21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 16:13
Jamiyat 👁 283

TANDIRI, ÖÇOĞI, DASTURXONI BIR BÖLGAN XONADON

TANDIRI, ÖÇOĞI, DASTURXONI  BIR BÖLGAN XONADON

Hayot gözal, şu bilan birga uning söqmoqlari past-u baland, sirli-sinoatli. Inson hayot gözalliklaridan bahra olib yaşaş, past-u baland söqmoqlarida adaşmaslik uçun uning sirli-sinoatli, sinovli damlariga sabr-toqat qilib, bu sinovlardan mardona ötsagina közlangan manziliga yetadi. Şuning uçun ham ota-bobolarimiz bekorga: “hayot – matonat maydoni, oila esa maşaqqatli turmuşning faroğat maskani”, – deyişmagan.

Agar taʼbir joiz bölsa, Bözyop ovulida istiqomat qiluvçi Yangiljon eje bilan Alloh rahmat qilsin Tirkeş oğa Çovdirovlar birgalikda qurgan oila qörğoni bugungiday obodon, huzur-halovat va faroğat maskaniga aylanguniga qadar er-u xotin turmuşning  qançalab maşaqqatli dovonlaridan oşdilar, sabr suvini içib, turmuşning zalvorli yukini yelkalab yaşadilar.

Asli kasbi veterinar-vraç bölgan Tirkeş oğaning ham, Yangiljon ejening ham  yoşlik davri sovetning kolxozida  işlaş bilan ötdi. Sobiq sovet kolxozining sut-tovar fermasida veterinar-vraç, keyinçalik sut-tovar fermasi mudiri vazifalarida işlagan Tirkeş oğa el uyğonmasdan fermaga otlanar, unga, albatta, ayoli Yangiljon hamroh bölardi. To tong otgunça 10-15, baʼzan 20  talab sigirni soğib, kundalik sut soğiş böyiça belgilangan rejani oşirib ado etgan Yangiljon po-yu piyoda uyiga qaytar, biri eşikda, biri beşikda bölgan bolalariga, qaynona-qaynotasiga nonuşta tayyorlardi.

Sobiq ittifoq davridagi kolxoz işçisining na dam oliş kunlari, na bayramlari bölgan emas. Tong otmay fermaga  yumuşga ketgan sut soğuvçi bir amallab nonuştasini qilib, bolalaridan, rözğoridan xabar olgaç, kuni böyi molxonada tozalaş, tartibga keltiriş, ozuqa jamğariş kabi işlar bilan band bölar, to keçki soğin tugab, kunlik sut soğiş rejasi bajarilmagunça fermada qolib ketardi.

Ana şunday maşaqqatli mehnat bilan keçgan turmuş söqmoqlarida toblangan Tirkeş oğa bilan Yangiljon eje bugungi faroğatli oila maskanini bunyod etgunlariga qadar tinib-tinçişmadi.

Turkman millatiga mansub bu xonadonning bobomeros anʼanalari asosida voyaga yetgan tört öğil va ikki qiz, 20 nafardan ortiq nevara-yu çevaralar bilan bugun Tirkeş oğa nafasi qolgan oila yanada fayzli.

Turkman va özbek xalqlarining urf-odat va anʼanalari biri-birini töldirib, uyğunlaşib ketgan bu katta xonadon aʼzolarining barçasi hamon bir dasturxon atrofida jam bölişib, bitta öçoq va bir tandirga olov yoqişarkan. Şundoq ovulning guzar yöli böyiga imorat tiklagan öğillar-u kelinlar har kuni nonuştada, tuşlik va keçki ovqatda Yangiljon eje atrofida parvona. Kelinlarni aytmaysizmi, Dildorxon kelin çevar tikuvçi, Sevaraxon boğbon, Jamilaxon 10-sonli maktabda amaliyotçi-psixolog, Ulbölsin pazanda uy bekasi. Xuddi tuğişgan opa-singillarday biri-biriga evrilib turişlarini körsangiz, törttala  kelinning ham tadbirli, xuşmuomala va xuşçehra qaynona – Yangiljon ejedan rang olganlarini anglaş qiyin emas.

Biz ijodiy guruhimiz bilan bu xonadonda bölgan kunimiz iyd-Qurbon munosabati bilan Yangiljon ejening kelinlari, ovsinlari, nevaralari jam bölişib, turkman millati anʼanalariga köra böğirsoq va çalpak saylini taşkillaştirişayotgan ekanlar. Böğirsoq va çalpak pişirişdan oldin, hayit xamirlari oşgungaça ejejonning kelin va nevaralari turkmança raqslar ijro etişib, bir-birlarini hayit bilan tabriklaşdi. Bizning  iltimosimizga köra, turkmança kelin salomlar, aydimlar aytib berişdi. Oiladagi yangi kelin turkman millatining azaliy anʼanalariga köra, yangi tuşgan kelinçakning onasi: “yangi uyda bir ildizday çirmaşib ket”, maʼnosida qizlarining boşiga soladigan katta “pöta” – turkmani römolni taʼriflab berdi. Öta nafis, jilvali naqşlar solingan uşbu turkmani “pöta”ni qiz uzatadigan ona bir neça oylar davomida töqir ekan. Haqiqiy jun ipdan töqilgan bejirim paypoqlar, quroqli dasturxon, hafsala bilan töqilgan gilam sumkaça, milliy liboslar – barça-barçasida ayol zotining öz qavmiga, umr yöldoşiga çeksiz mehr-muhabbati mujassam ediki, bu katta xonadondagi özaro mehr-oqibat, halollik va fidoyilik öziga xos oila tutumlariga dilimizda hurmat va havas uyğotdi.

Nazarimizda Allohning irodasi bilan hayotdan ertaroq ketgan Tirkeş oğa özi hayotlik çoğidayoq öğil-qizlari qalbida mehnatkaşlik, özaro mehr-oqibat, samimiyat hissini uyğotgan va ana şu odamiylik tuyğulari bois, hamon tört öğilning farzandlari har kuni, har soatda Yangiljon eje atrofida jam-ul jam.

Boğbon kelin boğ yumuşlarini ovsinlari bilan bajarişga örganib qolgani kabi aka-ukalar doimo biri-biriga yelkadoş. Boğning bir burçagida şoli oqlaydigan va buğdoy yançadigan tegirmonlar faoliyatini yölga qöygan aka-ukalar uçun katta xonadonning çorvasi-yu parrandasi, boğ-roği-yu ekin-tikinlari parvarişida umuman muammo yöq.

Veterinariya sohasi böyiça yetuk mutaxassis Azimjon Çovdirovning xizmatidan eldoşlari mamnun, muhimi, Yangiljon ejening biri-biridan aqlli va tadbirkor öğillari, ularga yaqin kömakdoş törtta kelin va yigirma nafardan ziyod nevaralarining epliligidan bu xonadon hamişa fayzga töla. Ayniqsa,  kelinlarning aql-farosatidan könglimiz tölganini yaşirmaymiz. Rosti, turkman oilasiga kelin böliş oson emas. Yangi kelin to qaynona-qaynotasi ruxsat bermagunlariça nimaiki gapi, istak-xohişi bölsa, oilaning kiçkintoylari orqali kattalarga yetkazişi, köplab turkman  oilalarida yangi kelin bir-ikki farzandli bölgunga qadar “tilmoç”lar orqali muomalaga kirişişi, nazarimizda, oila qurgan yoşlarning tilini tiyib yurişlari, xonadon tutumlarini sabr-toqat bilan ado etişlari uçun sinov va imtihon ediki, Yangiljon ejening kelinlari aynan ana şu imtihondan muvaffaqiyatli ötganlari uçun ham qaynonaning sandiğida qulf-kalit yöq, törtta öğilning xonadoni va tomorqasi obod, boğ-roği yaşnagan, çorva-yu parrandaning sanoğida ham, sifatida ham baraka bor.

Bu xonadondagi oğzibirçilikni doimo boşqalarga örnak qilib körsatadigan Bözyop OFY raisining oila va xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari Gulzodaxon Kobeyeva hududdagi baʼzi oilalarda arzimagan masalalarda talaşib-tortişadigan kelinlar, baʼzi kuyovlar uçun har qaysisining imorati alohida bölsa-da, köngillari tuğişganlik mehriga limmo-lim Yangiljon ejening xonadonini doimo ibrat qilib körsatişini mamnuniyat bilan eʼtirof etdi. Biz esa beixtiyor:

– Yangiljon eje, har kimga sizning yölingizni bersin, ilohim! – dedik çin dildan

Tört öğil tört joyda makon tiklagan,

Orzu-umidlari bisyor ba-rining,

Biri bobo, birlari momo bölgan,

Farzandlar beqiyos rangi MEHRning.

 

Bir tandir, öçoqda yonadi olov,

Bitta dasturxonda nasiba-lari.

Kelinlar yuzida ibo bor – lov-lov

Har biri xonadon habiba-lari.

 

Omon bölsinlar-yey, qöl-lar duoda,

Ajib tutumlardan obod xonadon.

Bundan uluğ baxt yöq, asli dunyoda,

Barça Sizday bölsin, Yan-gil ejejon!

Robiya YÖLDOŞEVA,

suratlar muallifi M.ŞOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026