25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 00:18
Jamiyat 👁 208

“Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatiga bagʻishlangan koʻrgazmali seminarlar tashkil etildi

“Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatiga bagʻishlangan koʻrgazmali seminarlar tashkil etildi

Mamlakatimizda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli oʻrganish, tahlil qilish va hal etish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim hujjat boʻlmoqda.

Mazkur qaror asosida Amudaryo tumanidagi 49 ta mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlarida Ayollar maslahat kengashlarini tashkil etish boʻyicha barcha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilib, har bir mahallada 9-15 nafar aʼzodan iborat tarkibda kengashlar tuzildi. Tumandagi umumtaʼlim maktablari binolari hamda fuqarolar yigʻinlarida Ayollar maslahat kengashlari uchun zarur xonalar ajratildi. Ajratilgan xonalar belgilangan talablar asosida jihozlanib, kengashlarning samarali faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan tasdiqlangan reja asosida Ayollar maslahat kengashlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Qilichboy, Xitoy ovullari va Gulzor mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻrgazmali seminarlar oʻtkazildi. Ushbu seminarlarga hududlardagi kengashlar azolari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.

Seminarlarda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova butun mamlakatimizda 24-oktyabr kuni oʻtkaziladigan muhim siyosiy jarayon - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida barcha xotin-qizlarni faol ishtirok etishga chorladi. U oʻz soʻzida ayollar uy bekasi, ona, opa-singil, turmush oʻrtogʻi boʻlish bilan birgalikda jamiyatda oʻz oʻrni va mavqeyiga ega shaxs hisoblanishi, shu boisda, yurt taraqqiyotining yangi bosqichida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan Prezident saylovida munosib ishtirok etib, Vatan ravnaqi, farzandlarimizning baxt-u kamoli hamda xalq faravon hayoti uchun munosib nomzodga ovoz berishlari, shuningdek, barcha oila aʼzolari, mahalladoshlarini ushbu siyosiy jarayonda oʻz konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishga chaqirishlari lozimligini taʼkidladi.

Seminarlarda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimboychiyeva Ayollar maslahat kengashlarining asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, kengashning faoliyatini yanada jonlantirish haqida soʻz yuritdi.

U oʻz soʻzida kengash tarkibiga fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, mahallada istiqomat qiladigan hamda katta hayotiy va amaliy tajribaga, aholi orasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan ayollar, ziyoli onaxonlar, tadbirkor ayollar, hududdagi taʼlim va tibbiyot muassasalarining ayol xodimlari jalb qilinganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.  Ushbu kengash faoliyati namunali yoʻlga qoʻyilsa, oilaviy ajrimlar, oiladagi notinchliklar hamda xotin-qizlar oʻrtasidagi turli salbiy holatlarning oldi olinishi qayd etildi.

Shuningdek, tuman ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, podpolkovnik Gauxar Utemuratova xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Seminarlarda Ayollar maslahat kengashlari aʼzolari ishtirokida sogʻlom oilaviy munosabatlar tizimini mustahkamlash, qaynona va kelin oʻrtasida samimiy, oʻzaro hurmatga asoslangan munosabatlarni qaror toptirish maqsadida “Qaynona-kelin maʼsuliyati” nomli davra suhbatlari oʻtkazish lorzimligi qayd etilib, shu orqali jamiyatda sogʻlom, axloqiy, psixologik munosabatlarga asoslangan qaynona-kelin munosabatlari tizimi qaror topgan namunali oilalar sonini oshirish rejasi belgilab olindi. Seminarlar savol-javoblar asosida juda qiziqarli yakuniga yetdi.

Gavxar Chimboychiyeva, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026