KADASTR SOHASIDA KORRUPTsION HOLATLARNING OLDINI OLIŞ MASALALARI BÖYIÇA YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasi Davlat Soliq qömitasi huzuridagi Kadastr Agentligi direktorining şu yil 14-iyul kuni ZOOM orqali ötkazilgan selektor yiğilişida sohada korruptsiya rivojlanişining oldini oliş, unga qarşi kuraşiş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilanib, topşiriqlar berilgan edi. Şunga köra Kadastr Agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi tomonidan hududlarda uçraşuvlar taşkil etilib, korruptsiyaning salbiy oqibatlari, bu boradagi qonunlar, davlat hujjatlari xususida keng tuşunçalar berilmoqda.
31-iyul kuni Kadastr agentligi Amudaryo tuman bölimida mazkur masala yuzasidan yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda Kadastr Agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi masʼullari Ozod Eşçonov, Mahmud Uzoqboyev, Rasul Zivaddinovlar iştirok etib, Prezidentning 2019-yildagi “Özbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni va unga köra tasdiqlangan “2019-2020-yillarda korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi Davlat dasturi” va qonunçilikda kiritilayotgan özgarişlarning mazmun-mohiyati xususida söz yuritildi.
Yiğilişda taʼkidlanganidek, huquq ustuvorligiga putur yetkazadigan, inson huquqlarini buzilişiga olib keladigan va jamiyat ravnaqiga tösqinlik qiladigan illat bu – korruptsiya hisoblanadi. Uşbu illatga qarşi kuraşiş maqsadidagi Prezidentning mazkur Farmoniga muvofiq 2019-2020-yillarda korruptsiyaga qarşi kuraşiş davlat dasturi tasdiqlangan bölib, uning asosiy vazifasi korruptsiyaga doir huquqbuzarliklarga zamin yaratayotgan sabablar va şart-şaroitlarga qarşi keskin çoralar körgan holda kuraşişdan iborat. Undan taşqari, Prezidentimizning 2020-yil 29-iyundagi “Özbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoniga muvofiq Özbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarşi kuraşiş Agentligi taşkil etildi va Agentlikning korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça vazifa va vakolatlari belgilab berildi.
Xususan, masʼullar korruptsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qiliş va aholining keng qatlamlarini xabardor qiliş, huquqiy ongini oşiriş, ommaviy axborot vositalari orqali taşviqot işlarini amalga oşiriş lozimligini taʼkidlaşdi. Şular bilan birga, jamiyatimizda fuqarolarning huquq va manfaatini közlab norma ijodkorligida köplab özgarişlar bölayotganini alohida eʼtirof etişdi. Şuningdek, yer ajratiş tizimida korruptsiyaga qarşi kuraşiş va bu boradagi qonunçilik asoslari böyiça tizimda olib borilayotgan işlar hamda sohadagi özgarişlar va yutuqlar, korruptsiyaga qarşi kuraş bugungi kunning dolzarb masalasi va soliq borasida amalga oşirilayotgan işlar borasida soha mutaxassislari tomonidan maʼlumotlar berildi.
Yiğilişda korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasida davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlar böyiça xodimlar örtasida tuşuntirişlar va tarğibot tadbirlarini muntazam ravişda taşkil etiş, sohada korruptsion holatlarning oldini oliş, oçiqlik va şaffoflik printsiplarini taʼminlaşda kamçiliklarga yöl qöymaslik kerakligi taʼkidlandi. Şu bilan birga, korruptsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini tubdan oşiriş böyiça belgilangan vazifalar, sohada korruptsiya holatlarining sabab va şart-şaroitlarini aniqlaş, ularni bartaraf etişning taʼsirçan tizimini yaratiş bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligi alohida eʼtirof etildi.
Şundan söng, yiğiliş oçiq muloqot şaklida, yaʼni savol-javob tarzida davom ettirildi. Yiğiliş iştirokçilarining savollariga masʼullar tomonidan batafsil javoblar berildi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶