21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 00:41
Adabiyot 👁 3,180

Tuman matbuotining asosçilaridan biri

Tuman matbuotining asosçilaridan biri

Qoraqalpoğiston Respublikasi "Şaxidlar xotirasi” xayriya jamğarmasi raisi, tarix fanlari doktori, professor Şerip Babaşevning "Davlat Rizayev kim?” ("Amu tongi” gazetasi 2005-yil 6-yanvar, 2-soni) maqolasida körsatilişiça: "Qoraqalpoğiston Davlat xavfsizlik Qömitasi komissari, katta leytenant V.I.Şteyn tomonidan mahalliy kadrlarga nisbatan zörovonlarça hatti-harakatlar olib borilayotgani Qoraqalpoğiston Obkomining birinçi kotibi Davlat Rizayevni Özbekiston KP (b) MK kotibi Akmal Ikromovga ham yozişga majbur qiladi. 1937-yilning 24-iyulida yozilgan bu xatda quyidagi satrlar bor edi:

"Keyingi vaqtlarda biz ijtimoiy taʼminot komissari Öteniyoz Bekimbetovni, maişiy xizmat körsatiş komissari Inoyat Isamuhamedovni, "Zagot XlopTrest” boşliğining örinbosari Ivan Matveyeviç Mitinni, Qipçoq raykom partiya kotibi Rejep Hakimniyozovni, Obkomning madaniyat, tarğibot va matbuot böyiça bölim mudiri Aynalxat Qulenovni vazifalaridan ozod etib, partiyadan öçirişga majbur böldik”.

1928-iyulda Akmal Ikromov işdan böşatiladi, Kompartiya tarkibidan çiqariladi, unga trotskiyçi aybi qöyiladi. Köp ötmasdan bunday hol Davlat Rizayevning boşiga ham tuşadi.

Davlat Rizayevning xatida keltirilgan inson Rejep Hakimniyozov kim edi?

Yuqoridagi maqola muallifining "Qaraqalpaqstan Respublikasi tariyxindaği siyasiy qurbanlar” (Nukus - 2013) kitobida keltirilişiça: "Rejep Hakimniyozov 1898-yili Xiva xonligi tasarrufidagi Qönğirot bekligining "Işqili” ovulida dunyoga keladi. Otasi Hakimniyoz öziga töq, insof-diyonatli, el-yurt xizmatiga şay insonlardan bölgan. Ovuldoşlari xohiş-istaklarini inobatga olgan Qönğirot hokimi uni miroblik lavozimiga tayinlaydi. U suv taqsimlaşda barçaga birdek adolatli yöl tutib, işonçni oqlaydi. Rejepning onasi Davlat ham husni aqliga mos, dono va kayvoni ayollardan bölgan.

Şunday ota-ona qölida tarbiyalangan, yoşligidan zehnli, irodali Rejep ovul mullasida öqib, ilk savodini oçadi. 1913-15-yillari tengdoşlari safida Avaz mulla masjidida, söngra şahardagi Azim Eşon madrasasida tahsilini davom ettiradi. 1920-yili Xiva xonligi tugatilib, Xorazm Xalq Respublikasi örnatiladi. Öz davrining ziyolisi sanalmiş Rejep dastlabki faoliyatini yangi tuzum maktabida yoşlar va kattalarga dars berişdan boşlaydi. Savodsizlikni tugatişda faol iştirok etadi.

U 1924-yiliQoraqalpoğiston avtonom oblasti taşkil etilgaç, Törtköl şahridagi öqituvçilar tayyorlaş bir yillik kursini tamomlab, yana öqituvçilikni davom ettiradi. U paytlar şöro hukumatiga Rejepdek savodli, ğayratli, taşkilotçi yoşlar öta zarur edi. Şu boisdan uni 1928-yili 5-ovul kengaşi kotibligiga tayinlaşadi. Öşa yili boylar va ruhoniylarning mol-mulki, yer-suvlarini musodara qiliş boşlanadi. Şunda u öz hududidagi fuqarolarga qayişib, ularni qölidan kelganiça GPU va NKVD ayblov guruhlari tazyiqi va azoblaridan himoya qilişga intiladi.

Rejep Hakimniyozov 1932-33-yillarda Qönğirot tumani partiya qömitasi kotibi bölib işladi, söng Toşkentga yöllanma bilan ketib, partiya xodimlari tayyorlov kursida öqidi.

Öqişni tamomlab kelgaç, 1934-37-yillarda Qipçoq tumani partiya qömitasi 2-kotibi va bir vaqtda Qipçoq MTS siyosiy bölim gazetasi muharrirligi lavozimini teppa-teng olib bordi. Toşkentdan yöllanma bilan kelgan Qipçoq tumani partiya qömitasi 2-kotibi Habib Yoqubov bilan birgalikda xalqning oğir turmuşini yengillaştirişga bor bilim va kuç-ğayratini sarflaydi. Ular rahbarlik qilgan davrda tuman xalq xöjaligi va madaniyatining ança yuksalganligi arxiv hujjatlarida aks ettirilgan.

Yurtimizning sodiq farzandi Rejep Hakimniyozov ayni kuç-quvvatga tölgan mahalida qatağonga uçrab, 1938-yili "xalq duşmani” sifatida otişga hukm qilindi. Hukm Toşkentda ijro etildi.

Garçi u jismonan oramizda bölmasa-da, uning ismi yurtdoşlari qalbidadir. Xalqimiz sodiq farzandlarini heç vaqt unutmaydi”. (155-bet).

Komil Nurjonov, Ğayratdin Xöjaniyozov hammuallifligida yozilgan "Amudaryo” (Toşkent-2004) kitobidan 1934-yili çiqa boşlagan MTS naşrining asosçisi, Rejep Hakimniyozov ekanligini öqib bildim.

Amudaryo tumani matbuotining 80 yilligi munosabati bilan bu inson hayoti va faoliyati haqida qisqaça tahririyatni, şuningdek, tuman ahlini xabardor qilişga menda kuçli istak tuğildi. Şu boiski, Rejep Hakimniyozov mening bobom böladilar.

Bobomizning nabiralari bölmiş bizlar ham hozir nabiralikmiz. Şuni taʼkidlaşni istardimki, bobomiz nabiralarining aksariyati öqituvçilardir.

Endi özim töğrimda qisqaça maʼlumot. Pensiyaga çiqqunga qadar maktabda ona tili va adabiyot fani öqituvçisi bölib işlaganman. "Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlanganman. Qoraqalpoq va özbek tillarida baholi qudrat ijod qilib kelmoqdaman. Qorqalpoq tilida bitganlarimga qisqa ismim Japaqni, özbekça yozganlarimga esa töliq nomim Jabborberganni qöllayman.

Ijod mahsullarim respublika gazeta-jurnallarida yoruğlik körmoqda. Şuningdek "Qoraqalpoğiston” naşriyotida "Assalam, quyaş!” (Nukus-1993) şaʼriy töplamim, tarixiy mavzulardagi "Qonirattaği şam-şiraq mektep” (Nukus-1995), "Hakim ota – Hoja Sulaymon Boqirğoniy” (Nukus-2002), "Ishoq ibn Ibrohim Qönğirotiy” (Nukus-2003), "Tillerde dasman Qonirat” (Nukus-2006) nomli risolalarim, Umrboy Yembergenov bilan hammualliflikda tumanimiz ötmişi va hozirgi kuni yoritilgan "Qonirat” (Nukus-2010) kitobim çop qilindi. Niyat qilganmanki, bobom töğrisida ham hujjatli qissa yozmoqçiman.

Aytadigan gapim köp, ammo tilim, yozişga qalamim ojizlik qilyapti. Sözim yakunida sevikli gazetalaringiz "Amudaryo haqiqati” - "Taraqqiyot közgusi"ning tabarruk 80 yillik töyi munosabati bilan tahririyat xodimlarini, tuman ahlini çin yurakdan tabriklayman, xonadonlaringizdan baraka arimasin, baxt va omad Sizlarni aslo tark etmasin.

Jabborbergan Şomurodov,

Qönğirot tumani.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026