21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 18:06
Maqolalar 👁 457

SÖNGGI DALLOL

SÖNGGI  DALLOL

(«Xitoyqişloq hangomalari» turkumidan)

– Bozorlar ham özgarib ketdi, – dedi Yangiboy aka keçki ovqatdan keyin kampiri bilan çoy ustida gaplaşib ötirar ekan.

– Hamma narsa özgarganda bozor özgarmay qoladimi?! Hay, nimasi özgaribdi? – Söradi kampiri ham qiziqib, bir tomoni suhbatni davom ettiriş uçun, – bozordan gap oçib qoldingiz, tört-beş bozor bölgandir bormaganingizga, soğinib qoldingizmi? Ertaga bozor, boraqoling, örningiz böş turgandir (örningizga eşak boylab qöygandir deb kesatmoqçi edi-yu, erining ğazabidan hayiqdi).

– Bay-bay, bir oğiz gap örniga ming gapirasan-a! Özgargani şuki, oldinlari mol bozorda bir, oşib borsa ikki olib sotar bölardi. Hozir olib sotar bölmagan odamni topiş qiyin. Hatto er-xotin bir-biri bilan savdolaşib turadi, odamlarni aldab.

– E, dehqon bozori ham şunaqa. Ekin ekkan dehqon beçora bozorning darvozasidan ham kirolmaydi, oldiga çiqib narsasiga yopişib olişadi.  Bir sömdan olib, uç sömdan sotişadi. Ekkan-tikkandan ikki baravar köp foyda körişadi. Yana birontasi sal arzonroq sotaman desa, urişib, janjallaşganiga ölaymi? Narxni buzma, emiş.

– E, narx-u navoni bilişarmidi bular?! Bozorni egallab olişgan. Dehqon beçora içkariga kirganda ham narsasini qöyişga joy topolmaydi. Bularga topşirib ketişga majbur, – dedi Yangiboy aka sovib qolgan çoyni simirib.

– Xaridorlar ham qiziq: dehqondan olmay, öşa olib-sotarlardan qimmatiga oladi-ya! Kör xaridoringni bersin, deganlari şumikan yo?

– Ular savdoning yölini, tilini bilişadi. Çiroyli qilib qöyişadi. Xaridor çaqirişni bilişadi. “Özim falon sömdan olganman, şu bahodan olaqoling, keling-keling”, deb xaridor çaqirişni qoyillatişadi.

– Ey-y, bir yoği şularniki ham töğri, ertadan keçgaça bozorda ötiradigan bölsa, dehqonning işini kim qilardi, – dedi kampiri Yangiboy akaning gapini maʼqullaşga harakat qilib.

– Avval birovdan olib sotayotganini yaşirsalar, hozir maqtanadigan bölişganmi şunda?

– Özingiz ham dallollik qilib, mol olib-sotardingiz-ku, endi bozorni yomonlab qoldingiz, yo ertaga bormoqçimisiz?

– Ha, bormoqçiman. Mirzaga soğin sigir kerak ekan. Iltimos qilgandi, bir sigir olib bering, deb. 

– Mirzaning özi ololmaydimi? Kelini bilan borsin, saylab, soğib körib olsin, – dedi kampiri çolini ayab, – bozordan asabingiz buzilib kelib, endi bormayman degandingiz, çarça-ab yurasizmi?! Sizning bozorga bormaganingizga qança böldi, savdodan çiqişib ham ketgandirsiz...

– Darrov yölimni kesma. Mirzaning özi mol oladigan bölganda menga aytib yurarmidi. Otasi beçora ham sodda odam edi. Mol sotsa, olsa, menga yalinib yurardi, – dedi dösti xotirasiga yuziga fotiha tortib, – çumçuq otmaganning bolasi çumçuq otadimi?!

Yangiboy aka çoyni içib bölib, şu suhbatni yana esladi va xayolidan ötkazdi:

“Men bitta-yarimta mol olib sotgan bölmasam, dallollik qildim. Dallollik qilganda, sotuvçi bilan oluvçini kelişimga olib kelardik. Özimiz sotib olib, bahoni qimmat qöyib sotişga uyalardik. Sotadigan bölsak, kamida bir-ikki hafta boqib, keyin bozorga olib çiqardik.

Dallollikning qoidasi şu edi: juda qotib turgan sotuvçini “bor, baraka kör!” – deb yumşatardik. “Molni sotsang, bir oyoğini böş qöy, kulib-öynab ber, olgan xayr körsin, şunda sen puldan xayr körasan”, – derdik. Ota-bobomizdan kelayotgan “sotuvçi tomondan bölma, oluvçi tomondan böl”, degan gap ham bor. 

Oluvçiga ham: “Olganniki yerda qoladi. Pul böldi – kul böldi. Mol sotgan odam sening pulingni keragiga işlatib sarf qilib yuboradi. Mol esa unib-ösadi, ikki yil öt-çöp berib tursang, bir moling ikki, ikki moling tört böladi”, – deb vaʼz öqirdik. Ikki tomonni ham rozi qilib, şirinkoma uç-tört sömga qanoat qilardik. Aybini aytib sotardik.

Hozirgilarda bu gap yöq. Şuning uçun bozorga bormay qöyganman dallolçilikni yiğiştirganman.

Ayniqsa, yoş-yoş yigitlar, hatto juvonlar surbet bölib ketişgan. Birovning savdosini buziş gunoh, katta ayb sanalardi. Hozirgilar sen savdo qilib tursang, mol egasini çetga çaqirib, quloğiga şivirlab, narx oşirib turadi. Narxdan çiqiş katta gunoh hisoblanardi. “Eldan çiqsang ham narxdan çiqma”, – degan gap bor. 

Hay, mayli, dunyoning qiyşiğini töğrilaş bizga qolibdimi? Özimiz töğri bölib yuraveraylik”, – deb uzoq öy surib, uyquga yotdi.

Ertasiga bomdod namozini öqib, Mirzani kutdi. Kelavermagaç, şu tomondan bozorga ötib ketaveraman deb, Mirzaning uyi tomon yöl oldi. Eşik oldini supurib yurgan kelin Yangiboy akaga salom berdi.

– Mirza turdimi, yo haliyam uxlab yotibdimi, birga bozorga boramiz degandi? – söradi Yangiboy aka.

– Erta bilan Murod molçi kelib olib ketgandi-ku, –dedi kelin.

Yangiboy aka xafa bölib uyiga qaytdi. Har kim şunday qilsa ham, Mirza qilmasligi kerak edi şu işni. Vaʼdalaşib, yana boşqa bilan kelişib ketgani nimasi? Bir oğiz aytsa ham boşqa gap edi. Hozirgilarning bari şunaqa bölgan ekan-da... Ikrom molçi deganning özi tunov kuni bozorga çiqqan aferist. Kasal mol, yangi ölgan mol bölsa ham olib, kolbasaçilarga sotib boyiyotgan haromxör! Mirza uçun u mendan afzal bölganimi?! Şular ham dallol bölibdimi?!

Dallolning ham risolasi bor: temirçining, duradgorning, qassoblikning risolasi bölganidek. Bular risolani bilarmidi? Bularning risolasi birovga pand berib bölsa-da, pulini olmoqlik. E-e, deb yanib qöydi va şkafdan pul solingan sumkasini olib bozorga jönadi. Bozorga kelayotgan mollarni yöldayoq savdolaşib, zir yugurib yurgan Ikrom molçi va unga öxşaganlarni körib, bir jahli çiqdi, bir ökindi...

Molbozor darvozasi oldida Mirza bilan uçraşib qoldi. Salomini jahl bilan çala oldi, uzatilgan qöliga qaramadi ham.

– Yangaka, Ikrom juda erta kelganiga sizni turdimi, yöqmi deb kelavergandim, öpkalayvermang, – deb qolaverdi Mirza.

Bozordagi mol olib-sotuvçilar, dallollar Yangiboy akani juda yaxşi tanişardi. Savdoning zörini u qilişini ham tan olişardi. Sotuvçini ham, oluvçini ham kuydirmaydi deb eʼtirof qilişardi.

Quyoş ufqdan kötarilgunça bozor molga töldi. Soğin sigirlar ham köp edi. Qizilçoli qişloğilik usta Sobir bir sigirni yetaklab, öğli buzoğini kötarib kirib kela boşladi. Izida ikki-uç olib-sotar hovliqib kelardi.

Yangiboy aka usta Sobir bilan salomlaşdi va sigirning arqonidan uşladi:

– Qani, yölingiz bölsin, bozoringizni bersin! Neça söm dedingiz?

– Höv, Yangaka, salomalaykum, bizlar söraşib kelayotgandik, – qiçqirdi Ikrom molçi savdoni buzmang, deganday.

– Şundaymi? Sen bozorning taşqarisida savdo qildingmi? Endi içkariga kirma! Taşqarida savdolaşaver! Senlar buzib bölgansizlar, bozorni ham, savdoni ham!

Ikrom molçi yana bir narsa demoqçi bölib oğiz juftlayotgan edi, Yangiboy aka kesdi:

– Bir beçora molimni sotaman, deb bozorga kelayotgan bölsa bozorga kiritmay, yölda savdolaşasanmi?! Tur, yöqol! Maydonda savdolaş, he!..

Ikrom molçi Yangiboy akaning avzoyi buzilganini kördi va endi gap aytsa, izi çatoq bölişini bilib jönadi.

– Hökizça bilan ğunajinning farqini keça bilding-ku özing?! – Yangaka uning orqasidan ödağaylab qoldi. Bu yilgi çumçuq bulturgi çumçuqqa “çiq-çiq” örgatar emiş, he koringning. – Atrofdagilar Ikrom molçini boplaganiga  qoyil qolişdi.

Usta Sobir bilan savdolaşganini kuzatib turganlar Yangiboy akani yana maʼqulladilar:

– Ana, şunday savdolaşsinda, bozorga kirmasdan biri arqoniga, biri dumiga yopişib yuradi-ya, bu battollar! Juda köpayib ketdi şundaylar, – deb har tarafdan koyişlar eşitildi. 

Tuğilganiga hafta bölgan buzoqça ham juda çiroyli edi. Qizilçoliliklarning moli yaxşi, soğlom böladi. Ular daryoga yaqin joyda yaşaganlari uçun kiçik köllar, qayirlarga mollarini boqadilar, u yerlarda qamiş serob.

– Qayerga ketayapsan sumrayib?! – Yangaka bularning izidan kelgan Mirzani çaqirib oldi, – qani olgan soğin sigiring?

– Olmadim, közga bosiladigani uçramadi, – dedi Mirza xomuş tirjayib.

– Mana bu bosiladimi közingga?

– Ha, şuni olib ber, deb kelayotgandim Ikromga. Buni siz olib qöydingiz, endi menga ham bir sigir olib bering, – dedi yalingannamo.

– Ikkinçi marta bunaqa iflos qiliq qilma, senga jahl qilib bozorga keldim. Ançadan beri kelmagandim, bundan keyin ham kelmayman. Dallol ham dallollik ham qolmabdi. Ifloslik, aldovçilik qolibdi xolos, – dedi qizişib, afsus bilan boş çayqab Yangiboy aka. – Buning pulini sana. Ma pul, – deb sumkasini Mirzaga uzatdi. – Şu molni yoqtirsang, özingning pulingdan töla. Boşqasini olaman desang, ixtiyoring, meni pulimdan sanab ber.

Biror narsa deyişdan tortinib turgan Mirza birdan quvonib ketdi.

– Yaşang, rahmat Yangaka, şuni söray olmay turgandim özi. Aytdim-ku sizga, Ikrom tong qoronğusida kelgani uçun sizga indayolmay ketavergandim. Bilmadim, kimdan eşitgan, men unga mol olaman, deb aytmagandim, Yangaka, keçiring endi, – dedi va usta Sobirga özining pulidan sanab bera boşladi. Yangiboy aka sigirni yetaklab, Mirza buzoqni kötarib uyiga borgaç, kelin sigirning manglayiga un surtdi va quvonib minnatdorçilik bildirdi:

– Aytdim-ov, nega Yangiboy akamizga aytmaydi, yaxşi mol olib berar edi deb. Özimça Ikrom bilan ketganingizga hayron bölib turgandim-a. Topişibsizlar, yaxşi bölibdi!

– Ay-y, “Urğoçi qözi suzonğiç çiqdi”, deganlariday, bu Mirza öğlim yuvoşgina, mömin-qobilgina deb yursam, menga pand bermoqçi-ya! – dedi yolğondakam ödağaylab Yangiboy aka.

Kelin ham, Mirza ham Yangakaning öxşatişidan, beğaraz ginasidan kulib yuborişdi. Bu uning keçirganidan, yaraşganidan belgi edi-da!

– Töxta! – dedi Yangaka sigirni qöra tomon yetaklamoqçi bölib turgan kelinga. Hali bu sigir qari emasmi, köplar bozorga şampun bilan yuvib, yaltiratib olib keladi. Uç kun ötmay pajmurda bölib qoladi, qaramabmiz, yana qari sigir bölib qolmasin?!

– Uni qanday bilamiz? – ikkalasi baravar taşvişli bir hayronlik bilan Yangakasiga qaradilar.

– Tişini kör, tişini, buzoqni qöy, özi ergaşib boraveradi.

– Molning tişini qanday körişni bilmay ovora bölayotgan Mirzani çetga surib, Yangaka sigirning arqonini tumşuğiga solib, jağini oçdi.

– Voy-böy, bir tişi qolmabdi-ku! Yoşi men bilan tengmi deyman-ov buning, – dedi.

Mirza ham, xotini ham sigirning tumşuğiga tikilib, hayron bölib qolişdi.

Yangiboy aka xoxolab kulib yubordi:

– Voy bilağonlar-ey! Qişloqda yaşab, mol boqib, molning pastki jağida tişi bölmasligini bilmaysizlar! Köpçilik bilmaydiyov buni! Hazillaşdim. Pastki jağining oldidagina böladi tişi. Buningiz olti tiş ekan. Tört yaşar böpti, ikkinçi tuğişi ekan, şoxiga qara, ikki böğin tuşgan.

Yangakaning avvalgi gaplaridan qörqib ketgan Mirza ham, xotini ham yengil tortib qöyişdi va barvariga:

– Suti, moyi qanday bölar ekan? – deb söraşdi.

– “Erta yotda, erta tur, bir pişkakni ziyod urişda çiqar moylari!” – degan avvalgilar. Qani, ziyofatni tayyorla, – degança Yangaka ariqdan qöl yuvişga çoğlandi.

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026