21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:16
Adabiyot 👁 352

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Istiqlol tengdoshlariga

Oʻttiz yil – bu hali navqiron davr,

Har murod najoti – gʻayrat va sabr,

Topib jahon ichra martaba, qadr,

Yutuq, marralardan abadiy faxr,

YaNGI Oʻzbekiston bunyod etib shod -

Farovon Vatanda yashang, yosh avlod!

 

Korruptsiya, pora – eng xavfli xatar,

Qonun hamma uchun bir xil – barobar,

Shuur va sadoqat aylab safarbar,

Xalqqa xizmat qilsin Davlat, amaldor!

Boʻlsin “Mustaqillik-huquqdir!” shior,

Uchinchi Renessans SIZGA daxldor!

 

Beshta tashabbusda mujassam hayot,

Vasiylik, mehrdan yetimlar ham shod,

Izzatda ilm ahli, ham ahli ijod.

Mahallalar obod, qishloqlar obod,

Yashaymiz bagʻringda ozod, farovon,

YaNGI Oʻzbekiston, jon Oʻzbekiston!

 

Yurtboshini tutar yaqin yosh-qari,

Shamolga sovrulmas aytgan gaplari,

Bitar kambagʻallik, gʻarib saflari,

“Temir daftar” emas – najot daftari!

Vatanda barchaning taqdiri tutash,

Hammamiz baxtiyor boʻlamiz, yurtdosh!

 

Dunyo – toʻfonlarda qalqigan kema,

Tinchlik,omonlikka kelmas hech nima,

Oʻttiz yil – bu hali bir muqaddima,

Choʻli, sahrosi ham koni – xazina,

Barchamizniki bu Vatan, bu Quyosh,

Yurtni yashnatuvchi – Oʻzingsan, Yurtdosh!

Tursunboy Abdullayev.

 

Biz fidoyi farzandlar

Shunday kuchli davlat quramiz,

Sarhadingda sobit turamiz.

Oʻzbekiston, onajon Vatan,

Biz fidoyi farzand boʻlamiz.

 

Dunyo ichra topgan dunyoyim,

Vatanimni asra, Xudoyim.

Charchamayman aslo yumushdan,

Xizmatga shay turaman doim.

 

Kezganimda chamanzor aro,

Yurakkinam quvonchga toʻlar.

Ketgim kelmas gullarni tashlab,

Bu goʻzallik menga kuch berar.

 

Tilagim shu, hech qaysi inson,

Vatanidan ayro boʻlmasin.

Baxt istagan baxtga yetgaydir,

Koʻzlar aslo yoshga toʻlmasin.

 

Shunday kuchli davlat quramiz,

Biz fidoyi farzand boʻlamiz.

Tomirlarda ajdodlar qoni,

Biz munosib dilband boʻlamiz.

Dildora RAJABOVA.

 

Gullar

Yozning chillasida rang-barang gullar,

Oʻziga rom etar ifori bilan.

Husniga mahliyo boʻlgancha dillar,

Chamanlar bagʻriga oshiqar har dam.

 

Poyida maysalar egilib turar,

Bulbullar kuy bitar gullar madhiga.

Barglarini silab tonggi sabolar,

Ajib jarang berar gullar bazmiga.

Yorqinoy KENJABOYeVA,

11-sonli maktab oʻquvchisi.

 

ONAMGA

Kulgichlar oʻrnida ajin chizigʻi,

Darddanmas, onajon, baxtdan naʼshida.

Oyday yuzingizda dona xol yangligʻ,

Sizga yarashmoq-chun umrim baxshida.

Bilaman: gʻururman dadam uchun men,

Singlimga andoza – ibrat koʻziman.

Ukam koʻksidagi orning qalqoni,

Onajon, Siz uchun yorugʻ yuzdirman!

Umida Yerdosheva,

Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari

Universiteti talabasi.

 

Hur oʻzbekiston

(Mustaqillikning 30 yilligiga bagʻishlayman)

Ota-ona, Vatan – bir butun,

Bular mening hayot chirogʻim.

Burchimiz Vatanni asramoq bu kun,

Tinchlik-ahillikni unutmang bir zum.

 

Zavq olaman men, samodan, nurdan,

Ona tabiatdan, quyosh va yerdan.

Yurtim, deb yugurgan barcha yaxshidan,

Xalqini kuylagan shoir, baxshidan.

 

Odamlar,  oqlaylik Vatan ishonchin,

Barq urib yashnasin hur Oʻzbekiston.

Shunda koʻrajakmiz xalqim quvonchin,

Rozi boʻlsa odamlar hayot, baxtidan.

 

Nafratim, oʻzaro hurmatsizlikdan,

Tabiatga xiyonat shafqatsizlikdan.

Qarshiman har doim yovuz urushga,

Bunga loqayd qarab turishga.

 

Chorasizman men, bevaqt oʻlimga,

Hayotda notinch oʻtgan kunimga.

Nafratim, vijdonsiz haromxoʻrlarga,

Hech qachon yeb toʻymas poraxoʻrlarga.

 

Zavq olaman men mustaqillikdan,

Ozodlik-obodlik, tinchlik-shodlikdan.

Bu Vatan hamisha gullab-yashnasin,

Avlodimiz olgʻa qadam tashlasin!

Erkin ISMOILOV,

Xizr eli MFY.

 

Mustaqil Vatan

Qafasdan uchib chiqqan kabutar kabi,

Ozodlikka erishgan jonajon Vatan.

Parvoz qil, misoli Humo qush kabi,

Boshingni quchgaydir bepoyon osmon.

 

Bagʻringda yashaydi necha millatlar,

Shoir oʻgʻlonlaring bitadi doston.

Dostonlar jaranggi turfa tillarda,

Madhing dunyolarga yetgaydir Vatan!

 

Husningga yarashgan cheksiz dalalar,

Xalqing saodatli, doʻst va qadrdon,

Poylaringni oʻpib oqqan daryolar,

Hayot bulogʻingdir Vatan, jonajon!

 

Siyosating ulugʻ – inson mukarram,

Mukarram azaliy qadriyatlar ham.

Har zarra tuprogʻing koʻzlarga ziyo,

Yurakka malhamdir onajon - Vatan.

Tursunoy OʻROZBOYeVA.

 

Qutlugʻ ayyom

Soʻzlarim qoʻshiqqa ulanar bu kun,

Ichimga sigʻmaydi hayajonlarim,

Qoʻshiqqa aylanar dildagi soʻzim,

Vatanim, muborak mustaqilliging.

 

Hiyobon, koʻchalar bezandi bu kun,

Xuddi kelinchakdek koʻzimga yaqin,

Qizlar qoʻshigʻida borsan, Vatanim,

Men seni kuylayman, Oʻzbekistonim.

 

Qayerga qaramay, obod koʻchalar,

Binolar savlatin turibdi toʻkib.

Ravon bu yoʻllarda manzillar yaqin,

Men seni sevaman, jonim Vatanim.

 

Bu qanday diyorki - toʻrt fasl takror,

Qaytib kelaverar yoz, kuz, qish, bahor...

Qutlugʻ ayyomingda mangu senga yor,

Sodiq Zuhra qizing bitadi ashʼor!

Zuhra AHMEDOVA.

 

Yurt mehri ulugʻ

Men onamni Vatanimga qiyosladim,

Millatlarni quchogʻida ardoqlagan.

Hatto bedor askarlarga qiyosladim,

Sarhadlarni orom bilmay qoʻriqlagan.

 

Asli barcha ayol zoti onam kabi,

Uyi toʻla bolasiga mehribondir.

Yashnab ketar toʻkis baxtga yetgan kabi,

Har doimo Vatanim, deb nigorondir.

 

Shuning uchun onam, deymiz hur Vatanni,

Mehri ulugʻ onalarning mehridayin.

Ikkisiga fido aylab jon-u tanni,

Erkalanib ulgʻayamiz goʻdakdayin.

Munira Karimova,

42-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Mustaqillik toʻyi

Oʻttiz yoshga yetibdi yoshing,

Osmonoʻpar boʻying muborak.

Doim porloq boʻlsin quyoshing,

Mustaqillik toʻying muborak.

 

Jannatdayin goʻzal makonim,

Rizq berguvchi tanho xirmonim.

Oʻziga bek Oʻzbekistonim,

Mustaqillik toʻying muborak.

 

Qayda bordir sendayin Vatan,

Lola oʻsgan qirlaring chaman.

Bayrogʻingni oʻpib quchaman,

Mustaqillik toʻying muborak.

 

Shuhratimsan, sharaf-shonimsan,

Tomirimda qaynoq qonimsan.

Koʻksimdagi olov jonimsan,

Mustaqillik toʻying muborak.

 

Duolari darmon onamning,

Demak, baxti butun bolamning.

Tinglang doʻstlar, quvonchlarimni,

Mustaqillik toʻying muborak.

 

Dunyo qutlar, qutlugʻ boʻlsin baxt,

Oftob kabi yorugʻ boʻlsin baxt.

Yildan-yilga ulugʻ boʻlsin baxt,

Mustaqillik toʻying muborak.

 

Kaftim ochiq, duoda har on,

Qolmagaydir sen ila armon.

Vatandoshim eng yaxshi inson,

Mustaqillik toʻying muborak.

 

Nola qildim bugun Egamga,

Baxt bergin, deb jumla olamga.

Yurtni sevgan aka-ukamga,

Mustaqillik toʻying muborak.

 

Sherkamol, sen yozgin dostonlar,

Quvonchlarni quchsin osmonlar.

Qadrdonlar, aziz insonlar,

Mustaqillik toʻying muborak.

Sherkamol,

Ellikqalʼa tumani.

 

 Ovulim

Tugʻildim Nazarxonda,

Amudaryo boʻyida.

Ulgʻayib shu makonda,

Boʻldim suyukli farzand.

 

Oʻynab-oʻsgan ovulim –

Chilpiq, Qoʻshtepalarim.

Qoratov suyanchimdir,

Nazarxon – ulugʻ yerim.

 

Ovulning toʻrt tomoni,

Barcha ellardan goʻzal.

Tilni yorar qovuni,

Lazzatli, shirin asal.

Aziza BERDIBOYeVA,

3-sonli maktab oʻquvchisi.

 

TOʻYING MUBORAK

Oʻttiz yoshing qutlugʻ kelsin elimga,

Bu kunlardan shukronadir tilimda.

Ezgu qoʻshiq boʻlib kirding dilimga,

Farzandlaring chanqoq, toʻymas bilimga

Jonajonim Oʻzbekiston –

Onajonim Oʻzbekiston!

Har tomonga boqib, quvnaydi koʻzim,

Taʼriflashga hatto yetmaydi soʻzim.

Yutuqlaring koʻpdir, yorugʻdir yuzing,

Har yilgidan barokatli, bu yilgi kuzing

Jonajonim Oʻzbekiston –

Onajonim Oʻzbekiston!

Yurtim, qutlugʻ boʻlsin oʻttiz yosh toʻying,

Oʻzing kabi pokdir niyating, oʻying.

Kelajaging porloq, ezgudir yoʻling,

Madhing aytib charchamas Nodira qizing

Jonajonim Oʻzbekiston –

Onajonim Oʻzbekiston!

Nodira YaNGIBOYeVA.

 

Qishlogʻim

Bagʻringda tugʻildim-u

Jamolingni koʻrdim men.

Sof havo ham zilol suv

Iforini tuydim men.

 

Pildirab yurgan kunim,

Bagʻringga oyoq qoʻydim.

“Ona”, boʻldi ilk soʻzim,

Seni onamday suydim.

 

Yiqilsam, yumshoqqina

Tuprogʻing-la siylading.

Men – bolang ushoqqina,

Dilga mehring joyladim.

Malina Mingturgʻanova, 19-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Bagʻrikenglik

Mening yurtim bagʻrikeng,

Kelib koʻring doʻstlarim.

Shunday ulugʻ Vatanga,

Sodiq doim yoshlari.

 

Bungadir eng zoʻr misol,

Mehribonlik, ezgulik.

Insonlarning koʻnglida,

Doim boʻlgay yaxshilik.

 

Koʻz tegmasin yurtimga,

Bagʻri keng insonlarga.

Duo qilgay qari-yosh,

Ezgulik boʻlgay yoʻldosh.

 

Shunday totuv yurtimga,

Yarashadi toʻy, bayram.

Quvonchga toʻlib olam,

Xalqim boʻlsin shod-xurram.

Ruhshona Saidmambetova,

61-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Vatan bayrogʻi

Hilpiraydi Bayrogʻim,

Oʻzbekiston koʻksida.

Hur va obod har yogʻim,

Bayroq – ERKka qasida.

 

Koʻk rang – osuda osmon,

Oq – koʻngillar rangidir.

Qizil – tomirdagi qon –

Gul hayot jarangidir.

 

Yashil – ona tabiat,

Yulduzlar – viloyatlar.

Dilda uygʻotib hayrat,

Jamlangan qadriyatlar.

 

Buyuklikdan buyukroq,

Hilpirayvergin Bayroq!

 

Shaxsanem Qasimova,

3-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Biz oʻgʻil-qizlar

Ona yurt ishonchin

Oqlaymiz bizlar.

Oʻqib-oʻrganib,

Shoʻx oʻgʻil-qizlar.

 

Ota-onalar

Ishonchin oqlab.

Yayrar koʻngillar

Kunday charaqlab.

 

Biz oʻgʻil-qizlar,

Yurtga sodiqmiz.

Porloq yulduzlar,

Baxtga toʻliqmiz.

 

Vatan, deb yashash,

Bizning burchimiz.

Shod qadam tashlash,

Tengsiz kuchimiz!

Mohinur Odilboyeva, 19-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026