21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:20
Adabiyot 👁 267

Keldi chin nurli davron

Keldi chin nurli davron

(Qasida)
“Ishonchim bor, Vatan, bir kun,
kelar chin nurli davroning”
Erkin Vohidov.

Togʻlar  tomon solingan soʻqmoqlarda izim bor,
Daryolarga qoʻshilgan irmoqlarda  sozim bor.
Sozimning jarangidan taralgan hur soʻzim bor:
Soʻzim budir, Ona Yurt, jonimga ekdim seni,
Bolajonim, desang bas, Onajon – Vatan, meni!

Chaqirtoshlar tovonim tilganda “voh”, demadim,
Kezib choʻl, biyoboning quvroq giyoh koʻrmadim.
Tuz boʻhron toʻrt tomonim, “bu ne hol, oh”, demadim,
Shunchalar latif, xoksor, mehribon koʻrdim seni,
Ogʻirimni yelkalab, asrading Vatan, meni!

Purviqor togʻlaringday yuksalganda yuraklar,
Nasib etdi beklarday, oʻz yerimda yurmaklar,
Har shahr-u chorbogʻingda davr-u davron surmaklar...
Bu dunyo ayvonida mardona koʻrdim seni –
Oppoq, oydin yoʻllarga shaylading Vatan, meni!

Qayon boqsam oʻzgarish – ezgu ishlar pallasi,
Har onda yangilanish – yangi “yoʻl xaritasi”.
Xaritada yoʻq yanglish – ayon xalqning ertasi,
Tildan tushmas shukrona! Koʻrdim ulugʻ imkonni –
Taraqqiy etayotgan Yangi Oʻzbekistonni!

Koʻz yetgan joy guluzor, obodon mahallalar,
Tinmagay shom-u sahar kuy, qoʻshiq va yallalar.
Toʻrtta fasl betakror sepin yoygan pallalar,
Poylaringga toʻkilib, otam, deb suydim seni,
Shul mehrdan qoʻymasin Yaratgan egam meni!

Yer-u osmon saylgoh, xushxonlar sayrondadur,
Yulduzlar tunga panoh, oy tongga salomdadir.
Rizqqa toʻla dala, bogʻ, har koʻngil oromdadir,
Haq, hidoyat yoʻlida sobit koʻrdim elimni –
Oʻzingdan uzmagayman aslo Vatan, dilimni!

Oʻttiz yillik dovondan oshgan mard-i maydonim,
Mustahkam ildizlardan quvvat olgan arkonim.
Taraqqiyot mavjidan orolangan davronim,
Koʻzlarimga toʻtiyo, tabarruk etgum seni –
Mehrigiyoh bagʻringdan qoʻymasin Vatan, meni!

Toʻrtta faslga monand naqshlangan koshonam,
Yelkalarin yagʻrida bars qishlagan afsonam.
Bedov otlar maydonda, chars, kishnagan ostonam,
Oriyati, gʻururi hech sinmagan qudratim –
Koʻkragimni tik tutgan, bukilmagan qurbatim!

Vatan! Keldi davroning, bagʻringda erkin qushman,
Istiqlol – charogʻboning, kim uchundir men tushman.
Chamanzor toʻrt tomoning – chamaningdan unmishman,
Gul-u gulzor ichinda sarviqad koʻrdim seni –
Sarv-u gullaring aro mohiroʻy etding meni!

Mamnunman, tonglarimda, har kunimda halovat,
Doʻst-yoron yonlarimda, tilda shukr – qiroat.
Fayziyob davralarda bir mehrli harorat –
Xalq-u Vatan bir jon-tan, kelib chin nurli davron –
Bugun ulugʻ toʻyxona jonajon Oʻzbekiston!

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026