22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:42
Fan va taʼlim 👁 440

Feruza Oʻrozmatova “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik-tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etadi

Feruza Oʻrozmatova “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik-tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etadi

Oʻz kasbining mohir ustasi boʻlishi uchun inson eng avvalo kasbiga mehr qoʻya olishi, sir-u sinoatlarini izchillik bilan oʻrganib maʼlum maʼnoda tajriba va uslub jihatidan ustuvorlikka erishishi joiz. Bunday natijaga jrishish uchun esa kasb egasidan oʻzi faoliyat yuritayotgan soha boʻyicha yuksak bilim va mahorat talab etiladi.

Bolaligidan kichkintoylarga mehri baland boʻlgan Feruza Oʻrozmatova tarbiyachilik kasbini tanlaganida koʻpchilik yaqinlari bolalarning injiqliklariga bardosh beraolarmikan, deya xavotirganishgan edi. Boz ustiga Feruzaxon 42-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi sifatida ilk ish faoliyatini boshlagan yillarda nafaqat tumanimizdagi, balki butun mamlakatimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotilarida sharoitlar unchalik qoniqarli emas edi. Hatto bolajonlarning emin-erkin oʻynab, miriqib dam olishlari uchun ham sharoitlar koʻngildagidek emasdi.

Soʻnggi 4-5-yildirki, Prezidentimizning alohida eʼtiborlari tufayli maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, sohani zamon talablari darajasida qayta isloh qilish boʻyicha Prezident Farmonlari, hukumat Qarorlari qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Buni 42-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatida ham yaqqol koʻrish mumkin.

Ayni kunda mazkur tashkilotda 4 ta guruhda 90 nafar bolajonlar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Nafaqat tarbiyalanuvchilar, balki tarbiyachi va enagalar uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda oʻz bilimi va tajribasini muntazam oshirib borayotgan yosh, iqtidorli tarbiyachi Feruza Oʻrazmatova esa maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan turli koʻrik-tanlovlarning doimiy ishtirokchisigina emas, gʻolibi hamdir.

Bir necha yildan beri tumanda anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Yil tarbiyachisi” koʻrik-tanlovida Feruzaxonga teng keladigani yoʻq. U joriy yilda ham mazkur koʻrik-tanlovning tuman bosqichi gʻolibligini qoʻlga kiritib, joriy yilning 1-, 2-, 3-avgust kunlari boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Asosiy beshta shart boʻyicha oʻz bilim va iqtidorlarini, kasbiy mahoratlarini amalda namoyon etgan ishtirokchilar orasida yana Feruzaxonga omad kulib boqdi. 14 ta tumandan  90 nafar yosh tarbiyachilar  ishtirok  etgan mazkur koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida Feruza Oʻrozmatova “Eng chevar qoʻllar ustasi” yoʻnalishi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni egalladi va “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik-tanlovning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Albatta, Feruzaxon uchun bu muvaffaqiyat osonlikcha kelmadi. U oʻz sohasi boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni chuqur oʻzlashtirdi, ustozlari tajribasini puxta oʻrgandi. Ayniqsa, bolalar psixologiyasi boʻyicha mustaqil izlanishlar olib bordi va barcha oʻrganganlarini amaliyotga tatbiq etdi.

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolib va sovrindorlariga tanlov tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliqlar, esdalik  sovgʻalari topshirildi. Feruza esa koʻrik-tanlovning mamlakat bosqichida ham tumanimiz, ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharafini munosib himoya qilib, tanlovning mutlaq gʻolibi boʻlish maqsadida qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda.

Biz ham Feruzaxon Oʻrozmatovaning galdagi bellashuvlarda ham gʻoliblik tojini kiyishiga tilakdoshmiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026