“KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA XAYRIYa TADBIRLARI ÖTKAZILDI
Yurtimiz böylab, barça hududlarda “Keksalarni eʼzozlaş, ularga hurmat-ehtirom körsatiş – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan ğoya ostida “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar ötkazilmoqda. Jöşqinlik va yuqori kayfiyatda boşlangan haftalik davomida nuroniylar iştirokida uçraşuvlar, sport musobaqalari va turli tarğibot tadbirlari taşkil etilmoqda.
Amudaryo tumanida ham “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar boşlab yuborildi. Tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi hamda tegişli taşkilotlar hamkorligida ötkazilayotgan haftalik tadbirlarida elimiz keksalariga alohida eʼtibor va ehtirom körsatilmoqda.
5-oktyabr kuni navbatdagi uçraşuv tadbiri Böston mahallasi hududidagi 98-sonli saylov uçastkasida taşkil etildi. Tadbirda 8-son Böston saylov okrugi deputati, Xalq demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi Maqsud Saʼdullayev bir guruh keksa-nuroniylar bilan uçraşib, yaqinda bölib ötadigan Prezident saylovi, qonunçilikdagi özgarişlar xususida söz yuritdi. Mahalla nuroniylari tomonidan berilgan savollarga köra tuşuntirişlar berib, özaro fikr almaşişdi.
Undan taşqari, uşbu haftalikning “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi örni va ijtimoiy faolligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi” Hukumat qaroriga köra taşkil etilganini, har yili oktyabr oyining ilk haftasida keksalarni eʼzozlaş, ularga hurmat-ehtirom körsatişga qaratilgan tadbirlarni taşkil etiş anʼanaga aylanganini aytib ötdi. Haftalik doirasida mehnat jamoalarida pensiyaga çiqiş arafasida bölgan mehnat faxriylari taqdirlaş va nafaqaga kuzatiş tadbirlari ötkazilayotgani, şuningek, tadbirlar davomida keksa avlod vakillarining respublika böylab tarixiy şahar va ziyoratgohlarga sayohati uyuştirilişi, keksalarning muammolarini manzilli örganiş va bartaraf etişga ham alohida eʼtibor qaratiş közda tutilgani töğrisida maʼlumot berdi.
Şundan söng, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği örinbosari, “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi raisi Bahodir Boltaboyev, “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi raisi örinbosari Bekman Allaberganov hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi Maqsud Saʼdullayevlar Böston mahallasida yaşovçi nuroniy onaxonlar va otaxonlarning holidan xabar olişdi. Mahalla hududidagi yakka-yolğiz va özgalar parvarişi muhtoj bölgan Rahimboy ota Jumaniyozov hamda front orti mehnat faxriysi Tölğon momo Nurimbetovalar xonadonlariga taşrif buyurib, oziq-ovqat mahsulotlari hamda esdalik sovğalarini topşirişdi.
Xayrli tadbirlar boşqa mahallalarda ham davom ettirilib, keksalar holidan xabar olindi. Taşkilotçilar Gulzor mahallasiga taşrif buyurib, hududda yaşovçi nogironligi bölgan keksa Saʼdulla ota Mamutov xonadonida bölişdi va unga nogironlik aravaçasi berişdi.
Döstlik mahallasi hududida ham xonadonlarga borilib, yakka yolğiz yaşovçi va özgalar parvarişiga muhtoj qariyalar bilan suhbatlaşildi. Yakka özi yaşaydigan Rajab ota Rahimov, Jumaboy ota Xudoyorov, Kamol ota Yangaboyevlarga, şuningdek, Navoiy nomli mahalla hududidagi özgalar parvarişiga muhtoj bölgan Xudoybergan ota Norimovlarga moddiy kömak sifatida pul mablağlari topşirildi.
Şu kuni Boğ mahallasida “Yangi Özbekistonni barpo etişda nuroniylarning örni” mavzusida nuroniy va keksa avlod vakillari hamda yoşlar örtasida davra suhbati bölib ötdi. Suhbat davomida nuroniylar özlarining hayotiy tajribalari haqida gapirib, bugungi tinç va osoyişta zamonning qadriga yetiş, şu yurt ravnaqi uçun tinim bilmay mehnat qiliş lozimligini taʼkidlaşdi. Suhbat sönggida keksalar mamlakatimiz farovonligi va ravnaqi uçun duolar qildilar.
Kun oxirida “Keksalar haftaligi” doirasida bir guruh keksa avlod vakillari tuman markazidagi tarixiy Muzeyga sayohatga olib borildi va muzeydagi tarixiy yodgorliklar va eksponatlar bilan taniştirildi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶