Tumanimizda “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada ötkazildi
Butun mamlakatimiz böylab joriy yilning 4-10-oktyabr kunlari ötkazilgan “Keksalar haftaligi” doirasida qator tadbirlar taşkil etildi. Nuroniylarning holidan xabar olinib, ularni maʼnaviy va jismoniy qöllab-quvvatlaş, hurmat-ehtirom körsatiş va eʼzozlaş böyiça qator çora-tadbirlar amalga oşirildi. Uşbu haftalikni munosib ötkaziş va yuqori saviyada taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilib, karantin qoidalariga rioya qilgan holda amalga oşirilişini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
Amudaryo tumanida ham “Keksalar haftaligi” doirasida har bir mahallada nuroniylar, şu jumladan, yakka-yolğiz keksalarni jalb etgan holda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, turli tanlovlar va xayriya tadbirlari ötkazildi. Jumladan, 9-oktyabr kuni Uyşin mahallasi madaniyat uyida “Yangi Özbekistonni barpo etişda nuroniylarning örni” hamda “Diydor şirin” mavzularida davra suhbatlari hamda hududdagi otaxonlar va onaxonlar uçun “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” nomli bayram tadbiri taşkil etildi.

Tadbirida sözga çiqqan tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği örinbosari, “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi raisi Bahodir Boltabayev, rais örinbosari Bekman Allaberganovlar yoşi uluğ kişilarni uşbu haftalik munosabati ötkazilayotgan bayram bilan tabrikladilar hamda mazkur “Keksalar haftaligi”ning taşkil etilişi yurtimizda nuroniylar hamda keksalarni eʼzozlaşga, ularni ardoqlaşga qaratilgan çeksiz hurmat hamda eʼtiborning yorqin ifodasi ekanligini taʼkidladilar.
Bayram tadbirida xonandalar ijrosida kuylangan ajoyib kuy-qöşiqlar tadbirga yanada kötarinki ruh bağişladi. Tadbirda mahallada joylaşgan umumtaʼlim maktablari öquvçilari faol iştirok etib, 47-sonli maktab öquvçilari tomonidan namoyiş etilgan sahna körinişlari, öqilgan şeʼr va ğazallar mehmonlar könglida ajoyib taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida tuman hokimi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yuldaşev tomonidan nuroniy otaxon hamda onaxonlarga esdalik sovğalari ulaşildi. Yuqori kayfiyatda ötgan bayram tadbiri söngida nuroniylar tadbir taşkilotçilariga rahmat aytib duo qildilar.
Haftalik mobaynidagi şunday tadbirlardan biri 9-oktyabr kuni tumandagi Çoyköl ovulida ham bölib ötdi. Ovulda joylaşgan “Baxt” nomli töyxonada “Bir piyola çoy ustida şirin suhbatlar”, “Diydor şirin” mavzularida davra suhbatlari, “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” nomli bayram tadbiri taşkil etilib, bayram dasturxoni yozildi.
Tadbirda iştirok etayotgan mutasaddilar ovuldagi nuroniy otaxon va onaxonlarni haftalik doirasida taşkil etilayotgan bayram munosabati bilan tabrikladilar, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va tinçlik-osoyiştalik tiladilar. Çoyköl ovul fuqarolar yiğini raisi, faollari, hududdagi fermerlar hamda tadbirkorlar taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbirda 40 nafardan ortiq keksa avlod vakillari iştirok etdilar. Tadbirda 22-sonli maktab öquvçilari tomonidan qiziqarli sahna körinişlari namoyiş etilib, xonandalar ajoyib kuy-qöşiqlar ijro etdilar.
Tadbirdan söng tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova hududda istiqomat qiluvçi 104 yoşni qarşi olgan onaxon Xadiça momo Bekanova holidan xabar oldi hamda momoni bayram bilan tabrikladi.

Suhbat çoğida Xadiça momo özning şu yoşgaça bölgan umri davomidagi yaxşi-yomon kunlari, boşidan ötkazgan keçinmalari bilan bölişdi. Söngra masʼullarga minnatdorçilik bildirib, duolar qildi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶