aholisi tomonidan xayr-ehson dasturxonlari yozilmoqda.

Xalqimizda ezgu ish – elni birlashtirar, degan zamonlar sinovidan oʻtgan ibora bor. Haqiqatan ham islom olamining yetuk namoyondalaridan biri boʻlgan Hoji Eshon bobo yashab oʻtgan va ruhi  mangu qoʻnim topgan bu muqaddas  maskanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tumanimizda ziyorat turizmini rivojlantirish, shu bilan birga ajdodlar xotirasiga hurmat va eʼtiborning amaliy ifodasidir.

Shu oʻrinda sahovatpesha yurtdoshlarimizni maschid qurilishi uchun xayriya qilishga chaqiramiz:

Uzcard:

8600 0423 5608 8657

Xabibullayev Gʻofirjon Kenjaboy oʻgli

Viza: 
4187 8000 0052 4777

Sberbank orqali Agrobankga.

Habibullayev Rajabboy Kenjaboy oʻgʻli

Bank orqali:
h/p: 20212000400417104002

MFO: 00619

STIR: 202614462

Mangʻit.sh. Agro bank.

Admin: @rojabboy

Murojaat uchun tel.:

+99894 454 55 86.

+99833 354 55 86.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026