22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:44
Fan va taʼlim 👁 188

FAN OYLIGI OʻTKAZILDI

FAN OYLIGI OʻTKAZILDI

Hozirgi kunlarda tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida fan oyligi doirasida turli tadbirlar oʻtkazilmoqda. Tumanimizdagi Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 49-sonli umumtaʼlim maktabida ham mazkur tadbir belgilangan dastur asosida qiziqarli oʻtkazildi.
Maktabda “boshlangʻich taʼlim” fan oyligi doirasida qilinayotgan ishlar, sport, bilimlar dunyosidagi erishilayotgan yutuqlar, musiqa madaniyatini rivojlantirishdagi oʻqituvchi-ustozlarning mashaqqatli mehnatlari tufayli oʻtgan bir oy ichidagi saʼy-harakatlar samarali natijalarga erishildi.
Tadbirda asosan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tadbir qatnashchilari boʻlgan maktab oʻquvchilari, oʻqituvchilar, ota-onalar va taklif qilingan mehmonlar oldida oʻzlarining bilim va iqtidorlarini namoyish etdilar.
Fan oyligi tadbirini maktab direktori Shukurboy Ayimbetov kirish soʻzi bilan ochib berdi. U oʻz soʻzida maktabda har bir oʻquvchining chuqur bilim olishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib  qoʻyilganligini aytib oʻtdi va yosh avlodning bilimli insonlar boʻlib yetishishida omadlar tiladi.
Tadbirda boshlangʻich sinf oʻquvchilari ijrosida qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi. Jumladan, 2-sinf oʻquvchilarining “Joʻjalarim”, 3-sinf oʻquvchilarining “Kuyladim”, 4-sinf oʻquvchilarining “Bogʻ” nomli, 5-sinf oʻquvchilari ijrosidagi zamonaviy raqslar barcha tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu ijrolar orqali maktab oʻquvchilarining chuqur bilim olish bilan birga musiqa, raqs sanʼatini ham puxta oʻzlashtirayotgani yaqqol namoyon boʻldi.
Boshlangʻich sinflar fan oyligini oʻtkazishdan maqsad maktabdagi iqtidorli, qobiliyatli va ijodkor oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, ulardagi ijodiy qobiliyatni oʻstirish, taʼlim-tarbiya jarayonidagi qoʻllanilayotgan metodlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirib borishdir.
“Boshlangʻich taʼlim” fan oyligida barcha umumtaʼlim fanlar boʻyicha tadbirlar  rejalashtirilgan boʻlib, bolalarni ushbu fanlarga qiziqtirish asosiy maqsad qilingan. Birinchi sinfga yaqindagina qadam qoʻygan oʻquvchilar burro-burro sheʼrlar, qoʻshiqlar aytib, raqslar ijro etib, oʻz ustozlari ishonchini qanchalik oqlayotganini koʻrsatishdi.
Shu maktabning birinchi sinf oʻquvchisi Gulasal Yoʻldosheva ikki yarim yoshidan buyon sportning  badiiy gimnastika turi bilan shugʻullanib keladi. U nafaqat tumanimizdagi, balki Nukus, Toshkent, Samarqand shaharlarida, Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan qator nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda. U ustozi Nigora Yoʻldoshevadan bilim sirlarini, murabbiy Mohira Berdiboyevadan esa gimnastika sirlarini puxta oʻrganib, oʻz mahoratini oshirib bormoqda. Ustozlari bu sportchi qizning nomdor sportchi, shu bilan birga bilimli, yetuk inson boʻlib voyaga yetishiga katta umid bildirmoqdalar.
Mazkur tadbirda boshlangʻich sinf oʻquvchilari barcha fanlardan yaxshi oʻzlashtirayotganliklarini, shu bilan bir qatorda musiqa, sport sirlarini ham puxta oʻrganib bu boradagi mahoratlarini ham oshirib borayotganliklarini yana bir bor namoyish etdilar.
Fan oyligini oʻtkazish va bu tadbirga oʻquvchilarni  tayyorlashda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Nigora Yoʻldosheva, maʼnaviyat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Rahmatulla Ortiqovlar jonbozlik koʻrsatdilar.

F.Avezov, maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026