ÖZBEK ELIGA EL BÖLGAN OILA
Tumanimizning Bosuv mahallasida istiqomat qiluvçi oilalarning qay birida bölmang, suhbat asnosida, albatta, mahalladoşlarining özaro ahil-inoqligidan, mehr-oqibatidan söz oçib:
– El-yurtdan ayirmasin, mahallamizda begona yöq, – deyişadi faxr bilan.
Biri-birini oğam, buvam, opam yoki ukam, singlim, deb çaqirişga odatlangan bosuvliklarning totuvligi va hamjihatliklari tufayli mahalla hududi kun sayin çiroy oçib, obod va farovon göşaga aylanib bormoqda. Aholisining asosiy qismini özbek oilalari taşkil qilsada, mahallada istiqomat qiluvçi qozoq, qoraqalpoq millatiga mansub oilalarning safi ham yil sayin oşib borayotganidan ayonki, bu sölim göşadagi totuvlik tarovati ibratga munosib. Mahalla keksalarining esa tildan qöymay, faxrlanib aytib yuradigan bir hikmatli iborasi bor: “Qirga çiqsang – qardoşing, qurga tuşsang – qurdoşing bölsin”, – deyişadi. Agar bu hikmatni mahalla keksalaridan biri, butun umrini taʼlim-tarbiya sohasiga bağişlagan, bosuvliklarning 3-4 avlodi vakillariga oq-qorani tanitgan 1-darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni sohibi Quvondiq oğa Tangriberganov hayotiga nisbat beradigan bölsak, faxriy ustozning nafaqat Bosuv mahallasida, balki tumanimiz, hatto mamlakatimizning turli hududlarida unga siltov bölişga tayyor qardoşi ham, qurdoşlari ham köpligidan dilimizda havas uyğonadi.
Quvondiq oğa esini tanibdiki, Bosuv ovulida, şu el odamlariga dildoş va eldoş, döst-u qadrdon, qardoş bölib yaşab keladi. Ötgan asrning 1948-yilida tavallud topgan Quvondiq oğaning otasini Eldan bova, deb siylaşardi eldoşlari. Umri maşaqqatli mehnatda ötgan Eldan bova öğlining öqimişli bölişini orzu qilardi. Garçi Ikkinçi jahon uruşidan keyingi oğir, yetar-yetmas yillar bölsa-da, öğlini zoriqtirmay voyaga yetkazgan fidoyi ota unga oq fotiha berib, azim Samarqand şahriga kuzatdi. Q.Tangriberganov 1966-71-yillarda Samarqand Davlat Universitetining kimyo-biologiya fakultetida tahsil oldi. Universitetni tugatib, oliy maʼlumotli kimyo-biologiya fani öqituvçisi sifatida Amu eliga qaytgan kuni hamon yodida: ovul keksalari uylariga yiğilib, oq fotihalar berişgandi öşanda:
– Şu ovul-elatga el bölgaysan, unib-ösib, özingdan tingaysan, özbekning jigarbandi, qozoqning bovuri, qoraqalpoqning çiroği bölgaysan, Allohu akbar!
Köpning duosi kökartiradi, deyişadi, qozoq oğalarning suhbatlarida bölsangiz. Bu – Quvondiq oğaning hayotida namoyon. Umrining 41-yilini maktab taʼlimini rivojlantiriş, yoş avlodni maʼnaviyatli, barkamol insonlar qilib tarbiyalaş işiga bağişlagan Quvondiq oğaning özi ham, oilasi ham bugun el-yurt hurmatiga, eʼtiboriga munosib. Asli qozoq millatiga mansub Q.Tangriberganov oilasiga quçoğini keng oçib kirib kelguvçi döst-u yoronlarining goh özbek, goh qozoq, qoraqalpoq lahjalarida gurunglaşganlarini körsangiz, könglingiz toşib ketadi.
Ular orasida keksa ustozning taʼlim-tarbiyasini olgan ota-bolalar, hatto ularning nevaralari ham bor.
– Odamni odamga, elni elga yaqinlaştiradigan – bu insonning xulqminazi, – deydi Quvondiq oğa. – Ota-bobolarimiz biri-biriga qardoş va qondoş-qarindoş, hatto qurdoş ötgan bu ovul ham, mahalladoşlarim ham men uçun jonday aziz qadrdonlarim.
Quvondiq oğaning umr yöldoşi Maryamjon momo Örozboyeva ham özi aytmoqçi, “nağiz qozoq qizi”. Uzoq yillar qişloq xöjalik korxonalarida hisobçi bölib işlagan onaxon Quvondiq oğa bilan havasga loyiq oila qurib, 4 öğil, 2 qizni tarbiyali, odobli qilib voyaga yetkazişdi. Katta öğli Gulmurod Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligida ombor mudiri, ikkinçi öğli Aymurod Qoraqalpoğiston Respublikasi Qon quyiş stantsiyasi boş şifokori, taniqli jarroh, Raşidjon Qozoğistonning Alma-ati pedagogika Universiteti talabasi, Hamidjon fermer xöjaligi işçisi. Qizlari Elmiraxon bilan Maqsudaxonlar esa Quvondiq oğaning izdoşlari, ikkalasi ham oliy maʼlumotli kimyo-biologiya fani öqituvçilari.
Töy-maʼrakalarda “ustoz, törga öting!” degan samimiy iltifotlardan köngli toğday yuksalguvçi Quvondiq oğa hamişa tinç va osuda, biri-biriga qardoş, oqibatli insonlar mehridan obod yurtda yaşayotganidan qalbi iftixorga töladi.
Farzandlari davrasida hovli-yu çorboğini qut-barakaga töla fayzli makonga aylantirib qöygan Quvondiq oğa uçun boğbonlik ham, dehqonçilik ham bobomeros qadriyat.
Tong bilan mahalla köçalarini birrov kuzatib, nonuşta paytigaça tomorqa yerida işlaşni xuş köradigan Quvondiq oğaning yerga mehri baland. Şundanmi, oğaning mehnatidan çamanday yaşnagan boğ-roğini, tartib bilan ekilgan ekin-tikinlari, çorvasi-yu parrandalarini körgan odam beixtiyor:
– Bu haqiqiy ziroatçilik fabrikasi-ku! – deya hayratlanişi tayin.
Rözğori bölak farzandlari ham, qizlari ham Quvondiq oğaning “ziroatçilik fabrikasi” mahsulotlaridan birday bahramand bölişadi. Rözğoring boşqa, özingni-özing epla, deyilmaydi, bu xonadonda. Balki oğaning barça farzandlari jam bölişib, tomorqa-yu boğ yumuşlarini birgalikda ado etişadi.
Qozoq xalqiga xos ajoyib bir udum bor: xonadonga kelgan mehmonga hurmat-izzat körsatiş, dasturxon atrofidagilarga çoy uzatiş, taom tortilgan tovoqni örtadan oliş marosimlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Tavozʼe bilan sutli qoraçoy quyib berayotgan kelin mehmonlarning ham, uy egalarining ham piyolalarini almaştirib yubormasligi, taom tortilgan tovoqni mehmonlar oldidan olişda uydan ajib taʼzim bilan orqasiga tisarilib çiqib ketişi, mehmonlar tomonidan kelinning “poyi”, yaʼni uluşi sifatida tovoqda qaytarilgan göşt bölagini alohida ehtirom körsatib qabul qilib olişi talab etiladi. Qolaversa, kelinmi, qizmi, oilaning barça aʼzosi mehmonlar ötirgan uyga har kirganida taʼzim bilan salom berişlarining özi qozoq oilalarida özaro hurmat, mehr-oqibat va odamgarçilik tamoyillarining ustuvorligidan dalolat.
Quvondiq oğa bilan Maryamjon momo esa ana şunday mehr-oqibatli oila qörğonida, biri-biridan öqimişli, elim, yurtim degan, qalblari özlari tuğilib ösgan zaminga – Vatanga tutaş farzandlari, nevara-yu çevaralari bilan tinç, osuda, baxtiyor yaşayotganlaridan mamnun. Mamnun bölmasinlarmi? Albatta mamnun böladilar-da! El-yurtga aralaşsa, ustoz, deb davraning töridan joy berib turişsa, biri özbek, biri qozoq, yana biri qoraqalpoq va turkman qardoşlari eşigidan quçoqlarini keng oçib: “Quvondiq qardoşim!” deb tez-tez yöqlab kelib turişsa, oğirini yengil, muşkulini oson qilguvçi, aqlli-huşli, bir uy töla bolajonlari “bovajon!” deb evrilib turganlarida oğaning baxtdan yuragi toşib ketadi.
– Ming-ming şukur, – deydi otaxon közlari quvnab. – Hamma narsam bor. Qölimni qayerga uzatsam, yetadi, bolalardan könglim töq. Nevaralarim ilmga intiluvçan, mehrli, mehnatkaş, inson uçun bundan ortiği bölmaydi.
Bundan ortiq bölmas baxt-u saodat,
Özimning qozoğim, deb tursa özbek.
Axir har qozoq ham özbekka albat,
Bovurim-ay, desa bir qoş-u közdek.
Qirdan birga oşar qirdoş va qardoş,
Bitta dasturxonda tuzi-namagi.
Qurlarda siltovdir, qadrdon qurdoş –
Har bitta qozoqning bor bir özbegi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶