36-SONLI MAKTABDA KITOBXONLIK HAFTALIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR ÖTKAZILDI
Mamlakatimiz böylab umutaʼlim maktablarida 22-27-noyabr kunlari “Kitobxonlik haftaligi” deb joriy etildi. Şu munosabat bilan taʼlim maskanlarida turli tadbirlar taşkil etilmoqda.
36-sonli umumtaʼlim maskanida ham haftalik doirasida öquvçilarni kitobxonlikka jalb etiş maqsadidagi tadbirlar ötkazilmoqda. Öquvçilar örtasida zakovat öyinlari, sevimli badiiy asarlar, sevimli qahramonlar haqidagi suhbatlar, viktorinalar, kitoblar körgazmalari taşkil etilib, kitobxonlikka yanada qiziqişlari oşirilmoqda.
Ayniqsa, maktab kutubxonasida ötkazilgan “Oçiq eşiklar kuni”, “Kutubxonaga sayohat” kabi tadbirlar davomida öquvçilar turli mavzulardagi kitoblar bilan tanişdilar. Maktab kutubxonaçisi Nazokat Saʼdullayeva öquvçilarni kutubxonadagi kitoblar haqida maʼlumot berdi. Kutubxonaga aʼzo bölmagan, maktabga yangi kelgan öquvçilarni aʼzolikka qabul qildi.
Tadbir davomida öquvçilar kutubxonaga yangi kelgan badiiy kitoblar, sevimli yozuvçilarning yangi asarlari haqidagi maʼlumotlarga ega böldilar.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶