OQ AROQNING QORA QILMIŞI
Mastlik – ixtiyoriy telbalik, mast odam öz-özini boşqara olmaydi, qilayotgan xatti-harakatlariga aqli yetmaydi va oqibatini idrok eta olmaydi. Agar şunday bölmaganida tumanimizning çekka ovullaridan birida istiqomat qiluvçi Karim Abdullayev nuroniy yoşga yaqinlaşib qolgan vaqtida yoşlarga yöl-yöriq berib, haq yölga boşlaş örniga mahalladoşi bilan janjallaşib, jinoyatçi degan nom olib ötirarmidi?
Gap şundaki, Karim Abdullayev mahalladoşi bilan yölda uçraşib, suhbatlaşib turganida yana bir tanişi Javlon Umarov (ism, familiyalar özgartirildi) kayfi tarang holda kelib qoldi va mening ustimdan kulayapsizlar, deb Karim Abdullayevni söka boşlaydi.
Ha, Javlon Umarov mast – yaʼni ixtiyoriy telba bölsa, Karim Abdullayev huşyor edi, u bilan aytişib ötirmay yöliga ketdi. Biroq ertasiga unga ham içadigan bahona topilib qoldi.
Xullas, mast holatda uyiga qaytayotganida ittifoqo Javlon Umarovni uçratib qoldi. Va xayoliga uning keçagi qiliği keldi. “Nega meni sökdi, nima haqqi bor, kim bölibdi” öyladi içida va yoniga borib başarasiga muşt tuşirdi. Öziga salomlaşgani qölini uzatgan hamsoyasi kutilmaganda kelgan zarbdan yerga yiqildi.
Bu bilan Karim Abdullayev Javlon Umarovga örtaça oğir darajadagi tan jarohatini yetkazdi.
Uning bu qilmişi yaqinda jinoyat işlari böyiça tuman sudining sud majlisida atrofliça muhokama etildi va tegişli jazo tayinlandi.
Oq aroqning qora qilmişi bir yoşi katta insonga sudlanganlik tamğasi bilan “siyladi”. Şunday dorilomon kunlarning qadriga yetmay, spirtli içimlik içiş, odamlar orasida notinçlikni keltirib çiqariş oqibati köngilsizlik bilan tugadi.
R.SANKIBOYeV, tuman prokurori örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶