25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:14
Jamiyat 👁 270

NIYaTLARI ULUGʻ NAZARXONLIKLAR

NIYaTLARI ULUGʻ NAZARXONLIKLAR

Nazarxon – Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi aholisi totuv va mehnatkash, qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik sohasi jadal rivojlanayotgan obod va farovon goʻshalardan biri. Yer maydoni, biolxilma-xilligi jihatidan tumandagi boshqa hududlardan keskin farq qiladigan ovul aholisi asosan dehqonchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik va  tadbirkorlik bilan shugʻullanishadi.

Bugungi kunda ovul hududidagi Nazarxon, Jalpaq jap, Koʻkdaryo, Qirq oʻzak, Moyli koʻl, Bekboy aholi punktlaridagi 795 ta xonadon tarkibidagi 1071 ta oilada 4375 nafar aholi istiqomat qiladi. Oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman va koreys millatiga mansub aholi vakillarining yarmidan koʻpi, yaʼni 2405 nafarini yoshlar tashkil qiladi. Hududda 3 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta 200-oʻrinli MTT mavjud boʻlib, umumtaʼlim maktablarida ovul ahlining salkam 1000 nafarga yaqin farzandlari taʼlim-tarbiya olishadi. Ovuldagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi hududdagina emas, tumanimizdagi namunali  taʼlim-tarbiya maskanlaridan biri sanaladi. Salkam 700 nafar oʻquvchi taʼlim oladigan mazkur oʻquv dargohida 78 nafar malakali pedagoglar oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashdek sharafli vazifani sidqidildan ado etib kelishmoqda. Maktabning sinfxonalari, kutubxona va fanlar boʻyicha laboratoriyalari, maktab hovlisi taʼmirlanib, Bilimlar kuni bayramiga taxt qilib qoʻyilgan.

Maktab kutubxonasi mudirasi Tozaxon Qidirniyozova rahbarligida oʻquvchilarning yozgi taʼtil vaqtida mazmunli dam olishlari samarali tashkil etilgani oʻzining ijobiy natijasini berdi. Yozgi taʼtil paytida karantin qoidalariga amal qilgan holda kutubxonada oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar natijasi oʻlaroq maktab oʻquvchilaridan ikki nafari – Muhabbat Oʻrinbosarova hamda Navbahor Alimboyevalarning sheʼrlar toʻplamlari “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi nashriyotida kitob holida nashr etish uchun deyarli tayyor qilib qoʻyildi. Bundan tashqari, maktabning bir guruh ijodkor-yoshlarining  sheʼr va hikoyalar toʻplami ham nashrga tayyorlanmoqda.

Hududdagi 10-sonli MTTda boʻlganimizda tumanimizdagi boshqa maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan farqli bir jihatga eʼtiborimizni qaratdik. Soʻlim bogʻ ichida  joylashgan muassasa atrofidagi orastalik, saranjom-sarishtalik, muassasa xodimlarining oʻz ishlarini hech qanday koʻrsatmalarsiz amalga oshirishlaridan angladikki, 47 nafar xodim mehnat  qiladigan jamoada oʻziga xos tartib-intizom oʻrnatilgan. 4 ta  guruhda 240 nafar bola tarbiyalanayotgan muassasa rahbari Aqmaral Atabayevaning shaxsiy tashabbusi va qatʼiyatli ish rejasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli muassasada barcha qulayliklar mavjud.

Ovulda yoshlar tadbirkorligiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli ayni paytda “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” roʻyxatlariga kiritilganlar orasida mazkur daftarlar roʻyxatidan chiqayotgan, oʻzini-oʻzi ish bilan band qilish tamoyili asosida  tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyayotgan fuqarolar talaygina. Ulardan biri S.Atajanova 29 mln. soʻmlik imtiyozli kredit hisobiga oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyganlardan. S.Atajonovaga OFY binosidagi boʻsh turgan xonalardan biri ajratib berilgan. Kredit mablagʻi hisobiga zamonaviy tikuv mashinalari oʻrnatib, bichish-tikish ishlarini boshlagan Salimaxon bir yil ichida 3 nafar ayol-qizga chevarlik kasbi sir-asrorlarini oʻrgatdi. Ayni paytda ular oʻz chevarlik ustaxonalarini ochishib, alohida ish boshlashgan.

S.Atajanovaning chevarlik ustaxonasida ayni kunda 4 nafar ovul yoshlari bichish-tikish sirlarini oʻrganishmoqda. Har bir kelgan mijoziga erinmay yangi urf boʻlayotgan liboslar, ayniqsa, qoraqalpoq milliy naqshlari bilan bezatilgan qoraqalpoq ayollarining ust va bosh kiyimlari, bezak naqshlarining maʼno-mazmuni haqida tushunchalar beradigan Salimaxonning tikkan liboslaridan, muomalasidan mijozlari mamnun. Chevarning doimiy mijozlaridan Klara  Atamurodova  hamda Zaure Shomurodovalar Mustaqilligimizning 30 yillik bayramiga qoraqalpoq milliy liboslarini buyurtma qilishayotganini, bunday liboslarni Salimaxon mahorat bilan tayyorlab berishini mamnuniyat bilan taʼkidlashdi.

Ovulda oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida oilaviy tadbirkorligini yoʻlga qoʻyayotgan yoshlar talaygina. Ana shunday yoshlardan biri Yerejepbay Sipaddinov oʻz xonadoni yaqinidagi boʻsh turgan tashlandiq yerni obod maskanga aylantirish maqsadida moʻʼjazgina doʻkon binosini qurib, savdo-sotiq ishlarini yoʻlga qoʻydi. Bu tuman markazidan, Nukus shahridan anchagina olis masofada joylashgan nazarxonliklar uchun yaxshigina qulaylik boʻldi. 30-Nazarxon saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Guljahon Ibragimovaning maslahat va begʻaraz yordami bilan 30 mln. soʻm kredit mablagʻi olib, doʻkon qoshida ayollar uchun goʻzallik salonini tashkil etdi. Natijada umr yoʻldoshi Mehribon Jamolovaning ish bilan bandligini taʼminladi. Zamonaviy hammom qurib, ovuldoshlarining olqishiga sazovor boʻldi.

Yerejepbayning rejalari katta. U oʻzi obod qilgan tashlandiq yerda ayni paytda qator yangi qurilishlarni boshlab qoʻygan. Deyarli qurilishi bitib qolgan moʻʼjazgina binoda mobil telefonlarga toʻlov xizmatini amalga oshirish boʻyicha yana bir ish oʻrnini yaratishga jazm etgan. Bundan tashqari, ovulda toʻyxona yoʻqligi, toʻy-maʼrakalarni hamqishloqlari 40-50 chaqirim olis Nukus shahridagi toʻyxonalarda oʻtkazishayotgani agar ovul markazidan qulay yer maydoni ajratib berishsa, toʻyxona qurilishini boshlash niyatidaligini bildirdi.

Yerejepbay kabi ovuldoshlariga qulaylik yaratayotgan yoshlardan yana biri “Asilbek” oziq-ovqat doʻkoni rahbari Jasur Haytekovdir. Jasur Haytekov aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda ish yuritib, doʻkon peshtaxtalarini kundalik sara va sifatli mahsulotlar bilan toʻldirib qoʻyganidan xaridorlar mamnun.

“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan Gulbahor Davletyarova, Nilufar Oʻrozboyeva, Saltanat Qutlimurodovalar ham oʻzini-oʻzi band qilgan yoshlardan. S.Qutlimurodovaga esa tuman hokimligi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Ibragimovaning qoʻllab-quvvatlashi tufayli yaqinda zamonaviy tikuv mashinasini berishdi. Avvaldan bichish-tikish yoʻnalishi boʻyicha kasbga oʻqitilgan S.Qutlimurodova oʻz xonadonidan bir xona ajratib, buyurtmalar qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Hududdagi 762 ta xonadonning oʻz tomorqa xoʻjaligi, chorvasi va oʻzlariga yetarli parrandasi, bogʻ-rogʻi bor. Tomorqa yer egalari tasarrufidagi 195 gektar yerning har bir qarichi obod.

Qolaversa, ovulning jugʻrofiy jihatdan qulay hududda joylashgani, bir tomoni Amudaryo sohillari, Bekboy  toʻqayi, Qizilqum kengliklari bilan tutashib ketgani aholining chorvachilik bilan shugʻullanishlari uchun qulay imkoniyat hisoblanadi. Shu bois, ovul xonadonlarining deyarli barchasida yirik shoxli qoramollar, qoʻy-echki, hatto quyonlar parvarish qilinadi.

Hududning infratuzilma va kommunikatsiyalari holatini yaxshilash maqsadida soʻnggi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli 26 km. uzunlikdagi yoʻllar taʼmirlandi. 12 km. uzunlikdagi ichki yoʻllarni taʼmirlash rejalashtirilgan. Elektr  energiyasi taʼminoti yaxshilanib, 24 ta transformator holati talablar darajasiga  keltirildi. Ayni kunda 250 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi taʼminotiga ega. Aholining qolgan qismi esa yer kranlar va quduqlar orqali sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda.

Hudud aholisini qiynab kelayotgan muammolar ham yoʻq emas. Xususan, 78 ta xonadonda elektr energiyasi kuchlanishi pastligi uchun yangidan transformator oʻrnatish, ichki koʻchalarga shagʻal yotqizish, Moyli koʻl aholi punktiga yangidan 2 km. atrofidagi ichimlik suvi tarmogʻini tortish, tadbirkorga sunʼiy qoplamali sport maydonchasi, toʻyxona qurish uchun amaliy yordam koʻrsatish kabi masalalarni hududdan saylangan deputatlar bilan hamkorlikda hal etish boʻyicha yuqori tashkilotlarga muammolar yuzasidan takliflar kiritish – yigʻin masʼullari zimmasidagi masʼuliyatli vazifalar hisoblanadi.

Ovulda Mustaqilligimizning 30 yilligini munosib kutib olish maqsadida keng qamrovli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Fidoyi va mehnatkash nazarxonliklarning kayfiyatlari baland. Ijodkor, izlanuvchan va tadbirkor yoshlarning orzu-niyatlari esa yanada ulkan. Biz nazarxonliklar huzuridan qaytarkanmiz, ahil va totuv, oʻzaro mehr-oqibatli, mehmondoʻst ovul ahlining har bir ishiga baraka, ezgu niyatlariga omadlar tiladik.

Robiya YOʻLDOShEVA.

Suratlar muallifi M.ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026