Sportçi qizlarga sport kiyimlari topşirildi
Bugungi kunda tumanimiz yoşlari orasida jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanuvçilar soni tobora ortib bormoqda. Sportning deyarli barça turlari rivojlanib, sportçilarimiz köplab musobaqalarda yuqori natijalarni qölga kiritib kelmoqdalar. Nafaqat öğil bolalar, balki qizlarimizning ham sport va uning turlariga bölgan qiziqişlari yuqori. Sportning futbol turi böyiça Amudaryo tumani qizlar termajamoasi bugungi kunda Özbekistondagi eng ilğor jamoalardan biri hisoblanib, bellaşuvlarda sovrinli örinlarni egallab kelişmoqda. Bularning barçasi tumanimizda sportni yanada rivojlantiriş borasida olib borilayotgan tizimli işlar samarasi, albatta.
Joriy yilning 5-iyul sanasida tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova hamda Xalq deputatlari tuman kengaşi deputati, “Tamara Tekstil" masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Tamara Yusupovalar futbolçi qizlarimiz bilan uçraşdilar. Xolimbeg ovulidagi sport maydonçasida taşkil etilgan uçraşuvda masʼullar sportçi qizlarning erişayotgan yutuqlari bilan samimiy tabriklab, ularni qiynayotgan muammolar bilan tanişdilar.
Uçraşuv mobaynida “Tamara Tekstil" masʼuliyati çeklangan jamiyatida işlab çiqarilgan sport kiyimlari 20 nafar sportçi qizlarimizga Toşkent şahrida ötkaziladigan musobaqada kiyişlari uçun sovğa sifatida topşirildi.
Şu örinda aytiş kerakki, 16 yoş qizlar örtasida tumanimiz qizlar futbol terma jamoasi şu kunga qadar qator musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritib kelişmoqda.
Xususan, futbol böyiça 16 yoş qizlar orasida ötkazilayotgan Özbekiston çempionati musobaqasida respublikaning "Aral samali" guruhi tarkibida tumanimizning sportçi qizlari Qoraqalpoğiston Respublikasi va tumanimiz şaʼnini himoya qilişmoqda. Sportçi qizlarimiz iştirokida “Aral samali” jamoasi “Navoiy” jamoasini 7:0 hisobida mağlub qilgan. Şuningdek, “Aral samali” jamoasi Xorazm jamoasi bilan bölgan baxslarda 16:0 hisobida ğolib bölgan. Qolaversa, sportçi qizlarimiz “Aral samali” jamoasining Buxoro jamoasini 7:2 hisobida mağlub qilişida ham katta hissa qöşgan.

Tumanimiz faxriga aylangan sportçi qizlarimiz bilan suhbat mobaynida tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova bugungi kunda mamlaklatimizda yoşlarimizning har tomonlama barkamol avlod bölib yetişişlari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, jismoniy tarbiya va sportni yoşlar orasida ommalaştiriş, sportga qiziquvçi va sport şuğullanuvçilari sonini oşiriş, soğlom turmuş tarzini yaratiş borasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar xususida söz yuritdi.
Şuningdek, suhbat çoğida masʼullar futbolçi qizlarning qiziqişlari, kelgusida orzu-maqsadlari, rejalari bilan örtoqlaşdilar, samimiy muloqot yakunida sportçi qizlarning oldindagi musobaqalarida katta omad hamda muvaffaqiyat tiladilar.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶