XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BIR QATOR TADBIRLAR ÖTKAZILDI
Xalqaro qizlar kuniga 2011-yil, 11-oktyabrda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Assambleyasida asos solingan. Butun jahon böyiça qizlarning kamsitilişi, ularning ijtimoiy muammolariga eʼtibor qaratiş maqsadida har yili 11-oktyabrda keng nişonlanadi.
Qizlar hayotiga oid muammolarga asosan majburiy nikoh, ularning taʼlim oliş, işlaş huquqlarini çeklaş, tibbiy xizmatlardan foydalanişlariga tösqinlik qiliş, majburiy mehnat va zörlaş kiradi.
Dunyoda qizlarning taʼlim olişi uçun keng kölamli işlar olib borilayotganiga qaramasdan, ularning aksariyati fuqarolik uruşlari, kambağallik tufayli bunga qiyinçilik bilan erişmoqda. Bu kabi muammolar qöşni Afğoniston, şuningdek, Hindiston, Somali, Pokiston kabi davlatlarda uçraydi.
Ayni paytda dunyoda 15-19 yoş oraliğidagi har tört nafar qizdan biri işlaş, öqiş va kasbiy tayyorgarlik imkoniyatiga ega emas.
Mamlakatimizda ham har yili 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni keng nişonlanadi. “Qizlar haftaligi” doirasida joylarda turli tadbirlar ötkazilib, faol va taşabbuskor qizlar taqdirlanadi.
Bu sanani amudaryolik qizlar ham munosib kutib oldilar. Tumanning turli hududlarida, ovul va mahallalari hamda öquv muassasalarida köngiloçar tadbirlar, ijodiy-madaniy tarğibot tadbirlari ötkazildi.
Xususan, “Barkamol avlod” markazida iqtidorli qizlar iştirokida markaz öqituvçilari tomonidan mahorat darslari ötkazildi. Mahorat darslarida markaz direktori Xonimjon Rajabova iştirok etib, biçiş-tikiş va yumşoq öyinçoqlar yasaş böyiça iqtidorli qizlarning könikma va mahoratlarini sinovdan ötkazdi.

Şuningdek, markazda qizlar tomonidan qöl mehnati bilan yasalgan buyumlar körgazmasi taşkil etildi. Qizlarning noyob va innovatsion ixtirolari namoyiş qilinib, mahorat darslari orqali markaz öqituvçilarining bilim va tajribalari amalda körsatib berildi. Iqtidorli, ixtiroçi qizlar rağbatlantirildi.
Xalq taʼlimi bölişi tasarrufidagi 76-sonli umumtaʼlim maktabining bir guruh aʼloçi va intizomli öquvçi-qizlari esa “Taraqqiyot közgusi” gazetasi va Amudaryo televideniyesi birlaşgan tahririyatida bölişib, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist Robiya Yöldoşeva bilan dildan, samimiy suhbatlaşdilar.

Robiya Yöldoşeva ularga mamlakatimizda yaratilgan şart-şaroitlar, qizlarning taʼlim olişlari, öz iqtidorlarini namoyon etişda, sportda hamda jamiyatimizning boşqa yönalişlarida katta yutuqlarga erişayotgan qizlar haqida, şuningdek Özbekistonda gender tenglikni taʼminlaş davlat siyosatida ustuvor masalalardan biri ekanligi xususida gapirib berdi.
Öz navbatida qizlar özlari yozgan şeʼrlarini öqib berişdi, şuningdek, hayotda öz örinlarini topiş maqsadida hozirdan xarakat qilib, böş vaqtlarida qöşimça bilim olayotganliklari xususida tölqinlanib sözladilar. Oila tutumlari, qiz bolaning odob-axloqi xususida öz fikrlarini bildirdilar.
Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tuman hokimligining kiçik majlislar zalida Senatorlar, mahalliy Kengaş deputatlari va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan rahbar ayollar uçraşuvi ham bölib ötdi. Unda iştirokçilar tomonidan mamlakatimizda ayol-qizlarga körsatilayotgan yuksak eʼtibor va rağbat alohida eʼtirof etilib, qizlarning kasb-kor egallaşlari, oliy maʼlumot olişlari, öz biznes-rejalarini mustaqil ravişda amalga oşirişlari uçun davlatimiz tomonidan körsatilayotgan amaliy yordam, qabul qilinayotgan qonunlar, qonunosti hujjatlari xususida tölqinlanib söz yuritdilar.

Şu bilan birga ular özlari hayotda, siyosatda, oilada erişayotgan yutuqlari, tajriba va taşabbuslari yuzasidan özaro fikr almaşdilar. Ayniqsa, Özbekistonda gender tengligini taʼminlaş, şuningdek, har qanday zöravonlik holatlarining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlarni mamnuniyat bilan eʼtirof etdilar.
Şu kuni Manğit şahridagi 1-sonli va 30-sonli umumtaʼlim maktablarining bir guruh öquvçi-qizlari iştirokida eng köp iş örinlari yaratgan tadbirkor Tamara Yusupova rahbarligidagi “Tamara tekstil” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga sayohat taşkil etildi.

Sayohat davomida öquvçi-qizlar eng zamonaviy biçiş-tikiş va töqiş texnologiyalari bilan yaqindan tanişdilar. Şu bilan birga jamiyat rahbari Tamara Yusupova erişayotgan yutuqlar, tadbirkorning umummanfaatini közlab amalga oşirayotgan va rejalaştirayotgan yangi loyihalarini qiziqiş bilan kuzatdilar.
Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan bölib ötgan barça tadbirlar, iqtidorli qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning qiziqişlari hamda qobiliyatlarini amalda namoyon etişga bölgan intilişlarini rağbatlantirişga qaratilgani bilan iştirokçilarga zavq-şavq bağişladi.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶