QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRI ÖRINBOSARI ELMUROD TURSUNOV RAHBARLIGIDA AMUDARYo TUMANIDA SAYYoR QABUL ÖTKAZILDI
Joriy yilning 12-noyabr kuni Amudaryo tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi binosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya Vazirining sayyor qabuli bölib ötdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya Vaziri örinbosari Tursunov Elmurod Ergaşoviç boşçiligida ötkazilgan sayyor qabulda tumanimiz mahallalarida istiqomat qiluvçi fuqarolarning öz murojaatlarini emin-erkin ifoda jtişlari uçun tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan zarur şaroitlar yaratildi.
Sayyor qabulda Vazirlikning Inson huquqlarini himoya qiliş böyiça bölimi boşliği Utepov Yesengeldi Berikbayeviç, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi bölimi boşliği Erkin Rajabov, Amudaryo tumani hokimi örinbosari, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yuldaşov, tuman Adliya bölimi boşliği Möʼminjon Matyusupov, Amudaryo tumani yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği Nilufar Jumaniyazova, şuningdek, tuman aholi bandligiga kömaklaşiş Markazi, tuman Tibbiyot birlaşmasi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdilar.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning bandligini taʼminlaş borasidagi ariza va murojaatlari, pensiya tayinlaş, kredit mablağlari oliş va jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni undiriş, moddiy yordam, nafaqa tayinlaş va boşqa masalalardagi murojaatlari tinglanib, ularning asosiy qismiga huquqiy tuşuntirişlar berildi, ayrimlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya Vazirligi va tuman Adliya bölimi iş yurituviga qabul qilindi.
Şuningdek, sayyor qabul davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya Vaziri örinbosari Elmurod Tursunov tomonidan Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğinida yaşovçi bolalikdan 1-guruh nogironligi bölgan fuqaroga nogironlik aravaçasi berildi. Tuman adliya bölimi va tuman yuridik xizmat körsatiş Markazi xodimlari Kuyuk köpir, Örta qalʼa ovul fuqarolar yiğini hamda Oybek va Navoiy nomli mahallalar fuqarolar yiğinlarida yaşovçi nogironligi bölgan şaxslar şuningdek, boquvçisini yöqotgan va kam taʼminlangan oilalar hamda yetim bolalar yaşovçi xonadonlarda bölişib, ularning ayni damdagi yaşaş şaroitlari bilan yaqindan tanişdilar. Hayotlaridagi muammolarni örganib, ahvolidan xabardor böldilar. Tuman Adliya bölimi xodimlari, Amudaryo tuman yuridik xizmat körsatiş Markazi hamda “Madad” nodavlat notijorat taşkiloti Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosi huquqşunoslari tomonidan zarur huquqiy maslahatlar berilib, tuman aholi bandligiga kömaklaşiş Markazi xodimlari mazkur oilalardagi vaqtinça işsiz fuqarolarga tuşuntiriş va tavsiyalar berdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶